3 I bob. Mang’itlarning kelib chiqishi va ularni hokimiyat tepasiga kelishi


Download 73.42 Kb.
bet10/14
Sana16.06.2023
Hajmi73.42 Kb.
#1504143
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Davron O\'zb (Автосохраненный)

Ichki savdo. Buxoro amirligida hunarmandchilik va undagi ishlab chiqarishning taraqqiy etishi doimiy savdo-sotiq munosabatlarining yanada kengayishiga asos bo‘lgan. Bu davrda ichki, tashqi va tranzit savdo keng rivojlandi. Savdoning taraqqiyoti natijasida Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi kabi shaharlarining iqtisodiy qudrati o‘sib bordi. XIX asrning 20-yillaridagi bir manbada «Buxoro shahri nafaqat Buxoro, balki qo‘shni davlatlar shaharlari orasida ham mashhur savdo shahri sifatida sanalishi mumkin...», – deb qayd etilgan edi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligining ko‘pgina shaharlarida karvonsaroylar qurilishiga katta e’tibor qaratilib, bu holat savdo munosabatlari rivojini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan edi. Manbalarga ko‘ra, XIX asr boshlariga kelib yirik karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan Qarshi shahrining ahamiyati osha boshlaydi.
Tashqi savdo. Buxoro amirligida qo‘shni davlatlar va xalqlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor berilgan. Buxoro o‘z qo‘shnilari bo‘lgan Xiva xonligi, Qo‘qon xonligi hamda Afg‘oniston bilan hamda o‘ziga yaqin bo‘lgan davlatlar Eron, Qashqar, Hindiston bilan va yirik shaharlar hisoblangan Hirot, Mashhad va Kashmir bilan juda katta va doimiy savdo ishlarini olib borishgan. Ko‘chmanchi qozoqlar Buxoro amirligiga cho‘l mahsulotlari, ya’ni paloslar, namatlar va o‘troq aholi uchun kerakli bo‘lgan muhim xomashyo – jun va terini ko‘plab keltirishgan31. Buxoro dehqonlari va hunarmandlari esa, o‘z navbatida, qozoq dashtlariga non, oziq-ovqat mahsulotlari, sabzovotlar, kiyim-kechaklar paxta matolari yetkazib berishgan. Buxoroda turkman gilamlari nihoyatda katta talabga ega bo‘lgan. Turkmanlar Buxorodan kiyim-kechak uchun kerak bo‘lgan matolarni olib ketishgan.
Buxoro savdogarlari Balx va Badaxshonga savdo karvonlari bilan qatnab turganlar. Bu hududlarga amirlikdan qozonlar, Buxoro matolari, Rossiyadan keltirilgan igna, oyna, qaychi kabilar olib kelingan hamda Buxoroga kumush, oltin olib qaytilgan. Savdo karvonlari Kobul va Hindistonga ham borib savdo-sotiq ishlarini amalga oshirgan. Hindistondan qimmatbaho toshlar, dori-darmonlar, xushbo‘y giyohlar, kashmir matolari keltirilgan. O‘z navbatida, hind savdogarlari Buxoro bozorlaridan Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar, mahalliy matolar, zarbof to‘nlar, qorabayir otlarni xarid qilganlar. XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Afg‘oniston va Hindiston bo‘ylab sayohat qilgan Rossiya fuqarosi G.Amirov bergan ma’lumotga ko‘ra: «Ko‘pgina sayyohlarning ko‘rsatishicha, Hindistonga O‘rta Osiyo orqali keltirilgan Rossiya mollari xaridorgir va tannarxi baland bo‘lgan. Ayniqsa, echki terisi, zafaron, yupqa bo‘z, har xil pardozlangan po‘lat va temir buyumlar, billurdan yasalgan idishlar, turli xil soatlar, tuya junidan tikilgan chakmonlar va boshqa mollarga talab zo‘r bo‘lgan. Shuningdek, mahalliy hind xalqi charm mahsulotlari sifatini bir hidlab ko‘rishdayoq ajratib xarid qilgan».

Download 73.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling