3 I bob. Mang’itlarning kelib chiqishi va ularni hokimiyat tepasiga kelishi


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 73.42 Kb.
bet2/14
Sana16.06.2023
Hajmi73.42 Kb.
#1504143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davron O\'zb (Автосохраненный)

Kurs ishining maqsad va vazifalari: XVIII asr 40-yillariga kelganda Buxoro xonligida siyosiy va iqtisodiy inqiroz kuchaygan edi. Ashtarxoniylarning soʻnggi vakili Abulfayzxon (1711–1747)ning kaltabinlarcha yuritgan siyosati natijasida xalqning moddiy ahvoli ogʻirlashgan, Buxoro xonligi tarkibidan Fargʻona vodiysi ajralib chiqib, mustaqil Qoʻqon xonligiga asos solingan, mamlakatning bekliklarga boʻlinish xavfi kuchaygan edi. Buning ustiga, Eron shohi Nodirshoh (1736–1747)ning Buxoroga hujumi, mamlakatning asosiy shaharlari boʻlgan Buxoro va Samarqandning ular tomonidan egallanishi va talanishi oqibatida siyosiy vaziyat yanada murakkablashgandi. Turkiston taqdiri hal qilinayotgan ana shunday qaltis va nozik bir fursatda tarix sahnasiga yangi siyosiy kuch – mangʻitlar sulolasi kirib keldi. Aynan shu sulola tarixini chuqurroq o’rganish

Kurs ishini bajarishdagi vazifalar:
-Mang’itlarni kelib chiqishini o’rganish.
-Mang’it hukmdorlar tarixini o’rganish.
-Mang’it sulolasi davri buxoro amirligida hayot .
-Mang’it sulolasi davrida olib borilgan siyosiy iqtisodiy islohotlarni o’rganish.
Kurs ishining obyekti: Mang’it amirlari, ularning olib borgan siyosati, harbiy yurishlari, buyruq va farmonlari, Mang’itlar davri tarixchi olimlarining yozgan asarlari, shaharlar va memoriy inshootlar.
Kurs ishining predmeti: Yangi tashkil topgan Buxoro amirligini 1756–1920-yillarda mangʻitlar sulolasi boshqardi. Muhammad Rahimxon (1756–1758), Muhammad Doniyolbiy (1758–1785), amir Shohmurod (1785–1800), amir Haydar (1800–1826), Mir Husayn (1826), Mir Umar (1826–1827), amir Nasrullo (1827–1860), amir Muzaffar (1860–1885), amir Abdulahadxon (1885–1910), amir Sayid Olimxon (1910–1920)lar mansub bo‘lgan mang‘itlar sulolasi Buxoroda 164 yil saltanat tutganlar.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 5 bo’lim, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar hamda veb-saytlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishi 55 sahifadan iborat.

I bob. Mang’itlarning kelib chiqishi va ularni hokimiyat tepasiga kelishi.

Download 73.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling