3. Intellektual mulkni muhofazalash sohasida O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari tizimi


Intellektual mulkni muhofazalash sohasida O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari tizimi


Download 71.06 Kb.
bet5/7
Sana12.10.2023
Hajmi71.06 Kb.
#1700350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Intelektual mulk va uning xukukiy ximoyasi

3. Intellektual mulkni muhofazalash sohasida O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari tizimi.

Tabiiyki, o‘z intellektual mulkiga huquqlar, agar ular amalga oshirilgan, ya’ni ishonchli muhofazalangan bo‘lsagina nimanidir bildirishi mumkin. Zero, hech kimning muayyan shaxsning intellektual mulkiga tajovuz qilish, uni noqonuniy olib qo‘yish yoki uning natijalaridan foydalanishga huquqi yo‘q. Bunda iqtisodiy rivojlanishdan manfaatdor davlatning asosiy vazifasi har bir kishining o‘z intellektual mulkiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi ishonchli muhofazalanadigan tizimni ta’minlashdan iborat.
Yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, intellektual mulkning o‘ziga xos xususiyati o‘z egalariga foyda keltirishdan iborat, demak, mulk egalarining o‘z mulkiga mutlaq huquqi muhofazalangan holdagina butun jamiyat foydasiga xizmat qila oladi.
Bir daqiqa bo‘lsagina intellektual mulk huquqlari muhofaza qilinmaganda nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘raylik. Bunda asarlarning yaratuvchilari nohalol raqobat kurashining qurbonlariga aylanishi, raqobatchilar o‘zgalarning G‘oyalari, texnik yechimlarini o‘zlashtirib, bozorga ularning tovarlariga o‘xshash, lekin narxlari ancha past tovarlarni chiqarishlari mumkin. Chunki ular tovar ishlab chiqarish uchun ilmiy tadqiqot, loyihalash ishlariga mablaQ sarflamaydi. Bunday vaziyatda yangi tovarlar, texnologiyalar yaratish, innovatsiya ishlarini amalga oshirish foydasiz bo‘lib, iqtisodiy jihatdan norentabel, umuman olganda zarar keltirishi ravshan. Bu insoniyatning industrial, texnik, madaniy rivojlanishi sekinlashishi, umuman to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin edi. Intellektual faoliyat insoniyat jamiyati rivojlanishining asosiy sababidir. Lekin intellektual mulk huquqlariga rioya etish bilan masala oxirigacha hal bo‘lmaydi. Jahonda nohalol raqobat kurashi tobora avj olib borayotgani kuzatilmoqda. Umuman olganda intellektual mulk huquqlari faqat yetakchi industrial mamlakatlarda tan olingan va unga qat’iy rioya etiladi. Barcha mamlakatlarda tegishli huquqiy me’yorlarni joriy etish, ularga ogʻishmay rioya qilish va eng asosiysi insonlarda tegishli mentalitetni shakllantirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirish zarur.
Har bir shaxs boshqalarning huquqlariga rioya etish oxir–oqibatda rivojlanishga va farovonlikka olib kelishi, huquqlarning buzilishi esa jamiyatga ham katta zarar yetkazishini tushunib yetsin.
Har bir davlat nohalol raqobat kurashining oldini olish uchun qanday mexanizmlarni ishga solishi kerak? Tarixdan ma’lumki, eng ishonchli mexanizm bu huquq bo‘lishi mumkin, zotan aynan huquqiy mexanizmlar intellektual mulkni muhofazalashga ishonchli va madaniy yondashuvni ta’minlaydi.
Biz bu yerda intellektual mulkning huquqiy ta’rifiga to‘xtalamiz.
Yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, intellektual mulkni muhofazalash birdan–bir maqsad emas. Intellektual mulk davlatning sanoati, savdo va madaniyatini rivojlantirish yo‘lidagi ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda intellektual mulk huquqlariga rioya etish, halol raqobatni ta’minlash bilan birga iqtisodiy rivojlanish bazisi bo‘lib xizmat qiladigan harakatlantiruvchi kuchdir. Intellektual mulk huquqlarining ishonchli muhofazalanishi huquqiy jamiyat rivojining darajasi, davlatning iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichidir. Faqat shunday huquqiy jamiyatdagina ijodkor kishilar, biznesmenlar, tovarlar ishlab chiqaruvchilar va boshqalar o‘z mehnatlari samarasini ko‘rgandagina uni davom ettirish uchun iqtisodiy rag‘batga ega bo‘ladilar. Lekin davlat tomonidan kafolatlanadigan ishonchli muhofaza bu masalaning bir tomoni, xolos. Uning muhim tarkibiy qismi muayyan kishilarning o‘z huquqlarini bilishi va bu huquqlardan amaliyotda foydalana olishidir.
Inson agar o‘z huquqlarini, ularni qanday qilib yuridik jihatdan rasmiylashtirish, muhofaza qilish va foydalanishni bilsagina (ya’ni tijorat foydasi olsagina) u intellektual mulk huquqlari tizimining foydali tomonlaridan haqiqatan ham foydalana oladi.
Mamlakatimizning asosiy qonuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Konstitutsiya O‘zbekiston qonunchiligini ishlab chiqishning asosiy qoidalarini belgilab beradi.
Bizning intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofazalash sohasidagi amaldagi qonunchiligimiz bevosita mulkka egalik va ilmiy–texnik ijodiyot erkinligi huquqlari aks etgan Konstitutsiyaning IX bo‘limi 36 – va 42–moddalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
Konstitutsiya respublikamizning asosiy qomusi, “qonunlar uchun qonun” hisoblanadi. Shuning uchun u asosiy tamoyillarni ko‘rsatib bergan holda, intellektual mulk huquqlarini muhofazalash masalalari bo‘yicha muayyan qonuniy me’yorlarni belgilamasligi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari muayyan huquqiy mexanizmlarni belgilab beradi.
Intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofazalash va foydalanish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqi sohasi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadi. Intellektual faoliyat natijalariga mulkchilik huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi qonuniy baza Fuqarolik Kodeksining (1996 yil 29 avgustda tasdiqlangan) “Intellektual mulk” IV bo‘limida o‘z aksini topgan.
Respublikamiz fuqaro qonunchiligi hujjatlari “piramidasining” keyingi bosqichi bevosita amal qiladigan qonunlar bo‘lib, ular Fuqarolik kodeksining qoidalari asosida ayrim intellektual mulk ob’ektlari bo‘yicha muhofaza hujjatlari olish va foydalanishning muayyan tartibini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi quyidagi qonunlar amal qiladi:
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda, va 2002 y. 29 avgustda o‘zgartirilgan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonun;
1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda, 2001 y. 30 avgustda o‘zgartirilgan “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi qonun.
Yangi tahririda u “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqish nomlari to‘g‘risida”gi qonun deb nomlangan; 1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 2002 y. 5 aprelda o‘zgartirilgan “EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi qonun; 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan va 2002 y. 29 avgustda o‘zgartirilgan “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonun. 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Integral mikrochizmalar topologiyasi huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi qonun.
Intellektual mulk huquqlarini muhofazalash sohasidagi “qonunchilik piramidasi”ni vakolatli vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari yakunlaydi. Odatda, aynan ana shu hujjatlar bilan intellektual mulk ob’ektlariga muhofaza olish bilan bog‘liq ayrim jarayonlar mexanizmi tartibga solinadi. Talabnomalarni tuzish va berish qoidalari, davlat ekspertizalarini o‘tkazish bo‘yicha turli yo‘riqnomalar bunday hujjatlarga misol bo‘la oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Kodekslari va Qonunlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi va O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolanadi. Me’yoriy hujjatlar vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilinadi va albatta O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida vakolatli quyidagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi: Mualliflik huquqlarini himoyalash sohasidagi masalalarni tartibga soluvchi Mualliflik huquqlari bo‘yicha agentlik.O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi, uning vazifasi sanoat mulki ob’ektlarini muhofazalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat. intеllеktual mulk оb`еktlarini muхоfazalash sоhasida хalqarо kооpеratsiya.Bugungi kunda jahоndagi har bir mamlakat o`zi alоhida yashay оlmaydi. Xalqarо savdо, invеstitsiyalarning bir davlatdan ikkinchisiga o`tishi, qo`shma kоrхоnalarning faоliyat ko`rsatishi va hamkоrlikning bоshqa shakllari allaqachоn jahоn iqtisоdiyotining ajralmas оmili bo`lib qоldi.
Bundan tashqari yil sayin jahоnda iqtisоdiy intеgratsiya jarayonlarining kuchayib bоrishi kuzatilmоqda.
Raqоbat kurashi sharоitida faqat ishlab chiqarishning yaхshilangan usullarini qo`llanish yoki tехnik-iqtisоdiy va istе`mоl (shu jumladan tashqi ko`rinishi va savdо imiji) хususiyatlari yaхshilangan tоvarlarni yaratish yo`li bilan qo`shimcha fоyda оlish mumkin.
Intеllеktual mulkni muhоfazalash sоhasidagi хalqarо hamkоrlikning maqsadi turli davlatlar ichki qоnunchiligining ayrim qоidalarini bir хillashtirish, intеllеktual mulk sоhasida хalqarо standartlar va mе`yorlar ishlab chiqish yo`li bilan turli mamlakatlarda intеllеktual mulk huquqlarini muhоfazalashni  yеngillashtirish uchun shart-sharоitlar yaratishdan ibоrat. Хalqarо munоsabatlarda huquqlarning asоsiy manbai хalqarо bitim, shartnоmalardir. Хalqarо shartnоma bu хalqarо huquq bilan tartibga sоlinadigan davlatlar o`rtasidagi kеlishuv bo`lib, unda o`zarо huquq va majburiyatlar bеlgilab bеriladi.
Intеllеktual mulk sоhasidagi asоsiy хalqarо bitimlar Butunjahоn intеllеktual mulk tashkilоti (BIMT) dоirasida birlashtiriladi. BIMT Stоkgоlmda 1967 yilda imzоlangan va 1970 yilda kuchga kiritilgan kоnvеntsiya bilan ta`sis etilgan. BIMT BMT ning 16 ta iхtisоslashgan muassasalaridan biridir. BIMT ning ma`muriy vazifalarini bajaradigan Kоtibiyati “BIMTning Хalqarо byurоsi” dеb ataladi.
Intellektual mulkni muhоfazalash bo`yicha Parij Kоnvеntsiyasi intеllеktual huquqlar sоhasidagi birinchi, eng umumiy хalqarо bitim bo`ladi. Parij Kоnvеntsiyasi 1883 yilda tuzilgan. Kоnvеntsiya hоzirgi vaqtda amal qilayotgan tahriri 1979 yilda Stоkgоlmda qabul qilingan bo`lib, 2000 yil 1 yanvardagi ma`lumоtlarga ko`ra 162 davlat, shu jumladan 1993 yil 18 avgustda Kоnvеntsiyaga a`zо bo`lgan O`zbеkistоn ham uning ishtirоkchilari hisоblanadi.
Xulosa shuki, intellektual mulk huquqlariga rioya qilmasdan turib XXI asrda ilmiy–texnikaning rivojlanishiga keng yo‘l ochilmaydi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:intellektualmulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish; intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasi holatini kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish; intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘zaro muhofaza qilish haqida xalqaro shartnomalarni tuzish orqali o‘rnatish va mustahkamlash; intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa ishlarni amalga oshirishda ishtiroketish; jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish. `
Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish sohasida:
intellektual mulk sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflarini ishlab chiqadi hamda Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reglamentlarida belgilangan muddatlarda keyinchalik kelishish (viza qo‘yilishi) uchun kiritadi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza hujjatlarini berish yuzasidan talabnomalarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, talabnoma topshirilgan obyektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi;ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza hujjatlarini beradi,
O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari Ro‘yxati va tegishli reyestrlarini yuritadi; ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga topshirilgan talabnomalarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xulosalari asosida muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;
depozitariyda saqlanayotgan intellektual mulk obyektlarining ochiqligi va ulardan erkin foydalanishni ta’minlovchi depozitariy funksiyasini bajaradi, shu jumladan depozitariyga zarur bo‘lgan nusxani depozitariy bilan shartnoma asosida olish uchun murojaat qilgan har qanday shaxsga imkoniyat yaratadi; intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga huquqlar berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi va tegishli reyestrlarni yuritadi;
intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;
Davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va qulayligini ta’minlaydi;
Agentlikning byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni chop etishni tashkil qiladi hamda amalga oshiradi;
patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi, patent vakillarining davlat reyestrini yuritadi; audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash va fonogrammalarni tayyorlashga litsenziyalar beradi, shuningdek litsenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
2) intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasi holatini kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish sohasida:
intellektual mulk sohasining rivojlanish holatini, jumladan, ushbu sohadagi xalqaro reytinglar va indekslar metodologiyasi va mezonlarini hisobga olgan holda har tomonlama tahlil qiladi va baholaydi; intellektual mulk obyektlarini ishonchli huquqiy himoyasi va muhofazasi ta’minlanishiga, shuningdek, ushbu sohani rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni tahlil qiladi hamda natijasi bo‘yicha ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; intellektual mulk sohasining kelgusidagi rivoji va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlariga takliflarni tayyorlaydi va kiritadi; zamonaviy tendensiyalar hisobga olingan holda qonunchilikni izchil rivojlantirishga, intellektual mulk sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi; intellektual mulk obyektlarining ishonchli huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi qabul qilgan xalqaro majburiyatlar bajarilishining monitoringini o‘tkazadi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mavqeyini, jumladan, jahon hamjamiyatiga mamlakatda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xolisona axborot yetkazish orqali mustahkamlash, obzorli, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash choralarini ko‘radi;
3) intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida: davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tatbiq etilishi amaliyotini o‘rganadi va tahlil qiladi; huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili natijalari bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi; aniqlangan qonunbuzarliklar, ularning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha umumlashtirilgan materiallarni davlat organlari va tashkilotlariga yuboradi; intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri va ziddiyatli qo‘llash amaliyotini, shuningdek, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilishiga yordam beradigan salbiy omillar, sabablar va sharoitlarni bartaraf etishga doir amaliy choralar ko‘radi; normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari yuzasidan o‘z xulosasini shakllantiradi va yetkazadi; qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi hamda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, uning asosida huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish choralarini ishlab chiqadi;intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi, soliq va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi; mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun buzilishlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xulosa beradi; qonunchilikka muvofiq ravishda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya etish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqad
4) intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlash sohasida:
intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlik va o‘zaro aloqalarni amalga oshiradi; xalqaro shartnomalarni tuzish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi, intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga ko‘ra ushbu shartnomalarni imzolaydi; tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi va intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi; xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarning xalqaro almashinuvini amalga oshiradi, intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida chet el tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanilishini tashkil qiladi; belgilangan tartibda intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va ushbu hamkorlik doirasida intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o‘z vakolati doirasida ta’minlaydi;c
5) intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish sohasida:
intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida manfaatdor shaxslarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalari bo‘yicha idoralararo axborot almashinuvini amalga oshiradi;
intellektual mulk sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi uchun intellektual mulk obyektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilishning maqsadi va ahamiyatini keng tushuntirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi; intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar,simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi Insoniyat tafakkuri rivoji bilan yigirma birinchi asrga kelib ilm-fan va texnika taraqqiyoti yanada jadallashdi. Hayotimizga qanchadan-qancha so‘nggi rusumdagi texnikalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib keldi. Kompyuter, qo‘l telefoni, planshet vositalari yaqin ko‘makchimizga aylanib ulgurdi. Internet tarmog‘i qulayliklari shu qadar ko‘pki, ularni sanab adog‘iga yetolmaymiz. Bularning barchasi inson tafakkuri mevasi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, intellektual mulk har qanday jamiyat taraqqiyotida salmoqli o‘rinlardan birini egallaydi.
Inson tafakkurining mahsuli sifatida yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari hamda sanoat namunalari har bir davlatda huquqiy himoyaga olingan. Bu toifadagi mahsulotlardan dunyo jamoatchiligi bahramand bo‘lishi uchun esa kelishuv va shartnomalar asosida boshqa davlatlarda ham foydalanishga yo‘l qo‘yilgan. Buning uchun ham milliy, ham xalqaro huquqiy asoslar va mexanizmlar yaratilgan.
Xalqaro konventsiya, bitim va shartnomalar tizimi samarali tashkil etilganligi sababli, jahon hamjamiyati intellektual mulk ob’ektlari va uning savdosidan katta miqdorda daromad olmoqda, demakki, g‘oyalar, ishlanmalar va shaxsiy huquqlar rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida kattagina ulushga ega bo‘lmoqda. Davlatlararo xalqaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida esa xalqaro universal hukumatlararo tashkilotlar ham tuzilgan. 1967 yilda Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT)ni ta’sis etish to‘g‘risida konventsiya qabul qilingan va 1970 yil 26 apreldan boshlab konventsiya amal qila boshladi. Mazkur konventsiyada intellektual mulk ob’ektlari tasnifi berilishi bilan birga, xalqaro tashkilotni tuzish, uning rahbar organlari va faoliyatining huquqiy-tashkiliy asoslari, davlatlarning a’zoligi masalalari ham belgilangan. Xususan, Konventsiyada tashkilotning asosiy organlari – Bosh Assambleya, Konferentsiya, Muvofiqlashtiruvchi Qo‘mita, Xalqaro Byuro faoliyati va tashkiliy-huquqiy asoslari yoritib berilgan.

4. Mulkchilik shaklini o’zgartirish- ko’p ukladli tizimni yaratishning asosi


Bir necha yillardan beri mulkchilik tizimidagi islohotlar va iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida ko’p ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, 1-Prezidentimiz Karimov I. A. “… biz o’z oldimizga qo’ygan maqsadni – xususiy mulkchilik yetakchi o’rinda turadigan ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish maqsadini amalga oshirishimz kerak.”11deb bejiz ta’kidlamagan edilar.
Ko’p ukladli iqtisodiyot bir-birini taqozo etuvchi va oqibat natijada yaxlitlikni shakllantiruvchi turli unsurlar-ukladlar birlashuvini bildiradi. Har bir ukladning o’z homili, sub’yekti bor, unda turli ijtimoiy maqomdagi kishilarni birlashtiradi, bularning o’z manfaatlari bor, manfaatlar ea goh alohidalashib, goh muvofiqlashib turadi va bu hol bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy hisoblanadi.
Tamomila yangi hodisa – o’z kelib chiqishiga ko’ra, turli-tuman bo’lgan ukladlarning birgalikdagi tizimli, yonma-yon mavjud bo’lishi yuzaga keldi.
Ukladlar shunday mavjudlik hosilasi bo’lgan ichki unsurlarga aylanishi bilan poliforizm(xilma-xillik) tavsiflari, qiyofasi shakllana boshladi. Tabiiyki, bu poliforizmning rivojlanganlik va barkamolllik darajasi turli mamlakatlarda turlicha, chunki ular turli ukladlarning imkoni bo’lgan birgalikda mavjudligining o’ziga xos parametrlari bilan belgilanadi. Shu sabbabli masalan, ijtimoiy- demokratikijtimoiy taraqqiyot dasturlari amalga oshirilgan mamlakatlarda davlat va kooperativ xo’jaliklarning muayyan maqsadli shakllanishi yuz berdi.
Shunday qilib, milliy iqtisodiyotda ko’p ukladlilikning shakllanishi va qaror topishidagi barcha masalalar xususiylashtirish jarayonida , shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni rivojlantirish ehtiyojlari, hufiya tuzilmalarning bir qismini oshkoralashtirish imkoniyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan hola hal qilinishi lozim. Bu o’rinda monopoliyadan chiqarish muammolari yana bir muhim qo’shimcha funksiyaga rga bo’ladi. Ilmiy adabiyotlarda bu masalaga alohida e’tibor berilgan.12
Samarali monopoliyadan chiqarish xususiylashtirish bilan birgalik teng olib borilishi kerak. Chunki bu jarayaon nafaqat sog’lom raqobatning sharti balki, iqtisodiy xilma-xilliikning qaror topishiga aylanadi.
Xo’jalik shakllarini rivojlantirish jarayoni klassik xususiy mulk shakllarini aksiyadorlik tashkilotlariga aylantirishdek tabiiy transformatsiya yo’li bilan borgan joylarda o’z-o’zini tartiblaydigan nodavlat xo’jalik tuzilmalari unsuri ustunlik qiladi.
Davlat va nodavlat, davlat va xususiy sektorlarning bo’lishi ya’ni ko’p sektorli iqtisodiyot rivojining davomi poiforizm bo’ladi deb aytishga asoslar bor. Lekin bu ko’p sektorlik endilikda teng huquqli xo’jalik sektorlari va shakllarining o’zaro zaruriy hamkorligini ham anglatadi. Bunday o’zaro hamkorlik davlat yo’li bilan va bozorda tartiblash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Shu sabbali milliy polifarizm modellari, bir tomondan davlat va xusussiy sektorlarning o’zaro nisbatlari va o’zaro tuzilmasi bilan ikkinchi tomondan, ijtimoiy va xususiy
manfaatlarning u yoki bu darajadi muvofiqligini ta’minlashga qordir bo’lgan mexanizmlarning kombinatsiyalari bilan farq qiladi.
Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar tajribalarini hisobga olgan holda institutsional investitsiyalar mexanizmidan foydalanishga o’tdilar, aksiyalashtirish orqali “ yumshoq” xususiylashtirishga kirishildi.
Birinchidan, davlat kompaniyalarining asosiy paychilaridan biri bo’ladi, bu esa bankrotlik chog’ida aksiyadorlarning vositalari qaytarilishini kafolatlaydi.
Ikkinchidan, aholining shaxsiy jamg’arma (omonat)lari institutlari orqali jamg’arma fondlariga aylantiriladi.
Uchinchidan, investitsiyalar rekonstruksiyaga emas, balki eng istiqbolli tarmoqlarda yangi korxonalar qurilishiga yo’naltirildi.
To’rtinchidan, ish haqini aksiyalarga bog’lab qo’yish orqali iste’mol bozoriga pul bosimi pasaytiriladi.
Tub o’zgarishlardan ko’zlangan asosiy maqsad ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish bo’lib, hozirgi davrda baralla pirovard natijaga erishdik deya olamiz.
2017-2021-yillardagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi ning 3-yo’nalishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishga bag’ishlangan. Unga ko’ra:

      • Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va unining ustivor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;

      • Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishinchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish;

      • Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamalakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

      • Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokni kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish,davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat,jamoa tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarini rolini oshirish kabilardan iborat ekanligi reja qilib olingan

Endi hozrgi davrdagi vazifa- milliy iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishi uchun jami ukladlarning tizimli hamkorligi talab qilinadi.
O’zaro raqobatda bo’lga turli mulkchilik va xo’jalik shakllarining yuzaga kelishi va ular samaradorligini ta’minlash zarurati bor bo’lganidan ularning birontasi ham boshqalari bilan o’zaro aloqada bo’lmay turib rivoj topa olmaydi. Raqobatlashuvchi shakllarning uzviy bir butunligi ularning davlat tazyiqi bilan yaratilgan tartibsiz konglomeratidan (to’plamidan) farq qiladi, chunki bu manfaatlarning bog’lanishiga asoslanadi.
Hozirgi iqtisodiyotning ko’p ukladli tuzilmasiga xususiylashtirish katta ta’sir ko’rsatadi. Samarali xususiylashtirish iqtisodiyotni isloh qilish va zamonaviy bozor iqtisodiyotini barpo etishning umumiy jarayonidagi bosh bo’g’inidir.
2019-yil 12-yanvar kuni urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan:

  • Yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

  • Jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko’rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

  • Xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi;

  • Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir;

  • Xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo’lgan holda hamda Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi

O’zbekistonning agrar sektorida xususiy jamoa shirkat va xo’jaliklarining parallel rivojlanishi ta’minlanmoqda. Ayni paytda ulardagi ichki tuzilmaviy o’zgarishlar o’tkazilmoqda, mayda dehqon xo’jaligi jadal o’smoqda.
Bugungi kunga kelib, xususiylashtirish bo’yicha qator qonun va loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bunga misol qilib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019- yilning 13-avgust kuni “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunni keltirishimiz mumkin.
Qonunga ko’ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo’lgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;
yer uchastkalarini online- auksion orqali sotish;
O’zbekiston fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslar va O’zbekiston rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.
Bu o’rinda mutaxassislar davlat mulkini xususiylashtirish va boshqa mulk shakllariga o’tkazishda shoma-shosharlik qilmaslikni bildirb o’tishgan.
Yerning xususiy mulkka aylanishi ma’naviy tomondan fuqaroga katta ishonchberadi. Xususiy yerga kishining mehri boshqacha bo’ladi. Yer egasi o’zini oyoqda mahkam turgandek his qiladi, uzoq kelajakka doir rejalar tuzadi va istiqbolini aniqroq ko’ra boshlaydi.
Qolaversa, ayrim katta to’ralar tomonidan endi “ Yer seniki emas, davlatniki” degan iddaolar bo’lmaydi. O’z uyimizda ijara turgandek yashamaymiz.
Shuningdek, hech bir ishlab chiqarish yersiz amalga oshmaydi, chunki har qanday korxona bir parcha yer ustida joylashgan bo’ladi. Yer – xuddi kapital, energiya ahborot singari iqtisodiy omil, olaylik ishchi kuchi arzon, texnika qimmat
“Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi Prezident Farmoni. 12.01.2019.15 “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni. bo’lsa, tadbirkor qimmat texnika sotib olishdan ko’ra ko’proq ishchi kuchi yollashga harakat qiladi. Xuddi shunday korxonasi qimmat yerda joylashgan bo;lsa, uni sotib olib, ishni arzon yerga ko’chirishga harat qiladi, chunki yerning narxi ham mahsulot tannarxiga ta’sir qiladi. Demak yer xususiylashsa, tadbirkor ham, jamiyat ham foyda ko’radi. (masalan, shaharning markazida ishlab chiqarish korxonalari bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasida davlat korxona va obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo’yicha o’ziga xos yo’l tanlagani hammamizga ma’lum. Quyida keltiriladigan jadvaldan mamlakatimizda so’ngi o’n yil ichida xususiylashtirishda qanday natijalarga erishganini hamda mamlakatdagi Yalpi ichki mahsulotning necha foizi davlat va nodavlat sektorlarga tegishli ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xususiylashtirishdan tushgan tushumlar yildan yilga ko’payib bormoqda. Eng yuqori ko’rsatkich 2019-yilga to’g’ri kelmoqda.
Hisobot davrida eng ko’p xususiylashtirilgan ob’yektlar soni Toshkent viloyatida 117 ta (13,9%), Farg’ona viloyatida 112ta (13,3%), Andijon viloyatida 111 ta (13,2%), Namangan viloyatida (9,1%), Qoraqalpog’iston Respublikasida 67ta (8,0%), Qashqadaryo viloyatida 64 ta (jami respublika bo’yicha xususiylashtirilgan ob’yektlar umumiy sonining 7,6%)ni tashlik etdi.



Download 71.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling