3 I bob. Mang’itlarning kelib chiqishi va ularni hokimiyat tepasiga kelishi


Download 73.42 Kb.
bet4/14
Sana16.06.2023
Hajmi73.42 Kb.
#1504143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davron O\'zb (Автосохраненный)

Ikkinchi guruh. Buxoro amirligi tarixining ma’lum jihatlari haqida bir qator sayyoh, elchi va davlat arboblari o‘z esdaliklarini yozib qoldirgan bo‘lib, ularning uslubi saroy tarixchilarinikidan farq qiladi. Ular ko‘p hollarda vaziyatni real sharhlashga, manfaat yuzasidan olinadigan ma’lumotlarga jiddiy e’tibor qaratishga, shu bilan birga, saroy tarixi, hukmdorlar silsilasidan ko‘ra, xalq turmushiga ko‘proq ahamiyat beradi. Elchi va sayyoh esdaliklari orasida rus va ingliz elchilarining kundaliklari yetakchilik qiladi. Rossiya hukumati o‘zining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish uchun keng ma’lumotli diplomatlari va harbiylaridan foydalangan. Ular savdo va madaniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida kelishganini aytishsa-da, mamlakatdagi harbiy-siyosiy vaziyatni o‘rganish, Buxoroning boshqa davlatlar bilan aloqalarini aniqlash va Markaziy Osiyo shaharlariga boradigan yaqin va qulay yo‘llarni belgilash vazifasini ham bajarishgan.
Rus hukumati tomonidan o‘lkani o‘rganish uchun geograf, topograf, injener, sharqshunos olimlar elchilar qiyofasida jo‘natilgan. Ular o‘z esdalik va asarlarida Buxoro amirligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tganlar. Rossiyadan, aniqrog‘i, Orenburg shahridan birinchi katta savdo karvoni 1753-yili yo‘lga chiqqani ma’lum. Uning tarkibida Samara shahridan savdogar Danila Rukavkin ham bor edi. U ko‘rgan-kechirganlarini«Orenburgdan Xiva va Buxoroga yo‘l va safar tafsilotlari, 1753-yili Orenburgdan u yerlarga savdo karvoni bilan jo‘natilgan samaralik savdogar Danila Rukavkin tavsifida» nomli safarnomasida yozib qoldirgan. Mazkur asarning ba’zi qismlari XX asr 80-yillarida Boris Lunin tomonidan tuzilgan to‘plamda o‘z aksini topgan. Yana bir muhim ma’lumotlar keltirilgan kundalik rus harbiy askari Filipp Yefremov (1750 – 1811-yildan so‘ng)ga tegishli bo‘lgan. U harbiy xizmatdaligida 1774-yili Iletsk himoya chizig‘idagi Donguz chegara soqchilik bo‘linmasiga yuborilgan. Harbiy to‘qnashuvlarning birida ko‘chmanchi qozoqlar tomonidan asir olinadi va bir guruh o‘ziga o‘xshash ruslar bilan Buxoroga eltib qul qilib sotiladi. Uni avval xoja G‘ofur ismli kishi sotib oladi va Buxoro amiri Doniyolbiy otaliqqa tortiq qilinadi. Yefremov amirlik xizmatida ellikboshi unvonigacha ko‘tariladi.
Imzolashga harakat qilgan, lekin amir kelishuv ikki tomon manfaatlariga teng xizmat qilsagina shartnoma imzolashini aytgan. Albatta, rus sharqshunosining bu asari o‘lka to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni o‘zida jamlagan va Buxoro amirligining XIX asr 40-yillari boshlaridagi tarixiga oid muhim tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Ingliz hukumatining O‘rta Osiyoning bozorlarini egallashga bo‘lgan qiziqishi natijasida 1832-yilda Byorns, 1838–1839-yillarda Vud va doktor Lord, 1840-yillarda ingliz ofitserlari Byorslem va Start, xuddi shu davrda Stoddart va Kanolli, 1845-yilda Ferrelarning o‘lkaga uyushtirgan sayohatlari asnosida yozgan o‘z kundaliklarida Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy holati haqida ma’lumotlar berib o‘tganlar. Ushbu esdaliklar ingliz-amerika tarixshunosligida Buxoro amirligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Buxoro amirligi tarixining ma’lum jihatlari xususida bir qator davlat arboblari ham esdaliklar yozib qoldirgan. Shunday kundalik shaklidagi asarlardan biri amirlikning bosh zakotchisi, ba’zi viloyatlar hokimi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan Mirza Salimbek bo‘lib, u «Tarixi Salimiy» («Salimiyning tarixi») asari muallifidir. Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim 1848/50-yillarda Buxoroda mansabdor boy xonadonida tug‘ilgan bo‘lib, 1930-yilda vafot etgan. U Buxoro amirligidagi Ziyovuddin begining kotibi lavozimidan bir qancha viloyatlar begi va Buxoro amiri Olimxon davrida bosh zakotchi – moliya maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Mirza Salimbek bir necha yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. «Tarixi Salimiy» shular jumlasidan. Ushbu kitob memuar asar hisoblanib, ba’zi mutaxassislar fikricha, kundalik mazmunidagi bu asarni muallif chop ettirish haqida o‘ylamagan. Asar manbashunos olim Naim Norqulov (1935–2005)ning ma’lumotiga ko‘ra, 1917-yillarda yozila boshlanib, 1920-yilda tugatilgan.
Asarning 1860–1920-yillar voqealarini o‘z ichiga olgan katta qismi butunlay yangi bo‘lib, muallifning o‘zi bu voqealarning guvohi bo‘lgan. Asarning tarixni yoritish borasidagi ahamiyatli tomoni shundaki, unda Buxoroning so‘nggi uch amiri – Muzaffar, Abdulahad va Olimxon davridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bevosita muallifning ishtirokida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar asosida bayon qilingan. Asarda Buxoro amirligi tarkibiga kirgan G‘uzor, Qarshi, Shahrisabz, Kitob va Termiz kabi janubiy viloyatlarning 1860–1920-yillardagi tarixi yoritilgan. Chunonchi, Mirza Salimbek Yakkabog‘, Boysun, Sherobod (1905–1909), Shahrisabz (1910–1918) viloyatlarida beklik lavozimida faoliyat yuritgan. 1968-yildayoq asarning ko‘p qismi Naim Norqulov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan bo‘lsa-da, 2009-yilda nashr qilindi.
Buxoroning so‘nggi amiri Sayid Olimxon ham esdalik yozib qoldirgan bo‘lib, u «Buxoro xalqining hasrati tarixi» deb nomlanadi. U 1991-yil o‘zbek tilida chop etilgan. Shuningdek, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat kabilar o‘z asarlarini esdaliklar tariqasida yozishib, amirlikdagi boshqaruv tartibi, amirlarning madaniy sohadagi islohotlari haqidagi ma’lumotlarni keltirganlar. Albatta, bunday esdaliklar ham Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim manba vazifasini bajaradi.

Download 73.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling