3 iat 2-guruh talabasi Alijonova Madinabonu Seminar bo’yicha topshiriq №1
Download 36.15 Kb.
|
3IAT2 Alijonova Madinabonu 1-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri.
- 4. Yoshlarda ma’naviy- mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda OAV.
3 IAT 2-guruh talabasi Alijonova Madinabonu Seminar bo’yicha topshiriq № 1 1. Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalarining mazmun- mohiyati. Globallashuv XX asrning 80-yillarida yalpi vujudga kelayotgan jarayon bo‘lib, birinchi marta iqtisodiy sohada sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T.Levittning 1983 yildagi “Garvard biznes review” jurnalida chop etilgan maqolasida qo‘llanilgan edi. “Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan. “Collins english” lug‘atida (1998) globallashuv moliyaviy va sarmoya kirituvchi bozorlarga davlatlar va millatlarning o‘zaro bog‘lanmaganliklaridan foydalangan holda rivojlangan va tartibga solingan aloqalar orqali boshqarish imkoniyatini beradi, deb ta’kidlanadi. Bugungi kunga kelib esa globallashuv antropogen ta’sir natijasida keng quloch yozib keldi. Uning to‘xtovsiz harakatlanishi uchun quvvat manbai – inson tafakkuri hisoblanadi. Shuning uchun ham uni antropogen hodisasining hosilasi deb izohlash mumkin, ya’ni inson omili bu jarayonda asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud deya fikr yuritiladi. Aslida esa globallashuv alohida hayot tarzi emas, balki bugungi davrning umumiy manzarasidir. Uning ichida yaxshi voqealar ham, yomon voqealar ham ro‘y beradi. Bunyodkor va vayronkor g‘oyalar ham globallashuvning botinida mavj uradi, undan tashqarida emas. Lekin bu hodisalarning sababchilari insonlardir va agar odamzod bo‘lmaganida edi, hech qanday sivilizatsiya ham, urushlar ham, globallashuv ham bo‘lmas edi. Hammasi – INSON atrofida ro‘y bermoqda. Globallashuvni to‘xtatib bo‘ladimi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Javob esa quyidagicha: yo‘q. Bu mumkin emas. Uning yo‘lini to‘sish uchun salkam ikki asr muqaddam chora ko‘rish lozim edi. Ammo bunday voqea sodir bo‘lganda hozirgi taraqqiyot, zamonaviy qulay yashash sharoitlari, turfa xil avtomobillaru transport vositalari, Internet va telefon, televizor, smartfonlar, Android mobilniklar, ro‘zg‘orda foydalaniladigan texnika buyumlari ham yaratilmas edi. Axborot sohasini rivojlantirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish borasida mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilib, mamlakatimizda har kimning fikrlash va so‘z erkinligi, axborotni olish, izlash va tarqatish huquqlari, ommaviy axborot vositalarining erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlanib, ushbu konstitutsiyaviy normalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini oshirish, media makonga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita joriy etishga qaratilgan: «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»; • «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»; • «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»; • «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»; • «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa jami 20 dan ortiq axborot sohasida qonunlar, 50dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 300 dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida yaratilgan bunday huquqiy maydon ommaviy axborot vositalariga o‘z vazifalarini samarali bajarish hamda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarga, kommunikatsiya vositalarining rivojlanish darajasiga yetishish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida axborotlashtirish — bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyat — bu globallashgan ijimoiy jarayon bo‘lib, uning o‘ziga hos asosiy xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida faoliyatning ustuvor turi sifatida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda axborot almashuvining xilma-xil vositalari asosida amalga oshirilayotgan axborotni izlash, yig‘ish, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishdir. Axborotlashgan jamiyat: • bosma fondda hamda jamiyat a’zolarining ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa faoliyati turlarida jamlangan jamiyatning tobora kengayib borayotgan intellektual salohiyatidan faol foydalanishni; • ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlantirish va mehnat faoliyatini intellektuallashtirishga qaratilgan faoliyatning ilmiy va ishlab chiqarish turlariga axborot texnologiyalarini joriy qilishni; • axborotlashtirish xizmati darajasini yuqoriga ko‘tarish, jamiyatning barcha a’zolarini obyektiv va tezkor axborotga ega bo‘lish, foydalanilayotgan ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi. 2003-yil 11-dekabrda mamlakat Parlamenti tomonidan «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yangi realliklarga muvofiq qayta ko‘rib chiqildi va uning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun tayanch qonun bo‘lib, elektron hukumat, masofadan o‘qitish, teletibbiyot, elektron tijorat kabi va yana bir qancha yangi xizmatlarning rivojlanishiga hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlab chiqiladigan boshqa qonunlar uchun asos bo‘lib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqilishini belgilab, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda milliy axborot tizimini yaratishga xizmat qilmoqda. Bugunga kelib mamlakatimizda 20ga yaqin telekommunikatsiya operatorlari mavjud bo‘lib, ular telekommunikatsiya tizimida 28ta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 180ta mamlakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallari orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatishmoqda. Foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash, ularning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash maqsadida 2011-yil 13-aprelda «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Jamiyatni axborotlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003–2004-yillarda «elektron» qonunlar deb ataladigan qonunlar bloki qabul qilindi. Bular O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunlaridir. Qonunlarni ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro tashkilotlar va bir qancha mamlakatlarning tajribasi ham hisobga olindi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi, joylarda ularning ijrosini ta’minlanishi o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishining shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori sur’atlarda rivojlanishi, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining paydo bo‘lishiga va o‘z navbatida, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishga keng yo‘l ochib bermoqda. O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz elektron hujjat aylanish tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga imkon yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashuvi darajasi va sifatini oshirishga, izlash samaradorligining o‘sishiga, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘oz hujjat aylanishi ulushining kamayishga yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi. Elektron hujjat aylanishida ularning qog‘oz hujjatlar bilan teng kuchga ega ekanligini, ulardagi imzo, muhr va hujjatning boshqa rekvizitlarini tasdiqlash elektron raqamli imzo orqali amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatimizda elektron to‘lovlar sohadagi ijtimoiy munosabatlar Markaziy bank tomonidan qabul qilingan «Elektron to‘lovlarni amalga oshirish Nizomi» bilan tartibga solinib kelingan bo‘lsa, 2005-yilda «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan elektron to‘lovlar tizimini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o‘z navbatida, mijozlariga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishga huquqiy asos yaratib berdi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotimizga «Pay Net», «Fast Pay», «Moblis», «E-karmon» kabi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalarning kirib kelishi, shuningdek, «SMS-banking», «Internet-banking» kabi yangi elektron to‘lov xizmatlarini joriy qilish va shu asosda mobil to‘lovlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratdi. Ushbu xizmatlarning qulayligi shundaki, mijozlar bular yordamida kommunal xizmatlari, mobil aloqa va Internet xizmatlari hamda uy-ro‘zg‘or mollarini Internetdan foydalangan holda, sotib olish va hisob-kitob qilishlari mumkin. Ushbu Qonunlar axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida hamda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot muhofazasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, axborot muhofazasining huquqiy asoslarini aniqlash hamda axborot muhofazasiga qo‘yiladigan talablarni belgilashdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratilgan samarali huquqiy mexanizm iqtisodiyotning boshqa sohalarida bo‘lgani kabi ushbu sohaga ham chet el investitsiyalarining kiritilishiga yo‘l ochib, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, axborot texnologiyalarini hayotimizning barcha sohalariga keng joriy qilishga asos bo‘lmoqda. 2005-yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining Internetda rasmiy saytlarining ochilishi tatbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-sonli Qarori bilan ushbu saytlarga asosiy talablar belgilangan bo‘lib, unda saytlarni to‘laqonli rasmiylashtirish, undan foydalanish va yangilash maqsadida veb-saytda joylashtiriladigan zaruriy axborotlar ro‘yxati, mazmuni va boshqa kerakli shartlarga nisbatan xalqaro standartlar aniq shakllantirilgan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006-yil 22-sentabrda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 203-sonli Qaror qabul qilindi. U bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risidagi Namunaviy nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlarini tashkil etish belgilangan. Mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmning yaratilishi hamda joylarda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash iste’molchilarning barcha qatlamlari hamda jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari talablariga mos tushadigan, tubdan yangilangan axborot-kommunikatsiya tarmoqlari vujudga kelishiga zamin yaratib, mamlakatimizda axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda O‘zbekistonni butunjahon axborot hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi. Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi masalalarni o’rganadi: Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari; Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy faktorlari sifatida; Axborotlashgan jamiyatda shaxs; Axborot madaniyati; Axborot xavfsizligi; Axborotlashgan jamiyatda: Hohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana jlishi; Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi; Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini echish uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish; Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi. Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan. Zamonaviy jamiyat axborot resurslari. Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, energetic resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar kiradi.Bularga qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu – axborot resurslaridir. Vaqt o’tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib boradi;buning tasdig’i sifatida zamonaviy jamiyatning hozirgi bosqichida axborot resurslari narxi material resurslaridan past bo’lmagan tovar ekanligi faktini keltirishimiz mumkin.”Axborot resurslari” tushunchasiga turli ta’riflar berilgan bo’lib, “Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to’g’risidagi gonunda keltirilgan ta’rifga asosan:”Axborot resurslari – axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjat massivlaridan iborat .Fxborot tizimlari – kutubxonalar, arxivlar, fondler, berilganlar bazalari va boshqalardan iborat. Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategic ahamiyatga egadir.Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini yoqish, sarflangan mablag’ va b.), axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi.Undan ko’p marta foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin.Axborot resurslarini klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to’liq bo’la olmaydi. Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo’yish mumkin:tarmoqlar printsipi(fan, sanoat, ijtimoiy soha va hokazo asosida) ;taqdim etilish shakli bo’yicha (axborot tashuvchi turi, formallashganlik darajasi, qo’shimcha izoxlanganligi va hokazo xususiyatlar bo’yicha) va boshqa prinsiplar. Har bir sinf bo’yicha yana qo’shimcha ichki tiplashtirishni bajarish mumkin.Masalan, Internet resurslarini vazifasi va taqdim etilish shakli bo’yicha : servis axboroti, bibliografik axborot, telekonferensiyalar materiallari, dasturiy ta’minot, video va hokazo turlarga bo’lish mumkin. Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya bo’lib hisoblanadi. Ushbu tushuncha XX asr 80- yillarida vujudga kelgan bo’lib, rivojlangan mamlakatlardagi axborot massasi, axborotni uzatish va qayta ishlash vositalarining rivojlanish darajasi ushbu ko’rsatkich bilan o’lchanadigan bo’ldi. Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish mumkin: Rivojlangan davlatlarda axborot resurslarining ulkan massasi kutubxonalarda jamlangan. Arxivlar mamalakat tarixi va madaniyati bilan bog’liq bo’lgan ko’p asrlik axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to’planish tezligi ko’pincha ularni qayta ishlash tezligidan katta bo’ladi. Ilmiy-texnikaviy axborot ko’p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va hokozolarni saqlaydi. Xuquqiy axborot qonun xujjatlari, kodekslar, normative aktlar va hokazolarni o’zida saqlaydi. Sohalar bo’yicha axborot resurslariga alohida olinga xo’jalik tarmoqlari: ta’lim tizimi, qishloq xo’jaligi, meditsina, mudofaa, sanoat va hokazo tarmoqlar bo’yicha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud bo’ladi.Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin: Berilganlar bazalarini yaratuvchi va saqlovchi markazlar; Aoqa va telekommuniktsiya vositalari; Maishiy xizmatlar; Axborotlar bilan savdo qiluvchi tijorat firmalari Konsultativ firmalar; Birjalar; Jismoniy shaxslar.. Axborot iste’molchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, [ukumat organlari va hokazo. Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi bo’yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to’plash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina ko’rsatmaydilar.Ko’pgina davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan ma’lumotlar bo’yicha obzorlar, referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar.Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga ma’lum mavzu bo’yicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala bo’yicha maslahat berish va boshqalatr kiradi.Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari, Internet provayderlar xizmat ko’rsatadi.
Tarixiy taraqqiyot tajribasidan ma’lumki, inson o‘zi yashayotgan ijtimoiy-axloqiy muhitni, o‘zini-o‘zi o‘zgartirishni bilishi uchun hamisha yangi axborotlarga ehtiyoj sezadi. Boshqacha aytganda, inson o‘zining tabiiy ijtimoiy-axloqiy ehtiyojlarini qondirish uchun unga yangi axborot zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham inson axloqi doimo o‘zgarib turuvchi dinamik xarakterga ega. Axborot va axloq jamiyat rivojining barcha davrlarida muhim rol o‘ynagan va o‘ynaydi. Jamiyat hayotida axborot va axloqning o‘zaro aloqasini tushunish muhim ahamiyatga ega. Axloq va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojining asosiy manbai hisoblanadi. Ommaviy axborot inson ongi va hissiyotlariga ta’sir o‘tkazishning ikki yo‘li orqali amalga oshiriladi: Ratsional model — demokratik davlatlarda ommaviy muloqotning ratsional usuli ustunlik qilib, u odamlarni axborot tarqatish, dalillarni keltirish, ularni mantiq qoidalari bilan asoslash orqali ishontiradi. 2. Hissiy ta’sir usuli — psixologik ishontirish usuli bo‘lib, fanatizm, siyosiy raqiblarga, boshqa millat vakillariga ishonchsizlik, nafrat uyg‘otish uchun qo‘llaniladi. Bu hissiy ta’sir ko‘pincha aqliy dalillar va asoslardan ham kuchli bo‘lishi mumkin. Bunda totalitar, avtoritar va ayniqsa, etnografik targ‘ibotlardan keng foydalanilib, siyosiy tashviqotlar inson ongini egallab oladigan hissiy mazmun bilan to‘ldiriladi. Hissiy ta’sir qanchalik kuchli bo‘lmasin, OAVlarining siyosatga ta’siri axborot tarqatish orqali ro‘y beradi. Axborot olish, saralash, sharhlash, va tarqatish bu jarayonning asosiy bosqichlaridir. Jamiyat o‘z rivojining barcha bosqichlarida axloqiy qoidalar ishlab chiqqan va ulardan foydalanib kelgan. Ma’lumki, insonning rivojlanishi uchun axborot juda zarur. Axborot axloqqa bo‘ysunuvchi tushuncha hisoblanadi, ya’ni, axborot axloqni boyitadi, uni o‘zgartiradi. Inson ijtimoiy-axloqiy turmushining taraqqiyoti asosida axloq yotadi. «Axborot tevarak-atrofdagi turli xil manbalardan to‘plangan omillar bo‘lib, bu bilimlarni qayta bayon etish» (Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi. — Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007. 180-b.) shakli hamdir. Axloqning ma’no va mohiyatini anglab yetmasdan turib, uni tushunib bo‘lmaydi. Xuddi shuning uchun ham anglab olingan axloq keyingi bosqichda tushunish holatiga kiradi. Inson, axloqning ma’no va mohiyatini tushunib yetgach, uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradi. Inson tomonidan o‘zlashtirib olingan bilimlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlariga, xohish-istaklariga, bir so‘z bilan aytganda, hayotiy manfaatlariga mos tushsa, ana o‘shanda kishida o‘zlashtirib olingan bilimlarini turmushga tatbiq etish istagi hosil bo‘ladi. Hozirgi kunda axborotlarning ko‘payib borishi bilan birga, axloqiylik muammosi ham birinchi o‘ringa chiqmoqda. Axborotlashtirish jarayonlari, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi davrida axborot va axloq munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Axborot inson va jamiyat axloqini yoki tanazzul sari yetaklaydi yoki, uni o‘zgartirib, to‘ldirib yuksaltiradi. Ijtimoiy-axloqiy turmushi asosida axloq yotadi, ya’ni u ijtimoiy-axloqiy tajribani harakatlantiradi. Shuningdek, «sezgi deprivatsiyasi» degan axborotning yo‘qligi kishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (Чирчeнко О. Н. Информaционныe аспeкты компьютeризации. М., 1989. — c. 8.). Jahon siyosatchilari axborotlashgan jamiyatning bir qator muhim ko‘rsatkichlarini sanab o‘tganlar. Axborot mahsulotlari (ommaviy axborot vositalari mahsulotlari, madaniyatning turli ko‘rinishlari va hokazo) bora-bora yalpi ichki mahsulotlar (ishlab chiqarish sanoati, agrosanoat, neft va metallurgiya) keltirayotgan umumiy daromaddan ortib ketadi (Xolov Z. Dunyoni axborot boshqaradi // Ma’rifat, 2008-yil 19-noyabr.). Demak, yangi axborotlashgan jamiyatda ishlab chiqarishning manbai axborotni to‘plash texnologiyalari, uni qayta ishlash va ramziy kommunikatsiyalarga bog‘liq. Jamiyat rivojida axloq va axborot doimo muhim ahamiyatga ega, lekin mazkur jamiyatda axloqning rivojlanishi, axborotning axloqqa ta’siri ishlab chiqarish manbai sifatida tadqiq etiladi. «Shu ma’noda, axborot olamidagi ustunlik ko‘p narsani hal etadigan bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy, kerak bo‘lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi» (Karimov I. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash — bizning oliy maqsadimiz. 17-jild. Toshkent: O‘zbekiston, 2009. 134-bet.). «Axborot», «axloq» tushunchalari ko‘pincha bir-biriga o‘xshatiladi. Bu qisman shu bilan izohlanadiki, bir darajada axborot sifatida amal qiluvchi dalillar boshqa darajada ma’lumot sifatida amal qilishi mumkin. Masalan, radio yoki televideniye muxbiri intervyu olish jarayonida axborot, ya’ni yangilik oladi. Bu axborot jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Bu axborotdan, o‘z navbatida, tashkilotlar, muassasalar ma’lumot sifatida foydalanishi mumkin. 3. Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy taxdidlar, axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat”, diniy fundamentalism, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi va boshqa yot mafkuralardan ximoyalashning shart- sharoitlari va omillari. XX asrning ikkinchi yarmida aloqa va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi, elektron hisoblash texnikasining vujudga kelishi va hayotning turli sohalariga kirib borishi axborotning kengroq tushunchasini ishlab chiqishni talab etdi. Axborot ehtimolli-statistik yondashuv asosida amalga oshiriladi va biron-bir obyekt, tizim, jarayon va hodisa haqidagi axloqiy noaniqlik darajasining pasayishi yoki obyekt, tizim, hodisa va jarayon holatlari aniqligining o‘zgarishidir. Axborotning idrok qiluvchi tizim haqidagi axloq hajmi va tuzilishining o‘zgarishi sifatidagi falsafiy, aniqrog‘i, umumilmiy talqini ham ishlatib kelinmoqda. Qabul qiluvchi bo‘lib, har qanday tizim, masalan, inson, biologik hujayra va boshqalar hisoblanishi mumkin. Biologik tashkilot darajasida axborot va uning moddiy tashuvchisi o‘rtasida funksional aloqa shakllanadi. Material kodlar orasida neyrodinamik kodni, DNK va RNK axborot mavjud bo‘lishining biopsixik shaklini ta’kidlab o‘tish mumkin. Ushbu axborotlarni ehtirosli hayotda, ongning ishlashi va ehtirosli reaksiyalarida, ong harakatida, insonning xulq-atvori va faoliyatida ifodalanadigan sezgi-perseptiv tizimlar tufayli olish mumkin bo‘lgan atrof-muhit haqidagi axborotni qabul qilgan holda, tirik organizmlar ularga nisbatan turli usullar bilan munosabat bildiradi. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan turt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor buladi, odamlar unga chippachin ishonadilar". BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilingan “BMTning global aksilterror strategiyasi”da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan terror maqsadida foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd etilgan. 2007 yil noyabrda AQSH Davlat departamenti “Tashqi raqamli aloqalar guruhi” nomli maxsus axborot dasturini joriy qilgan. Dastur maqsadi – arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat va bloglarda AQSH siyosati haqidagi dezinformatsiya (noto‘g‘ri ma’lumotlar)ga qarshi kurash hisoblanadi. Dasturga ko‘ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma’lumot keltirishi ko‘zda tutilgan.So‘nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ibtashviq qilishga qaratilgan vebsaytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo‘lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to‘satdan paydo bo‘ladi, vaqt o‘tgach yo‘qoladi, mazmunini o‘zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o‘zgartirib turadi. Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi: Internetga kirishning osonligi; Foydalanuvchilar sonining ko‘pligi; Aloqaning anonimligi; Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani; Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi; Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi. Terroristlar internetdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar: Targ‘ibot va tashviqot maqsadida ma’lumot tarqatish; Yangi a’zolarni yollash (verbovka); A’zolik va xayriya badallarini yig‘ish hamda ulardan foydalanish; Tarmoq va shahobchalar tashkil etish; Terroristlarni o‘qitish, ko‘rsatmalar berish; Razvedka va ma’lumot qidirish; Jamiyat yuksak darajada rivojlanmasin uning ehtiyojlari ham shunchalik oshib boradi. U bugun kechagiga qaraganda, ertaga esa undan-da ko‘proq yaxshi yashashga, moddiy-ma'naviy barkomollikka ershishga va farovon hayot kechirishga intiladi. Lekin insoniyatning yuksak darajada to‘kin, farovon yashashini ta'min etuvchi tabiiy-geografik omillar inson xohish istagicha emas, balki o‘z holicha mavjud. Bu omillar farovon turmushning o‘ziga xos muhim sharti bo‘lib, yer yuzida davlatlar, saltanatlar tashkil topganidan beri bu borada ustunlik qilish uchun, o‘ziga xos qulayliklarga erishish uchun kurashlar muttasil davom etib kelmoqda. Aslida bu insoniyat taraqqiyotining mazmuni, uning hayot kechirish qonuniyati va falsafasi hisoblanadi. Bir qaraganda bunday intilish tabiiy hisoblanadi. Muammo, ana shu intilishlarda moddiy manfaatdorlikka bo‘lgan intilish bilan ma'naviyatni unga mos ravishda rivojlantirishga bo‘lgan zaruriyat o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qolib borishida namoyon bo‘lmoqda. Buni yuksak darajada taraqqiy qilgan mamlakatlar o‘zlarining ulkan intellektual salohiyatlari bilan fan, texnika va texnologiyaning eng zamonaviy turlarini yaratib, ular vositasida mintaqalarda mavjud bo‘lgan xom-ashyo resurslarini qo‘lga kiritishning eng jirkanch uslublaridan foydalanib, ana shu mintaqa xalqlarini avvalo moddiy jihatdan qaram qilish, hamda bu omil vositasida ularni o‘ziga xos ma'naviyatini ham barbod qilish yo‘li bilan uning o‘rniga o‘zlarining ma'naviyatini ommaviylashtirishga bo‘ Har qanday ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov globallashuv jarayonining ayni paytda mafkuraviy ta'sir o‘tkazish vositasi sifatida turli siyosiy kuchlar manfaatlariga xizmat qilayotganini, ushbu jarayon orqali milliy qadriyatlarimizga yot g‘oya va qarashlar yopirilib kirib kelayotganini, bularning barchasi qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini hayotiy misollar asosida yoritib beradi. Xususan, bugungi kunda inson ma'naviyatiga yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyulgan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkinligi uqtiriladi. Asosan harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiqni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab olish qiyin. Shu ma'noda, Prezident Islom Karimovning tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash, loqaydlik va beparvolikka barham berish haqidagi da'vatlari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 4. Yoshlarda ma’naviy- mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda OAV. “Ommaviy madaniyat” hodisasi asosida birnecha omillarning chatishuvi yotadi. Ulardan birinchisi - imonsizlik, o‘z insoniy burchi va mas'uliyatini tan olishni istamaslik, befarqlik va loqaydlik. Ikkinchisi - sanab o‘tilgan qusurlarni oqlashga xizmat qiluvchi “dunyoni manfaat boshqaradi” (demak, bu dunyoda har kim o‘z foydasi uchun qo‘lidan kelgan harakatini qilsa, bo‘laveradi, degan) dahriyona (aniqrog‘i, xudbinona) tezis (“qoida”) asosida yashash. Bu ikki omil azaldan bo‘lgan. Uchinchisi - oldingilaridan kelib chiqadigan axloqiy relyativizm, ya'ni dunyoda azaliy va abadiy qat'iy axloqiy meyorlar mavjud emas, ko‘pchilik o‘zini qanday tutayotgan bo‘lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz, degan o‘ysizlik, fikriy dangasalik tamoyili. Va nihoyat to‘rtinchisi - bugungi axborot vositalarining cheksiz imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta'rifiga muvofiq, befarqlik va o‘ysizlik botqog‘iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanib, o‘zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini ochiqdan-ochiq namoyon qilishni “umuminsoniy axloqiy meyorlar” darajasiga ko‘tarishga urinishlaridir. Bunday holatlar Yevropa mintaqasi tarixida ilgari ham bo‘lgan, ammo hech qachon bu daraja jahon miqyosida keng ko‘lam kasb etmagan va bu darajada kuchli targ‘ibot imkoniyatlariga ega bo‘lmagan edi. Prezident «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asaridaida bu haqda shunday deyiladi: “Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.” “Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma'naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda”, - deb yozadi Prezident o‘z «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida va bunday xatarli holatdan faqat o‘z xalqini emas, balki butun jahon afkor ommasini ogohlantirish lozim deb biladi. “Ma'naviy tahdid deganda,- o‘rinli izoh berib o‘tadi Prezident, - avvalo, tili, dini, e'tiqodidan qat'i nazar, har qaysi odamning tom ma'nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.” Ma’lumki, bugungi murakkab globallashuv o‘zgarishlar sharoitida mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbini egallash uchun olib borilmoqda. Bu kurashning zamirida esa, turli yot va vayronkor g‘oyalarni amalga oshirish yotadi. Shunday ekan, mamlakat mustaqilligini mustahkamlashning muhim shartlaridan biri ham g‘oyaviy tarbiyani kuchaytirishdir. Odamning ma’naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o‘zini ongli himoya qilish ko‘nikmalari ta’lim-tarbiya, ota-onalar o‘gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko‘rish va bilish jarayonida shakllana boradi. Bolaga ilk yoshdan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak degan, savollarga asoslangan holda aytish mumkinki oila, mahalla va ta’lim muassasalari bo‘lmish bog‘cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya uzviyligi yo‘lga qo‘yilsagina har bir millat sog‘lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo‘ladi. Immunitet esa o‘z navbatida, odamni to‘g‘ri yo‘ldan “ozish”dan, turli yo‘llarga adashib, keyin pushaymon bo‘lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo‘linishlardan asrab turadi. “Mafkuraviy immunitet shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi”[1]. Bevosita, mafkuraviy immunitet davlat va millatning ma’naviy birligini, sog‘lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Hozirgi kunda yoshlarimizda turli xil yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Binobarin, bu jarayon jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi. “Immunitet so‘zining ma’nosi (lot.Immunitos – ozod bo‘lish, qutulish) tibbiy tushuncha bo‘lib, organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi”[2]. Soda qilib aytganda, birinchidan, immunitet – inson organizmining turli kasalliklaridan himoya qila olish qobiliyatidir. Vaholanki, bugungi kun yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ikkinchidan, u har bir yosh avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. Yoshlarimizni turli g‘oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog‘lom, insonparvar g‘oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. O‘zligimizni, ozod – axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g‘oyalar va mafkuralar ta’siridan avaylab-asrash, ularga qarshi yoshlarimiz qalbida va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish orqaligina millatni asrash mumkin. Jahondagi har bir xalq va davlat o‘z yoshlarini milliy g‘oya ruhida tarbiyalagan taqdirdagina o‘z kelajagini ta’minlashi, yuksak taraqqiyotga erishishi mumkinligini hozirda butun dunyo tan olmoqda. O‘zbekiston mustaqillik yillarida yosh avlodni intellektual jihatdan kuchli, jismonan baquvvat, ma’nan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida urg‘u berib keladi. Hozirgi kunda yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirishda, ta’lim va tarbiya, fan, madaniyat va madaniy-ma’rifiy muassasalar, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport, urf-odat, marosim va bayramlar, oila, mahalla, mehnat jamoalari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari orqali milliy g‘oyani va milliy mafkuraviy immunitetni xalqimiz, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maxsus dasturlar tashkil etilmoqda, milliy g‘oya, milliy mafkurani targ‘ib etish bo‘yicha, jahon chempionlari, mashhur san’atkorlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi globallashuv jarayonida yoshlar ongiga yot g‘oyalarning kirib kelishini oldini olish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish yuzasidan quyidagilarni taklif etamiz: jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oiladan boshlab yoshlarning milliy g‘oya va ma’naviyatini shakllantirish orqali Vatani va xalqiga, azaliy qadriyatlarga sodiq etib tarbiyalash darkor; ta’lim va tarbiya jarayonida mahallaning rolini kuchaytirish kerak. “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona”degan milliy tarbiya tamoyilini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor berishlik lozim; ma’naviy – ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, bu borada yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul va uslublarni ishlab chiqish kerak; yoshlarning o‘z bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun zamin yaratish. Yoshlar bo‘sh vaqtlarini chet tillarini o‘rganishga, sport hamda boshqa qiziqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishiga sarflashlari natijasida ularga hech qanday tashqi kuchlarning ta’siri bo‘lmaydi. Jismonan sog‘lom insonning ma’naviyati, mafkuraviy immuniteti yuqori darajada rivojlangan bo‘ladi va bu orqali har qanday tazyiqlar bartaraf etiladi; globallashuv jarayonida radio, televideniye va ommaviy axborot vositalarida axloqiy qadriyatlarimizga nisbatan ma’naviy tahdid va xurujlarning sabablari va omillarini o‘rganishga doir turli xildagi eshittirishlar, ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda ilmiy maqolalarning ko‘rik tanlovlarini e’lon qilish; buyuk ajdodlarimiz, ularning hayoti, amalga oshirgan ishlari, qahramonliklari haqida hujjatli va badiiy filmlar yaratish, ushbu filmlarda ajdodlarimiz faoliyatini, yaxshi tomonlarini kerak bo‘lsa, tasvirlashni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Xulosa o‘rnida aytmoqchimizki, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni vatanga, ota-onaga, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik ruhini uyg‘otish, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirishda va nihoyat pirovard maqsadimiz bo‘lmish Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurishimizda milliy g‘oyaning o‘rni beqiyosdir. Download 36.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling