3 I. Bob. Yo’qolib ketgan tarixiy chizmalarni qayta tiklash
Download 311.5 Kb.
|
Xudoyberganova Sohiba QADIMGI YODGORLIKLARNI QAYTA TIKLASH ISHLARIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sherdor madrasasi
- Tillakori madrasa
- Sharq taronalari
Ulug’bek madrasasi-Buxoroda me’moriy yodgorlik(1417). Ulug’bek qurdirgan madrasaning eng qadimiysi.Abdullaxon II davrida katta ta’mir ishlari olib borilgan(1586).Bosh tarafida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan.Hovli (26×25m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori va peshtoqli 2 ayvon egallagan.
Sherdor madrasasi- Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (1619-1936).Registon ansambli tarkibida.Mirzo Ulug’bek xonaqohi o’rniga Yalangto’sh Bahodir qurdirgan.Ulug’bek madrasasining ro’parasida joylashgan.Madrasa tarhi to’rtburchak 2 qavatli. Bosh tarafining 2 qanotida qovurg’ali gumbaz va minoralar joylashgan.Hovli atrofida 2 qavatli hujralar (54ta)ning oldi ravoqli ayvon. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini o’tagan. 1960-1964 yillarda peshtoq qanotlaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan. Tillakori madrasa- Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Registon ansamblida Ulug’bek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-asr) o’rnida Samarqand hokimi Yalangto’shbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641-1646). Tilla Qori madrasasidan shahar jome masjidi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun masjidi (63×22m) katta va serhashamligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Peshtoq ravog’idagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659-1660 yillarda bajarilganligi yozilgan. Sharq taronalari-xalqaro festival. Har 2 yilda Samarqand shahrida o’tkaziladi. Festivalga dunyoning Osiyo, Afrika,Yevropa qit’alarining ko’p mamlakatlaridan vakillar keladilar, o’z xalqlarining mumyoz kuy va qo’shiqlarini kuylaydilar. Festival ochiq osmon ostida, aynan Registon maydonida o’tkaziladi. Ma’lumki, har qanday tarixiy obidadan oʻz vaqtida vazifasiga koʻra foydalanilgan, keyinchalik saqlab kelingan, buzilgan boʻlsa tuzatilgan; ba’zan qayta tiklangan. Qadimda tarixiylik hissiyoti rivoj topmagan edi, tarixiy obidalarni qayta qurishda koʻpchilik ustalar eskisini buzib, yangisini qurishgan, ba’zan eski qurilish ashyosi sifatida ham foydlanilgan. Me’moriy yodgorliklarni saqlash keyingi paytlarda ommaviy tus oldi. Binolarni qayta qurishdan oldin ularni xususiyatiga qaratiladigan asosiy e’tibor shundan iboratki, bunda yangi vazifalar nazarda tutilgan holda binolarni qayta qurish paytida ularning oldingi qiyofasi mumkin qadar saqlanib qolishi birdan-bir jiddiy maqsad qilib qoʻyiladi. Asrlar oʻtishi bilan asori-atiqalar eskiradi va buzila boshlaydi. Shuning uchun ham ularni ta’mirlashga toʻgʻri keladi. [5] Har qanday ta’mirlashdan koʻzda tutiladigan umumiy maqsad me’morchilik asarining madaniy-tarixiy rolini hamda ahamiyatini aniqlash va tasdiqlash, shuningdek, ularning badiiy qadriyatlarini roʻyobga chiqarishdan iboratdir. «Ta’mirlash» umumiy tushunchasining ichida ta’mirchi mutaxassislar uchun ahamiyat kasb etadigan bir qator torroq ma’nolar: konservatsiya, ta’mirlash, qayta qurish, tiklash va yangilash ham mujassamdir. Bundan tashqari mazkur me’moriy yodgorlikning vazifasi oʻzgaradigan boʻlsa, undan boshqa maqsadlarda foydalanish koʻzda tutiladi, binoni mana shu yangi ehtiyojlarga moslashtirish ishlari olib boriladi. Konservatsiya deyilganda odatda binoning tuzilishi, manzara detallarini mustahkamlash, uning qoplamalari hamda binoni atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi qurilmalarini tiklash va tuzatish boʻyicha muhandislik-texnik choralar turkumini bajarish tushuniladi. Bunga tamoman qarama-qarshi tarzda, odatda ishlarning bir muncha cheklangan turkumi me’moriy monumentni yangilash hisoblanadiki, bunda me’moriy yodgorlik qisman yoki hatto butunlay boshqa uslubda va boshqa loyiha boʻyicha qayta quriladi. Bu holatda uning birlamchi badiiy qadriyatlari roʻyobga chiqarilmaydi. Ilgari keng foydalanilgan yangilashga endilikda yoʻl qoʻyish mumkin boʻlmay qoldi. Konservatsiya bilan yangilash oʻrtasidagi oraliq holatni ta’mirlash, qayta qurish va tiklash egallaydi. Ta’mirlash deyilganda binoda alohida detallar va elementlarni aniqlash hamda qat’iy cheklangan holda qisman tiklash bilan bogʻliq tuzatish ishlarini oʻtkazish tushuniladiki, bularni ilmiy asoslash uchun naturadagi binoning oʻzida baxs talab qilmaydigan va yaqqol koʻrinib turgan ma’lumotlar mavjud boʻladi. Qayta-qurish deganda shunday tuzatish-tiklash ishlari tushuniladiki, bunda nafaqat me’moriy yodgorliklarning saqlanib qolgan qismlari tuzatiladi, balki inshootning yoʻqolib ketgan alohida qismlari, masalan, qanotlari, minoraning ustki qismi va hakozolar ham qayta tiklanadi. Bunday ishlar ham baxs talab etmaydigan ilmiy asoslashlar mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Tiklash deganda binoni poydevor ustiga yangidan barpo etish yoki nurab ketgan me’moriy yodgorlikning boshqa qoldiqlarini oʻrniga keltirish tushuniladi. Me’moriy yodgorliklarni saqlashning muhimligi, ularning badiiy va tarixiy ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq namoyon boʻlgan edi. Download 311.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling