3 I bob. Mang’itlarning kelib chiqishi va ularni hokimiyat tepasiga kelishi
Download 73.42 Kb.
|
Davron O\'zb (Автосохраненный)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chorvachilik
- Hunarmandchilik
Dehqonchilik. Mahalliy aholining qishloq xo‘jaligidagi asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilikdan iborat bo‘lgan. XIX asrda amirlik bo‘yicha dehqonchilik qilinadigan umumiy yer maydoni 2700 desyatinani tashkil qilgan. Aholi asosan obi (sug‘orma) yerlarda – intensiv hamda lalmikor yerlarda – ekstensiv dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik olib borilgan yerlar – suvli yer (obikor) deb atalib, ular egallagan maydon lalmikor yerlar maydonidan katta edi. Ularga yilda ikki marta bahorda va kuzda ekin ekilib, hosil olingan.
Chorvachilik. Buxoro amirligi hududida chorvachilik ham rivojlandi. Amirlik hududidagi bepoyon dasht va cho‘llar, tog‘ va tog‘ oldi tumanlari chorvachilik uchun qulay sharoit tug‘dirardi. Chorvachilikka ixtisoslashgan hududlarda qo‘y, sigir, buqa, ho‘kiz, tuya va otlarning turli zotlari yetishtirilgan. Ular bilan nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham katta savdo amalga oshirilgan. Cho‘l hududlarida, xususan, Buxoro, Qarshi atrofidagi dashtlarda, ayniqsa, qorako‘l teri yetishtirishga ixtisoslashgan qo‘ychilik rivojlanib bordi. Tashqi bozorda unga talabning kattaligi bu sohaning taraqqiyotini belgilab berardi. Chorvachilikning yetakchi tarmoqlari sifatida yilqichilikning ham ahamiyati katta edi. Ayniqsa, o‘z chidamliligi, tezligi va kuchi bilan Shahrisabz qorabayir otlari amirlikda juda mashhur bo‘lgan. Hunarmandchilik. Mamlakatning turli markazlarida an’anaviy hunarmandchilik sohalari – to‘qimachilik, metallga ishlov berish, charmgarlik, yog‘ochga ishlov berish, kulolchilik, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va boshqalar mavjud bo‘lib, ularda band bo‘lgan hunarmandlar tomonidan aholining kundalik turmushida asqotadigan turli mahsulotlar ishlab chiqarilgan26. Shuningdek, mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga xorijda ham talab katta edi. Amirlikda asosiy hunarmandchilik markazlari sifatida shaharlar katta o‘rin tutsa-da, ko‘pgina yirik qishloqlarda ham hunarmandchilikning ba’zi sohalari rivojlandi. Buxorolik mahalliy hunarmandlarning ko‘pchiligi to‘qimachilik matolari, ganch, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, duradgorlik, uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlash, kulolchilik bilan shug‘ullanishgan. Islom dunyosida Samarqand qog‘ozi mashhur bo‘lgan. Zardo‘zlik va gilamdo‘zlik ham ancha taraqqiy etgan soha hisoblangan. Shu bilan birga hunarmandchilik kasbi nihoyatda og‘ir bo‘lib, barcha ishlar qo‘l mehnatiga asoslangan edi. Ularning daromadi qilgan mehnatiga nisbatan ancha kam bo‘lib, asosiy qismi o‘ta qashshoq holda kun kechirishga majbur bo‘lishgan. Download 73.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling