3. Intellektual mulkni muhofazalash sohasida O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari tizimi


-jadval 2019-2022-yillardagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishning o’sish


Download 71.06 Kb.
bet6/7
Sana12.10.2023
Hajmi71.06 Kb.
#1700350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Intelektual mulk va uning xukukiy ximoyasi

2.1-jadval 2019-2022-yillardagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishning o’sish


sur’ati16

YIL

XUSUSIYLASHTI RILGAN KORXONA VA OBYEKTLAR SONI

DAVLAT AKTIVLARINI SOTISHDAN TUSHGAN TUSHUMLAR (SO’MDA)

YAIMNING MULKCHILIK SHAKLLARI BO’YICHA TAQSIMLANISHI(FOIZDA)

DAVLAT SEKTORI

NODAVLAT SEKTORI

2013

96

23,0 mlrd.


18,2


81,8

2014

95

39,2 mlrd.


17,2


82,8

2015

83

32,1 mlrd.


17,4


82,6

2016

82

44,1 mlrd.


17,9


82,1

2017

288

88,0 mlrd.


17,4


82,6

2018

848



103,2 mlrd.

8,8


91,2

2019

609



164,8 mlrd.

8,7

91,3

2020

542



228,3 mlrd.

19,0

81,0

2021

835



223,0 mlrd.

15,3

84,7

2022

842



480,0 mlrd.

18,5



81,5

Hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 54,7%), Agentlik MA (16,8%) Namangan (6,7%), Buxoro (5,3%), Farg’ona (4,0%) va Toshkent (2,3%) viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Davlat mulkini muvaffaqiyatli boshqarish sharti bo’lib, boshqarish ob’yekti mohiyatini tushunish, rivojlanish sababi hamda ma’lum aniq holatdagi xususiyati haqidagi bilimga ega bo’lishi xizmat qiladi. Davlat aktivlarini mahsuldor boshqarish tegishli tarkibiy tuzilmalarni shakllantirish yo’li bilan innovatsion faoliyatni oshirish va roqobat salohiyatini yuksaltirish uchun uning tarkibiy tuzilmasini rivojlantirishga yo’naltiriladi.
Davlat mulkini boshqarish strategik maqsad sifatida milliy boylik oshirilishi, aholi turmush farovonligini yaxshiligini, bandlik to’liq ta’minlanishi, inflyatsiya sur’ati pasayishi, to’lov balans muqobillashtirilishi xizmat qiladi. Ushbu maqsadga erishish meznizmi talab va taklif taqsimotini tartiblashtirish, ishlab chiqarish va bandlik uyg’unligi, moliyalashtirish stavka darajalarini tartibga keltirish, pul muomalasini boshqarish,avlat byudjeti taqchilligini pasaytirish kabilar sanaladi.
Xususiylashtirilgan davlat mulki ob’yektlari tarkibida eng ko’p ulush mahalliy hokimiyatlarga 574 ta obyekt (respublika bo’yicha jami xususiylashtirilgan obyektlarning 68,2 %), uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 80 ta (9,5%), sog’liqni saqlash vazirligi 59 ta (7,0%), davlat aktivlarini
boshqarish agentligi 35 ta (4,2%), xalq ta’limi vazirligi 19 ta (2,3%), Moliya vazirligi 16 ta(1,9%) to’g’ri keladi.
Davlat noturarjoy fondidan samarali foydalanish maqsadida 2019-yil yakuniga qadar ijaraga berish bo’yicha 32,4 mingdan ortiq ijara shartnomalari tuzildi. Natihada, 5,3 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi. Davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan tushumlari jami 178,6 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Hududlar kesimida davlat mulkni ijaraga berishdan tushgan tushumlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 55,4%), Surxondaryo (9,7%), Toshkent ( 5,8%), Andijon (3,9%) va Xorazm (3,5%) viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish joizki, iqtisodiyotdagi sektor va uklad tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Sektor bu soha yoki tarmoq iqtisodiyot bo’g’inini, faoliyat turini bildiradi. Uklad esa ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib, iqtisodiy munosabatlar jamlanmasi hisoblanadi. Aniqroq qilib aytganda, ukladlar sektorlarni, sektorlar esa milliy iqtisodiyotni hosil qiladi.
Bo’limdan umumiy xulosa shuki, bunday natijalarga erishyotganimizning asosiy sababi yurtimizda iqtisodiy erkinlik mavjudligidir. Umuman olganda, erkinlik ko’p qirrali tushuncha va uni tavsiflash ham turlicha bo’ladi. Bizning e’tiborimizni tortadigan joyi erkinlik bu mamlakatda xususiy sektorning naqadar rivojlanganini ko’rsatuvchi belgi ekanligi. Iqtisodiy erkinlik bor joyda monopoliyaning cheklanishi, ishlab chiqarish samaradorligi oshishi hamda raqobatning keng yoyilishi kabi holatlar kuzatiladi. Raqobat bor joyda esa har doim sifatli va hamyonbop narxdagi mahsulotlar xarid qilish imkoniyati yuqori darajada bo’ladi.

Xulosa
O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi.
Mamlakatimizda mulkchilik tizimi va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga e‘tibor qaratilib, xususiy mulkning huquq va himoyasi mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor biladiki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi o‘rin egallashini ta‘minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste‘mol bozorini to‘ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Kurs ishining ilmiy yo‘nalishi O‘zbekistonda mulkchilik tizimi va munosabatlarini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish bo‘lib, uning maqsadi mamlakatimizda xususiy mulkni shakllantirish borasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat:

  • xususiy mulk tushunchasini nodavlat mulkka asoslangan korxonalar tushunchasidan farqini aniqlashtirish;

  • qonunga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta‘minlash yo‘nalishlarini takomillashtirish;

  • xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash hisobiga ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish;

  • jahon bozorlariga yangi maxsulotlarni olib chiqishdagi mavjud

muammolarni tahlil etib, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish;

  • tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko‘p talab qilishi va avvalo iqtisodiyotning xususiy mulkka asoslangan sektori tarmoqlarining texnologik jihatdan qoloqligini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija xususiy mulk va nodavlat mulkka asoslangan korxonalar tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish, qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini amalda ta‘minlash. Uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘limtarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko`tarishga ta‘sir etuvchi strategik yo`nalish hisoblanadi.

Download 71.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling