3-Mavzu. Kasblar va ularning klassifikatsiyasi

Download 6.76 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi6.76 Kb.
#1623239
Bog'liq
3.22. Kasbiy qiziqish va layoqatlarni eksperimental o\'rganish — копия

Kasbiy qiziqish va layoqatlarni eksperimental o'rganish

Kasb tushunchasi – kasbshunoslikning asosiy kontseptual bosh tushunchasi – bu kasb tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotda kasb tushunchasining tavsif juda ko'p. Avvalambor bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o'tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo'lib xizmat qiluvchi mashg'ulotdir. Keyin kasb bir xil faoliyat bilan shug'ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma'lum aloqalar va ahloq normalari o'rnatiladi.

E.A.Klimov o'z ishlarida bu borada bir necha ta'riflarni ilgari suradi. Nisbat batafsil ta'rif quyidagicha “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo'lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat o'rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo'ladi.

Ijtimoiy rivojlanish jarayonida yangi kasblar nomini kiritish zaruriyati kelib chiqadi. Yangi kasblar ro'yxati kechikish bilan rasmiy ma'lumotnomalarga kiradi “Menedjer” kasbi bugungi kunda keng tarqalgan ammo rasmiy ro'yxatga kiritilmagan.

1979 yildan buyon Yekaterinburg shahrida kasb bilim yurtlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi – ya'ni muhandis – pedagoglar ammo rasmiy ma'lumotnomalarda bunday kasb yoki mutaxassislik mavjud emas. Bunday masalalarni ko'p keltirish mumkin.

Kasbiy faoliyatning samaradorligini shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy sog'lig'i hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi darajasi tushuniladi.

Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan tomonlarni ko'rsatish maqsadga muvofiq. Bu o'zaro bog'liq tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib ular quyidagilardan iborat;

1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi mutaxassisning bu tayyorligi quyidagilardan iborat bo'ladi, ya'ni, statik komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko'nikma, malakalar kasb uchun muhim hisoblangan, shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur bo'lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi;

2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, o'zgaruvchanligi, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni yechish, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, jamoadagi ma'naviy psixologik muhitga bog'liqligi bilan ifodalanadi.

Muvaffaqiyat deganda shaxsning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishi tushuniladi. Odamning bajarayotgan ishini muvaffaqiyatliligini his etishi ikkita hal etuvchi vaziyatlarga bog'liq bo'ladi: haqiqiy natija va ushbu vaziyatlarda uning qiziqishlari darajasiga. Ular odam o'z faoliyatida qo'ygan maqsadlarini ifoda etish shakli sifatida ishtirok etadi.

Shunga muvofiq muvaffaqiyatga erishishning vositalari, shart-sharoitlari ishlab chiqilgan bo'lib u quyidagi formula asosida beriladi.

natija

Muvaffaqiyat = ----------------------------

qiziqishlar darajasi

Hozirgi zamonaviy tadqiqotlar muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart-sharoitlarni ko'rsatadi:

Hozirgi zamonaviy tadqiqotlar muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart-sharoitlarni ko'rsatadi:

  • mutaxassis o'ziga ishongan bo'lishi kerak;
  • - maqsadga erishishga kuchli intilish kerak;

    - nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak;

    - ishga pozitiv yo'nalganlik;

    - omad alohida muvaffaqiyatlarni ko'ra bilish va shu paytda quvonch va baxtni his etish zarur.

Har qanday kishi o'z oldiga maktab davridayoq yuksak vazifalar qo'ya olishi kerak. U inson “maktabda fikrlashni o'rganishi lozim, hayotning mazmuni haqida o'ylash kerak”

( V.P.Zinchenko)

“Inson va uning faoliyati” orasida mutanosiblikni ta'minlovchi imkoniyat yaratish orqali mehnatga qiziqish uyg'otish mumkin va uni samara olish tuyg'usini hosil qilish kerak” (E.A.Klimov).

Download 6.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling