3-joriy nazorat: 1-topshiriq: Berilgan mazvular asosida esse yozing va pdf shaklda joylang
Download 9.5 Kb.
|
Ulugʻbek.M.Akademik yozuv 3-joriy nazorat Esse
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq: Ixtiyoriy mavzuda referat yozing va PDF shaklda joylang.
3-joriy nazorat: 1-topshiriq: Berilgan mazvular asosida esse yozing va PDF shaklda joylang. Esse yozish uchun mavzu: Yoshlik beboshlikmi? Yoshlik, bu — orzu. Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu — istiqbolning boshlanishi.Hayot har bir kishiga ulkan va bebaho tuhfa in’om etadi, bu kuch-quvvatga to‘la yoshlik, bilim va kurashga chanqoqlik, ishonch va orzu-umidga to‘la o‘spirinlikdir. Yoshlik o‘zining oliyjanob tashabbusi, sofdillikka, adolatga, bashariy haqiqatga behudud intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini yaratadi.Agar yoshlik orzusi bo‘lmaganda inson hayoti bir nuqtada to‘xtab qolgan bo‘lardi, ko‘pgina ulug‘ g‘oyalar ham aslida xayolparast yoshlikning beg‘ubor palagida nish urgan. Siz-u bizning yoshligimiz hayotimizning so‘nggi yillari uchun urug‘ qadaydigan bahor pallasidir.Yoshlik inson hayotining eng go‘zal davri. Kuchga to‘lgan, imkoniyatlar, orzu-umid va rejalarga boy davr. Aynan mana shu davrda amalga oshirgan ishlarimiz kelgusi hayotimizni belgilab beradi.Yoshlik bergan imkoniyatlardan qanday foydalanish kerak? Hozirgi damda hayolimizni shunday ulug‘ fikrlar chulg‘asinki, bu fikrlar kelajakda bizni ko‘klarga ko‘tarsin. Yoshlikning qudrati hamma narsani uddalash imkoniyatiga ega ekanligimizda emas, balki hamma narsani uddalayman, deb o‘ylash imkoniyatiga ega bo‘lganligimizdadir.Yoshlik bizga faqat bir marta beriladi, har bir inson yoshligida boshqa yoshdagiga nisbatan barcha yuksak va porloq narsalarga yaqinroq bo‘ladi. Yoshligingizni asrang. Dunyoda undan yaxshi pallangiz ham, undan qimmatliroq narsangiz ham yo‘q!Yoshligingizni, xuddi oltin kabi, istagan narsaga ishlatishingiz mumkin. Biz kelajak me’morimiz. Kuchga to‘la qo‘llarimiz bilan O‘zbekiston kelajagini yaratamiz. Uning porloqligi ham, so‘lg‘inligi ham bizga bog‘liq. Suv kabi oqib o‘tayotgan umrimizni Vatan ravnaqi va xalq farovonligi uchun xayrli, ezgu amallarni bajarishga sarf etishimiz kerak. Yoshligimizda bir zum ham tinim bilmaydigan hayot bilan birga faqat olg‘a qarab yurishimiz kerak!Yoshlik inson hayotining eng go‘zal davri. Kuchga to‘lgan, imkoniyatlar, orzu-umid va rejalarga boy davr. Aynan mana shu davrda amalga oshirgan ishlarimiz kelgusi hayotimizni belgilab beradi. 2-topshiriq: Ixtiyoriy mavzuda referat yozing va PDF shaklda joylang. Download 9.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling