3 I bob. Jadidchilik harakatlari


Download 231 Kb.
bet7/8
Sana16.04.2023
Hajmi231 Kb.
#1361560
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ismoil Gaspiralli va uning Turkistonda jadidchilik

Xiva jadidchiligi
20-asr boshlarida Xivada shakllangan jadidchilik bir qadar boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning oʻng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini oʻziga birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxoʻja boshchilik qilgan. Jadidchilikning oʻng oqimi oʻz oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlanishiga keng yoʻl ochib berishni maqsad qilib qoʻygan edi.10
Xivada jadidchilikning soʻl oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan boʻlib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligini oʻstirish maqsadini qoʻyishgan edi. 1904-yil „jamiyati xayriya“ tuzilib, uning koʻmagi bilan Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi ochildi (1904-yil 10-noyabrda). Xiva jadidlari maʼrifiy ishlar bilan kifoyalanib qolmasdan, xon tuzumiga qarshi kurash ham olib bordilar. Birinchi jahon urushigacha Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari boʻlmagan. Biroq jadidchilik harakati Xiva xonligida katta ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib, 1914-yil avgustda u partiya shaklini olgan.1904-1905-yillardagi rus-yapon urushi, 1905-1907-yillarda boʻlgan 1-rus inqilobi, 1905-1911-yillardagi Eron inqilobi, 1908-yil Turkiyada boʻlgan Yosh turklar inqilobi jadidlar dunyoqarashiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Jadidlar oʻz gazeta va jurnallari, yangi usul maktablari, turli kutubxona va qiroatxonalar, havaskor teatr truppalari tevaragida toʻplanishar edi. Ularning koʻpchiligi shu davrning koʻzga koʻringan ijodkorlari — shoir-u yozuvchilar edi. Ular oʻz asarlari bilan tarixan yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr voqealariga hamohang bordi. 1910-yillardayoq maʼrifat va ozodlik gʻoyalari uning markaziy mavzuiga aylandi. Adabiyotga „millat“ va „vatan“ tushunchalari kirib keldi. Milliy sheʼrlarga ragʻbat kuchaydi. Yangi zamonaviy dostonchilikmaydongakeldi, publitsistika (Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Mirmuhsin)rivojlandi, realistik proza shakllandi.Shuninguchun ham bu davr adabiyoti Oʻzbekiston mustaqilligidan keyin milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti deb davrlashtirildi.
Adabiyotdagi bunday uygʻonish, ayni vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham roʻy berdi. Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga tom maʼnodagi milliy teatrni olib kirdi. Milliy matbaaning vujudga kelishi bilan kitob bosish ishi yoʻlga qoʻyila boshlandi. Yevropa koʻpovozli musiqa sanʼati bilan tanishgan jadidlar oʻzbek anʼanaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga daʼvat etishgan. 1919-yilda Toshkentning Eski shahar qismi (hozirgi „Turon“ kutubxonasi yonidagi bino)da jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar) boʻlimi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar sanʼat vositasi bilan millat qadrini koʻtarish, sanʼatning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. „Oʻzbekiston Respublikasi“ maxsus jildining tegishli boʻlimlariga — adabiyotiteatrimusiqasiga jadidchilikning aksar vakillari yoshlarga dastavval diniy taʼlim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasini kun tartibiga qoʻydilar. Ular musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha usuldagi maktablarni ochdilar. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy va boshqalar yangi usul maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan.11
Jadidchilik harakati davomida ularning oʻz matbuoti shakllandi. Jadidlar Toshkentda 1905-1906-yillarda „Taraqqiy“ (muharriri — Ismoil Obiliy), „Xurshid“ (muharriri — Munavvarqori), 1907-1908-yillarda „Shuhrat“ (muharriri — Abdulla Avloniy), „Osiyo“ (muharriri — Ahmadjon Bektemirov), „Tujjor“ (muharriri — Saidkarimboy Saidazimboy oʻgʻli), Buxoroda 1912-yilda „Buxoroyi sharif“ (muharriri — Mirzo Jalol Yusufzoda), „Turon“ (muharriri — Gʻiyos maxsum Husayniy), Samarqandda 1913-yilda „Samarqand“ (muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda „Sadoyi Turkiston“ (muharriri — Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev), Qoʻqonda „Sadoyi Fargʻona“ (muharriri — Obidjon Mahmudov) gazetalari va Samarqandda 1913-1915-yillarda „Oyina“ (muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda 1915-yil „Al-isloh“ (muharriri — Abdurahmon Sodiq oʻgʻli) jurnallarini nashr qilishdi. Shuningdek, 1917-1918-yillarda Toshkentda „Najot“ (muharriri — Munavvarqori), „Kengash“ (muharrirlari — Ahmad Zakiy Validiy va Munavvarqori), „Turon“ (muharrirlari — M. Afandizoda, Abdulla Avloniy), „Ulugʻ Turkiston“ (muharriri — Kabir Bakirov), „Shuroy Islom“ (muharriri — Abdulla Battol), „Turk soʻzi“ (muharriri — Temirbek Xudoyorxonov), „Turk eli“ (tahririyati), Samarqandda „Hurriyat“ (muharrirlari — Mardonqul Shohmuhammadzoda, Akobir Shomansurov, Fitrat), Qoʻqonda „Tirik soʻz“ (muharriri — Obidjon Mahmudov), „El bayrogʻi“ (muharriri — Boʻlat Soliyev) gazetalari va „Kengash“ (muharriri — Hamza), „Yurt“ (muharriri — Ashurali Zohiriy) jurnallari chop qilindi.
Matbuot millat dilidagi gaplarni oʻz sahifalariga koʻchirish bilan kifoyalanmay, qanday ishlarni birinchi navbatda amalga oshirish masalasini oʻrtaga qoʻydi. 1909-yilda Toshkent yosh ziyolilari tomonidan „Jamiyati xayriya“ tashkil etildi. Mahalliy yoshlardan davlat mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash, kambagʻal musulmonlarga madaniy-maʼnaviy yordam koʻrsatish masalasi qoʻyildi. Bu millatning boshqa xalqlar ichiga singib ketmasligi yoʻlida koʻrilgan tadbirlar edi.
Bu davrda jadidlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida koʻrindilar. Xalq ularda oʻz himoyachilarini his etdi. Sirdaryo viloyatidan Peterburgda oʻtadigan Davlat dumasiga aʼzolikka saylangan Abduvohidqori Abduraufqoriyevga Toshkent, Chimkent va boshqa joylarning aholisidan 12 moddadan iborat talabnomani Davlat dumasiga topshirish yuklandi. Bu hujjatda koʻpgina ijtimoiy talablar koʻrsatilgan edi. Abduvohidqori 1907-yil 20-fevral-3-iyunda Peterburgda Sadri Maqsudiy, Muso Jorilloh, Alimardon Toʻpchiboshev kabi musulmon ziyolilari bilan tanishib, musulmon fraksiyasining raisi Biglovga Turkiston xalqi dardini yetkazdi. Biroq Abduvohidqori, oradan koʻp oʻtmay, qamoqqa olindi va Tulaga surgun qilindi.
Shu tarzda, jadidchilik harakati 1906-1916-yillarda oʻzining asosiy yoʻlini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, oʻzligini anglab, uyushishga chakirdi. Oʻlka moddiy va maʼnaviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. Choʻlpon sheʼr va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur advokat Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev oliy oʻquv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berish masalasini bayon qildi. Lev Tolstoy bilan fikrlashish chogʻida mashhur yozuvchini yon berishga majbur etgan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev chor hukumati maʼmurlarining poraxoʻrligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Musulmon aholisiga amaliy tarzda yordam berib, mavjud hokimiyat qonun-qoidalarini tushuntira bordi.
Jadid matbuoti oʻz vakillarining fikrlarini eʼlon qilar ekan, xalqni „har vaqt gʻaflat uyqusidan uygʻotuvchi millat ongining ochqichi“ ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda „Erk“, „Turon“, „Oʻqituvchilar jamiyati“ kabi uyushmalar paydo boʻldi. Munavvarqori aytganidek, „Ularning butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy cheklash va jabrlashdan ozod qilish, ularning haququqlarini ovrupoliklar bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab va matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyatlar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi“.
Jadidlar bu davrda „Ozodlik, tenglik va adolat“ shiori ostida ishladilar. Ularning 1916-yil mardikorlikka olish voqeasiga munosabati gʻoyatda eʼtiborga molikdir. Mardikorlikka olish — Birinchi jahon urushi ketayotgan joylardagi ishlarga turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning 1916-yil 25-iyun farmoniga muvofiq amalga oshirildi. Bu kutilmagan tadbir, birinchidan, 1865-yil shartnomasiga zid edi. Ikkinchidan, general Aleksey Kuropatkinning xulosasiga qaraganda, „Aholi va maʼmuriyat turar joydan tashqaridagi ishlarga mutlaqo tayyorlanmagan va bunday shoshilinch amalga oshirilgan tadbir ogʻir tartibsizliklarni keltirib chiqargan“. Aholi uchun ana shunday musibatli paytda jadidlarning koʻzga koʻringan namoyandalaridan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev („Turkiston mardikorlikka olish qoʻmitasi“ raisi) va millatparvar boy Mirkomilboy Mirmoʻminboyev Rossiya jamoatchiligining eʼtiborini bu masalaga jalb etish, farmonni bekor qildirish uchun Peterburgga yoʻl oldilar. Davlat dumasining 1916-yil 13- va 15-dekabr kunlari oʻtgan majlisida Nikolay IIning 25-iyundagi farmoni Rossiya imperiyasining qonunchiligida koʻrsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani tan olindi. Farmon Dumada muhokama qilingunga qadar iyun—avgust oylarida jadidlar harakati orqali bir necha eshelon toʻxtatib qolindi. Jadidlarning mardikorlarni qaytarishga urinishlari 1917-yil feval inqilobi boshlanishi bilan toʻla amalga oshdi. Bu hodisa el orasida ularning obroʻsini koʻtardi. Mazkur holat jadidlar maʼrifatparvarlikdan siyosiy kurashga allaqachon oʻtganliklarini bildirar edi.12
1917-yil jadidchilik harakati oʻzining yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Fevral inqilobidan soʻng oʻzbektatar va qozoqlar birlashishga ahd qiladilar va „Turon“ uyushmasi zaminida „Shuroi Islomiya“ jamiyati tuzildi (asoschilari MunavvarqoriAbduvohidqori AbduraufqoriyevUbaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev). 1917-yil 14-martda ish boshlagan bu jamiyat qishloq va shaharlarga targʻibotchilar yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib borish, saylov toʻgʻrisida maʼlumot berish bilan shugʻullandi. Uning dasturini Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar joylarda „Shuroi Islomiya“ tizimi yaratilishining tashabbuskori boʻldilar. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish harakati Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylandi.
Turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasi kun tartibidan mustahkam oʻrin oldi. Oʻzbek, qozoq, qirgʻizqoraqalpoqboshqird, tatar, turkman kabi negizi bitta xalqlarni birlashtirish va shu asosda federativ yoki muxtoriyatli davlat qurish masalasi boʻy koʻrsata bordi. Ammo, Munavvarqori soʻzi bilan aytganda, koʻpgina kishilar jumhuriyat bilan muxtoriyat oʻrtasidagi farqni tushunmagan edi. Xususan, Turkiston namoyandalari chin maʼnodagi respublikani barpo etish va uning davlat tarkibini tashkil etishga toʻliq tayyor boʻlishmagan. Qozoq va boshqird namoyandalari — Mustafo ChoʻqayZakiy Validiy va boshqalar Peterburg ularga hech qachon mustaqillik ham, muxtoriyat ham bermasligini sezgach, Turkistonga kelib, mahalliy jadidlar bilan birga ish boshladilar.
Toshkentda „Shoʻroi Islomiya“, „Turon“, „Shoʻroi Ulamo“, „Ittifoqi muslimin“, Qoʻqonda „Gʻayrat“, Buxoroda Yosh buxoroliklarXivada Yosh xivaliklardan tashqari, Samarqandda „Ittifoq“, „Mirvaj ul-islom“, „Miftah ul-maorif“ kabi tashkilotlar faoliyat koʻrsata boshladi. Bularning ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishini belgilashda MunavvarqoriUbaydullaxoʻja AsadullaxoʻjayevMahmudxoʻja BehbudiyMajid Qori Qodiriy,Ashurali Zohiriy, Zakiy Validiy, Mustafo Choʻqay, FitratFayzulla XoʻjayevUsmonxoʻja PoʻlatxoʻjayevSherali LapinMirkomilboy MirmoʻminboyevObidjon MahmudovPolvonniyoz hoji YusupovToshpoʻlatbek Norboʻtabekov va boshqalar faollik koʻrsatdilar.13
„Shoʻroi Islomiya“ning tashabbusi bilan 1917-yil 16-22-aprel kunlari Butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ishtirokchilari bir qancha masalalar qatorida Turkiston oʻlkasining davlat maqomi masalasini ham muhokama qildilar. 1-qurultoyda Turkiston oʻlka musulmonlari Shoʻrosi (Kraymussovet) — Milliy markazni tashkil etishga qaror qilindi. Milliy markazga rais boʻlib Mustafo Choʻqay, unga oʻrinbosarlar qilib Validiy va Asadullaxoʻjayev saylanadi. Bu esa tashkilotlarni birlashtirish bilan birga milliy ozodlik harakatini izga solib, tashkiliy jihatdan markazlashtirar edi.
Milliy markazning 1917-yil 12-iyunda boʻlib oʻtgan yigʻilishida barcha jamiyat va uyushmalarning Markaziy musulmon deputatlari Shoʻrosiga boʻysunishi haqida Nizom qabul qilinadi. Markazning maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari — mardikor va dehqonlarga toʻliq huquq berish va Turkiston musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va gʻoyaviy tarbiyalash edi.
1917-yil aprel-iyun oylari orasida jadidlar koʻpgina siyosiy masalalarni va ularga oʻz munosabatlarini belgilab oldilar. Pirovardida hududiy muxtoriyat uchun siyosiy vaziyat pishib yetilganini anglab yetdilar.
1917-yil 1-11-mayda Moskvada boʻlgan Butun Rossiya musulmonlarining 1-qurultoyi bergan turtki natijasida muxtoriyat masalasi yanada jiddiylashdi. 1917-yil 12-14-iyulda Fargʻonada boʻlib oʻtgan musulmon tashkilotlarining qurultoyida dasturiy masalalar koʻrib chiqildi. Unda „Turk Adami Markaziyat (Federalistlar)“ firqasining dasturi (maromnomasi) va 22 moddadan iborat nizomi qabul qilindi.
1917-yil 17-20-sentabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan Turkiston va Qozogʻiston musulmonlarining qurultoyida „Shuroy Islomiya“ va „Shoʻroi Ulamo“, „Turon“ va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yoʻli bilan „Ittifoqi muslimin“ siyosiy partiyasini tuzishga kelishildi.
Turkistonni boshqarish shakli toʻgʻrisidagi masala 1917-yil 26-28-noyabrda Qoʻqonda boʻlgan Turkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyining diqqat markazida turdi. Muxtoriyat va mustaqillikni eʼlon qilish fikrini hamma qoʻllab-quvvatladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati (raisi — Muhammadjon Tinishboyev, soʻngra Mustafo Choʻqay) tashkil qilindi. Fitrat, ChoʻlponHamza singari jadid shoirlar Turkiston Muxtoriyatini alqab, satrlar bitishdi.
Sovet hukumati oʻrnatilgandan keyingi ahvoli[tahrir | manbasini tahrirlash]
1918-yil fevralda Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan qonga botirilgach, jadidchilik harakati kuchli oʻzgarishga uchradi. Sovet rejimi bilan murosa qilishni xohlamagan Turkiston jadidlarining katta qismi istiqlolchilik harakati saflarida va yashirin milliy tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, ayrimlari sovet hukumati idoralarida ish boshlashga majbur boʻldilar.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida ahvol sal boshqacharoq kechdi. 1920-yilda qizil armiya har ikki davlat hududiga bostirib kirdi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilib, jadidlar hokimiyat tepasiga kelishdi. Demak, 1920-yildan jadidchilik harakati oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga, yaʼni sovetlar bilan murosa yoʻliga qadam qoʻydi.
1920-yil 1-7-sentabrda Bokuda Sharq xalqdari qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda qabul qilingan qarorlar Turkiston xalqlarining keyingi taqdirida muayyan rol oʻynadi. Unda MunavvarqoriTuror RisqulovChoʻlponSalimxon TillaxonovRajab MuhamedovQudratilla YunusovToshpoʻlatbek NorboʻtabekovObidjon MahmudovToʻraqul JonuzoqovZayniddin qori NasriddinovHoji Safo JoʻraboyevGʻozi Yunus kabi turkistonlik millat fidoyilaridan jami 90 kishi ishtirok etdi. Qurultoy ishida Turkiyadan kelgan va shaxsan Leninning oʻzi yuborgan Anvar posho ham qatnashdi. Biroq, mazkur qurultoy bolsheviklarning Angliyaga qarshi qaratilgan doʻq-poʻpisasi ekanligi majlislarda ayon boʻldi. Shu bois turkistonlik 40 nafar delegat qurultoy tugagach, oʻzaro kengash oʻtkazib, unda „Turkistondagi sovet hokimiyatiga qarshi tashviqot ishlari“ni avj oldirishga va „Oktabr inqilobining uch yilligi kunida umumxalq qoʻzgʻoloni koʻtarish“ga axd qildilar. Biroq, ularning bu rejasi toʻliq amalga oshmadi.
Turkiston jadidlari faoliyati butun oʻlkani qamraydigan, inglizlarning skauting maktab dasturiga yaqin dastur asosida ishlaydigan „Turon kuchi“, „Turk kuchi“, „Temur“, „Izchilar“, „Lochin“ kabi guruhlarni tuzdilar. Bu guruxlar oʻrta maktab taʼlimi, hunar, sanʼatdan tashqari, harbiy mashqlar bilan shugʻullanib, shoʻrolarga asosiy zarba beruvchi kuch sifatida koʻrina boshladi. 1920-yil sovet rejimi bu guruxlar faoliyatini tugatdi.
Fargʻona va Toshkentdagi voqealar yakuni jadidlarning umidlarini soʻndira olmadi. Ular Buxoro respublikasi rahbarlari bilan birgalikda ish boshladilar. Buxoroda jadid taraqqiyparvarlar firqasi tuzildi. Bu firqa dasturiga koʻra, davlatni jumhuriyat raisi (prezident) va parlament boshqarishi koʻzda tutilgan edi.
1921-yil 2-5-avgustda Buxoroda Validiy boshchiligida Turkiston milliy birligi tashkiloti tuzildi. U istiqlolchilik harakatini jipslashtirishda muhim rol oʻynaydi. Turkiston milliy birligi tashkiloti bilan Munavvarqori rahbarligidagi „Milliy ittihod“ (1919-yil tuzilgan) tashkiloti oʻzaro hamkorlikda faoliyat koʻrsatdi. Har ikki tashkilotning asosiy maqsadi Buxoro respublikasi, umuman, Turkiston mintaqasini sovetlashtirish va ruslashtirish taʼsiridan saqlab qolish, Turkistonning mustaqilligiga erishish boʻlgan. 1925-yil „Milliy ittihod“ tashkiloti asosida „Milliy istiqlol“ tashkiloti tuziladi.14


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, jadidlarning jasoratli va zahmatli, bunyodkorlik va islohotchilik buyuk ijodiy –ma’rifiy mehnatlari samarasi o‘laroq, XX asr boshlariga kelib, Turkistonda tarixan haqiqiy Milliy Uyg‘onish (Renessans) hodisasi (davri) paydo bo‘ldi. Bu davrni ikkinchi bir ma’noda jadidlar Renessansi (uyg‘onishi) deb aytish ham haqiqatga to‘g‘ri keladi.
Milliy Uyg‘onish yoki jadidlar Renessansi hodisasi tarixiy taraqqiyotning so‘nggi bosqichidagi uchinchi uyg‘onishi bo‘ldi. U oldingi IX-XII va XIV-XV asrlardagi ikki buyuk Uyg‘onishlarning tarixan qonuniy davomi sifatida yuz berdi. Lekin ulardan farqli ravishda aniq milliylik xususiyati va diniy-dunyoviylik mazmun hamda mohiyatga ega bo‘ldi.
Shuningdek, yuqoridagi mana shu o‘zlariga xos va moslik bilan birga, bu uch Uyg‘onishda o‘zaro umumiylik ya’ni tarixiy bag‘rikenglik ham mavjuddir. Avvalo, Milliy Uyg‘onish bilan oldingilarning orasida birinchisidan 12-9, ikkinchisidan 7-6 asrlar farq bo‘lsa-da, ulardagi umumiylik din bilan dunyoviylik o‘rtasida o‘zaro mo`tadil uyg‘unlik munosabati hukmron bo‘ldi. Ikkinchidan, birinchi Uyg‘onish qadim antik dunyo madaniyatini «uyg‘otib, tiriltirilgan» bo‘lsa, ikkinchi Uyg‘onish shu birinchi uyg‘onishni qayta uyg‘otdi. Jadidlar esa bu tarixiy an’anani davom ettirdi. Oldingi ikki Islomiy uyg‘onishlarni «tiriltirib», «qayta uyg‘otib», ularni XX asr dunyo tamadduni (tsivivlizatsiyasi)ga moslab yanada takomil toptirdi.
Muborak istiqlol yillarida tarix fani va ayniqsa, jadidshunos adabiyotchi katta olim Begali Qosimov yaratgan jadidshunoslik ilmiy maktabining so‘nggi xulosasi, qo‘lga kiritgan yutuqlari mana shu yuqoridagilardan iborat bo‘ldi. Shuni ham aytish joizki, jadidchilik harakati davrida o‘z mazmun va mohiyati hamda ko‘rinishiga ko‘ra Milliy Uyg‘onish davri bo‘lganligini o‘z vaqtida jadidlarning o‘zlari ham qayd etgan edi. Masalan, Mirmuxsin Shermuhammedovning «Turkiston boboyi» (1916 y.) maqolasi, Laziz Aslzodaning «Turkistonning milliy uyg‘onishi tarixi» asari va Vodud Mahmud ham o‘z maqolalarida «uyg‘onish» so‘zlarini ishlatgani bunga misoldir.
Turkistondagi Milliy Uyg‘onish – jadidlar Renessansini xorijdagi olimlar ham tan olib, o‘z asarlarida bunga amal qilmoqdalar. Shu o‘rinda yapon olimi Xisa Komatsu o‘zining «Chig‘atoy gurungi»da «Turk dunyosini uyg‘otish yo‘lida jon tikkan adiblar» iborasini ishlatilishi va nemis olimasi Ingobarg ham Turkiston uyg‘onishi haqidagi yozganini eslash kifoyadir. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov jadidlar Uyg‘onish davriga asos solganligini e’tirof etgan holda shunday deydi: «XX asr boshida, mustamlakachilik zulmiga qaramay, xalqimiz yangi ufqlarga – milliy va erkinlik sari intilib yashashgan bir davrda buyuk ajdodlarimiz – jadidlar tomonidan amalga oshirilgan bu ulkan ish, bu harakatni o‘ziga xos ma’naviy jasorat namunasi, deb atash mumkin».
Haqiqatan ham jadidlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilganligi va musulmon mutaassibligi kuchli bo‘lishiga qaramay jamiyatda tub madaniy – taraqqiy burilishi yasashga muvaffaq bo‘ldilar. Turkistonda milliy tafakkur o‘zgardi, millat ijtimoiy g‘aflat uyqusidan uyg‘onib siyosiy va ma’rifiylashdi. Millat adabiyoti yangilandi, milliy teatr maorif va maktab, matbuot, madaniy-ma’rifiy uyushma (jamiyat) va siyosiy partiyalar paydo bo‘ldi.
Bularning samarasi ila butunlay yangi, ya’ni jadid madaniyati rivoj topdi. Bu madaniyat hozirgi zamonaviy madaniyatimizning poydevor toshi bo‘ldi.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling