3 I bob. Mang’itlarning kelib chiqishi va ularni hokimiyat tepasiga kelishi


Download 73.42 Kb.
bet9/14
Sana16.06.2023
Hajmi73.42 Kb.
#1504143
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Davron O\'zb (Автосохраненный)

Soliq va majburiyatlar.Buxoro amirligida davlatning umumiy xazinasi moliya bo‘limi tomonidan nazorat qilingan. Xiroj, zakot va boshqa soliqlardan tushgan mablag‘lar to‘lanishi doimiy kuzatib borilgan27. Amirlik aholisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yig‘iladigan pullar vositasida davlatga soliq to‘laganlar. Shuningdek, soliq yig‘uvchilar foydasiga, suv, tegirmon, chig‘ir va boshqalardan foydalangani, mol saqlagani uchun ham soliq olingan. Amirlikda joriy etilgan soliq tizimi mahalliy xalq ustidan hukmronlik qiladigan hukmdor doiralar manfaatiga xizmat qilgan. Davlat tomonidan turli xil soliqlar davlat va hukmdorlar foydasiga undirilgan. Soliq hajmini belgilash va soliq undirilishida shariat qonunlariga amal qilingan. Soliqlardan ezilgan xalqning harakati kuchaygan vaqtda taxtga o‘tirgan Shohmurod birinchi islohotni soliqlarni tartibga solishdan boshlagan edi. U o‘zidan avvalgi hukmdorlar joriy qilgan, shariatga to‘g‘ri kelmaydigan yorg‘u, boj, tarx, tushmol, yasoq kabi soliqlarni bekor qilgan.Amirlikda pul tarzidagi soliqlar davlat xazinasiga kelib tushgan. Uni devonbegi boshqargan, unga daftardor yordam bergan. Natura tarzida to‘langan soliqlar, ya’ni narsalar ham xazinaga kelib tushgan, uni nazorat qilishni arbob boshqargan. Belgilangan soliqlar to‘lanishida ularning to‘lovi ham muhim ahamiyat kasb etgan.28 Bu davrda amirlikdagi an’anaviy bo‘lgan xiroj, zakot, ixrojot, boj kabi soliqlardan tashqari juda ko‘plab katta-kichik soliqlar joriy etilgan. Ular, asosan, o‘zaro nizolar tufayli tez huvillab qoladigan xazinani to‘ldirishga, qo‘shinlar ta’minotiga, amir va saroy a’yonlari xarajatlarini qoplashga sarflangan. Asosiy soliq to‘lovchi raiyat – dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, chorvadorlar edi. Turli soliqlardan tashqari qishloq va shahar aholisi turli ishlar (kanallar qazish, ariqlarni tozalash, qurilish ishlari va boshqalar)ga majburan jalb etilardi. Mazkur tadbirlar uchun sarflanadigan xarajatlar aholidan turli yo‘llar bilan undirib olingan. Ommaviy jamoat ishlarida ishtirok etmaganlardan shariatga ko‘ra boqi puli deb atalauvchi jarima olingan. Mamlakat fuqarolari bo‘lmagan savdogarlardan olinadigan soliqlar (boj) deyarli o‘zgarishsiz bo‘lib, ko‘pincha, ularning miqdori siyosiy munosabatlarga bog‘liq bo‘lgan. Buxoro amirligida ham barcha soliqlar ichida eng kattasi xiroj edi. Xiroj hosilning ma’lum qismi hisobidan natura shaklida to‘langan. Hajmi esa hosilning uchdan, to‘rtdan, ayrim hollarda, beshdan bir qismi ko‘rinishida bo‘lgan. Odatda, bu davrda xiroj solig‘ining ikki turi qo‘llanilgan. Bular: xiroji muazaf (yoki xiroji vazifa) va xiroji muqasama. Xiroji vazifa yerdan olinadigan soliq bo‘lib, bu yerga ekin ekish yoki ekmaslikdan qat’i nazar ushbu soliq mahsulot va pul tarzida yilda bir marotaba olingan.
Xiroji muqasama yerdagi hosildan olinadigan soliq bo‘lib, yerlarning turi, viloyatlarga qarab turlicha tarzda belgilangan. XIX asr boshlarida yirik shaharlar atrofida va ba’zi boshqa yerlarda xirojning bir qismi pul bilan yig‘ib olina boshlangan (soliqlar odatda bug‘doyning bozordagi narxidan kelib chiqib belgilangan). Soliq solish ham ma’lum tartiblar asosida amalga oshirilib, hosil yetilgan paytda amlokdor (soliq yig‘ishni boshqaruvchi amaldor) o‘z kishilari bilan dehqonning ekin ekilgan yeriga kelgan. Amlokdor qishloq oqsoqoli bilan birga dalalarni aylangan. Amlokdor dala necha tanob (Buxoro hisobi bilan bir tanob yer 2500 m2 ga yaqin) ekanligini taxminan chamalab o‘lchagan va u yerlardan qancha soliq olinishi belgilagan. Dehqonlar amlokdor uchun o‘n botmon yerdan yarim pud kafsan solig‘ini, dorug‘alar uchun kafsani dorug‘a (hosilning kam hajmdagi ma’lum qismini) ham to‘laganlar.
Suv puli – daryo, kanal, zovur va ariqlardan olib o‘tilgan yuklardan olinadigan pul. Aholi tomonidan u kambag‘al yoki boy bo‘lishidan qat’i nazar barchadan birdek olishgan.29
Ko‘prik puli – mahalliy va hukumatga qarashli bo‘lgan ko‘priklardan mol olib o‘tuvchilardan olinadigan o‘tish haqi, yig‘im.
Tagjoy puli – bozorlarda savdo qilinadigan har bir qarich joy uchun to‘langan pul. Joy puli bozorlarning katta-kichikligi, ularning nufuziga qarab belgilangan. Masalan, Buxoro amirligi markazi Buxoro shahridagi Ark maydonidagi bozordagi savdo joylari O‘rta Osiyoda eng qimmat hisoblangan.
Tarozi puli – har bir bozorda tarozibon tomonidan bozorlar uchun yig‘ib olinadigan, har bir molning og‘irligiga qarab aniq belgilab qo‘yilgan pul. Tarozi puli bozorlardagi savdo nufuzi, bozorning katta-kichikligi, xaridor va savdogar o‘rtasidagi oldi- sotdi munosabatlaridan kelib chiqqan holda belgilab qo‘yilgan. To‘plangan pul bozor xazinasiga tushgan. Tarozibon o‘z xizmati uchun har kuni o‘z haqini olib turgan Arbobona – Buxoro amirligida arboblar foydasiga xalqdan yig‘ib olinadigan soliq.
Boj va bojgir puli – bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga to‘lanadigan yoki bir mamlakatdan boshqa malakatga, ichki kurashlar kuchaygan vaqtlarda esa bir viloyatdan boshqa viloyatga o‘tish uchun, shuningdek, shahar va qishloq bozorlarida savdogarlardan olinadigan maxsus to‘lov.
Mirobona – miroblar maoshi uchun yig‘iladigan soliq.
Mushtak – Buxoro amirligida majburiy bo‘lgan, amin, oqsoqol hamda nazoratchilar foydasiga olingan haq. Albatta, mushtak to‘lashdan diniy ulamolar, vaqf egalari ozod etilgan. U, asosan, natura tarzida olingan. Mushrifona –soliq yig‘uvchi mushriflarning maoshi uchun olinadigan maxsus soliq turi.
Ushr – har bir xo‘jalik daromadining o‘ndan bir qismi hajmida natura va pul shaklida to‘lanadigan qishloq xo‘jalik solig‘i.
Suruvona – Buxoro amirligida yarim o‘troq chorvador xalqlar qo‘y-echkilari, qoramollari, ot, tuya, yilqilarining davlatga tegishli ekinzorlarni, hukmdor va amaldorlarning yerlarini payhon qilganligi yoki ularga tegishli yaylovlardan mollarini haydab o‘tganligi evaziga solingan jarima. Suruvona bojgir va amlokdorlar tomonidan yig‘ib olingan, uning miqdori har bir otarga 2 ta qo‘yni tashkil etgan.
Alaf puli – asosan bedazorlar, mevali bog‘ va uzumzorlardan olingan soliq turi.
Tanob puli – mevazorlar, bedazorlardan yig‘ib olingan hosil miqdoridan olingan pul. U beda solig‘i, bog‘ solig‘i deb atalgan.
Barg moli – voha va vodiylarda o‘stiriladigan tutzorlardan olinadigan soliq. Buxoro amirligida ana shunday tutzorga ega bo‘lgan dehqonlar har yili bahorda tutzorlarni kesib, ipak qurti boqqanlar, shu orqali har yili bir marotaba soliq to‘lab turganlar. xususiy xonadonlarda o‘stirilgan tut daraxtlaridan soliq olinmagan.
Qo‘sh puli – 1. Har bir ish hayvoni, xususan, qo‘sh uchun qo‘shiladigan ho‘kiz, ot, eshak hisobidan olingan yig‘im. 2. Bir mavsumda ikki ish hayvoni ishlov bera oladigan yer maydoni uchun olingan soliq.
Jo‘ycha puli – Buxoro amirligida dehqonlar tomonidan uncha katta bo‘lmagan suv inshootlari, ariq va zovurlardan foydalanganlik uchun to‘langan to‘lov shunday atalgan.
Objuvoz puli – sholi, suli, masxar kabi ekin turlarini objuvozdan foydalanganligi uchun yiliga olingan soliq turi. Uning miqdori turli joyda turlicha bo‘lgan.
Osiyo puli – tegirmon puli ham deyilgan. Buxoro amirligida har bir suv tegirmonidan yiliga 20 tangadan 100 tangagacha bo‘lgan miqdorda olinadigan soliq.
Chig‘ir puli – ushbu yig‘im, asosan, sug‘orma dehqonchilik yerlarida, chig‘irdan foydalanganlik uchun olingan. Xususan, qarzdor dehqonlar ham uni to‘lashi majbur bo‘lib, agar dehqon bir tanob yerni chig‘irda sug‘organ bo‘lsa, ular chig‘ir puli to‘lashlari shart bo‘lgan.
Cho‘p puli – ba’zi manbalarda «o‘tin puli», «xas puli» tarzida ham keltiriladi. O‘rmon, saksovulzor, to‘qay va boshqa joylardan aholi tomonidan ko‘plab daraxtlar va boshqa o‘simliklarni kesib ketilishi barobarida joriy qilingan soliq turi.30

Download 73.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling