3. Kimyoviy unsur kimyoviy element
Download 25.34 Kb.
|
12k SOHIBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissotsilanganida anionlar sifatida faqat gidroksid-ionlar hosil bo‘ladigan elektronlar asoslar deyiladi.
- Dissotsilanganida metallarning kationlari (shuningdek, ammoniy kation NH + 4 ) va kislota qoldiqlarining anionlari hosil boladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi.
- Faradey qonuni
1.Atom massani aniqlash italiyalik olim S.Kannisaro tomonidan taklif etilgan bo’lib, mokekulyar massasi aniqlanishi kerak bo’lgan moddaning imkoni boricha ko’proq uchuvchan birikmasi yoki gaz holatda bo’lgan hosilasi olinadi Kannisaro usuli bo’yicha uglerodning atom massasini aniqlash
Uglerodning atom massasi 12 a.u.b. ortiq bo’lishi mumkin emas. Bu usulning kamchiligi shundaki, usul faqat gaz moddalarning yoki oson bug’lanuvchan moddalarnigina molekulyar massasini tajribada o’lchab so’ngra elementning atom massasini topishga imkon beradi. 2 . Dissotsilanganida anionlar sifatida faqat gidroksid-ionlar hosil bo‘ladigan elektronlar asoslar deyiladi.Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyiladi. Ular ko'p emas. Bular ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning asoslaridir: LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH va Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2, shuningdek NH4OH. Asoslarning ko'pchiligi suvda kam eriydi.Asoslarning kislotaliligi ularning gidroksil gruppalari (gidrok- sogruppalari) soni bilan aniqlanadi. Masalan, NH4OH — bir kislotali asos, Ca(OH)2 — ikki kislotali, xFe(OH)3 — uch kislotali va h. k. Ikki va ko'p kislotali asoslar bosqich bilan dissotsilanadi:Lekin dissotsilanganda bir vaqtning o'zida vodorod kationlarini va gidroksid-ionlarni hosil qiladigan elektrolitlar ham bor. Bunday elektrolitlar amfoter elektrolit yoki qisqacha amfolitlar deyiladi.Dissotsilanganida metallarning kationlari (shuningdek, ammoniy kation NH+4) va kislota qoldiqlarining anionlari hosil bo'ladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi. 3 . Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4R2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Sa(NSO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. 4 . Faradey qonuni - elektrolizning miqdoriy qonunlari. M. Faradey ochgan (1833—34). Faradey qonuni elektrodlarda ajralgan modda massasining modda tabiatiga va elektrolitdan oʻtgan zaryad miqdoriga bogʻlanishini ifodalaydi. Faradeyning lqonuni elektrodda ajralgan moddaning massasi t elektrolitdan oʻtgan zaryad miqdori q ga toʻgʻri proporsional ekanligini, 2qonuni elektrolitdan bir xil zaryad oʻtganda ajraladigan turli moddalarning massalari bu moddalarning kimyoviy ekvivalentlari A ga proporsional ekanligini bildiradi. Faradeyning 2qonunidan turli moddalarning 1 ga ekvivalentini ajratish uchun bir xil zaryad kerakligi kelib chiqadi. Faradey qonunini m=qA/F=kq shaklda yozish mumkin, bunda F— Faradey soni, k=A/F — moddaning elektrokimyoviy ekvivalenta. 11-bilet Kompleks birikma hatto eritmalarda ham mustaqilligini saqlab qolishga intiladi, ionlarga ham dissotsilanadi. Markaziy ionining musbat zaryadi uni qurshab turgan ligandlar manfiy zaryadlari yig indisidan ortiq bо lsa, bunday kompleks k a t i o n k o m p l ye k s, markaziy ionning zaryadi uni qurshab turgan ligandlar zaryadlarining yig indisidan kichik bо lsa, a n i o n k o m p l ye k s, markaziy ionning zaryadi bilan ligandlar zaryadlarining yig indisi orasidagi ayirma nolga teng bо lsa, n ye y t r a l k o m p l ye k s deb ataladi. Kompleks birikmalar t a b i a t d a k о p t a r q a l g a n. Masalan, о simliklarning yashil qismida bо ladigan va fotosintezni amalga oshiradigan modda x l o r o f i l l magniyning koordinatsion birikmasidir, tirik hujayralarni kislorod bilan ta minlab turuvchi modda qon g ye m o g l o b i n i temirning koordinatsion birikmasidir. Juda kо p minerallar, alyumosilikatlar koordinatsion birikmalardan iborat. Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun birikish, almashinish, oksidlanish qaytarilish reaksiyalaridan foydalaniladi. Hosil qilingan koordinatsion birikmani reaksion aralashmadan ajratib olish ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun : 1) erituvchini bug latib konsentrlangan reaksion aralashma hosil qilib, uni muz va tuz aralashmasi bilan sovutib yoki unga shu moddaning kichik kristallarini tashlab, koordinatsion birikmanikristallga о tkazishdan ; 2) reaksion aralashmaga koordinatsion birikmani eritmaydigan, lekin koordinatsion birikmaning hosil bо lishida ishtirok etgan erituvchi bilan yaxshi aralashadigan boshqa biror erituvchidan oz oz qо sha borib chо ktirishdan ekstraksiya usulidan foydalaniladi. Ba zi kompleks birikma juda tez hosil bо ladi. Masalan, CuSO 4 eritmasiga NH 4 OH eritmasi qо shilishi bilanoq tо q kо k tusli kompleks [Cu (NH 3 ) 4 ] SO 4 hosil bо ladi. Reaksion aralashmaga etil spirt qushib, bu koordinatsion birikmani kristall holida ajratib olish mumkin. Bu birikmada Cu 2+ markaziy ion, NH 3 molekulalari esa liganddir. Lekin ba zan koordinatsion birikma hosil qilish uchun tajribani uzoq vaqt ma lum sharoitda olib borishga tо g ri keladi. GALVANIK ELEMENTLAR — elektr toki manbalarining umumiy nomi; elektrolit va unga botirilgan ikkita turli xil metall plastinka (elektrod)lyan iborat. Bunday elementlarning yaratilishiga italyan olimi, fiziolog L. Galvani jonivorlar ustida oʻtkazgan tajribalar asosiy turtki boʻldi (nomi shundan). Galvanik elementlarda kimyoviy reaksiya natijasida hosil boʻlgan energiya bevosita elektr energiyasiga aylanadi. A. Volta yaratgan volta ustuni birinchi Galvanik elementlar boʻlgan. 19-a. oʻrtalarigacha Galvanik elementlar yagona elektr toki manbai hisoblangan. Elektrodlardan biri (musbati) anod, ikkinchisi (manfiysi) katod deb ataladi. Reaksiya natijasida elektrodlarda potensiallar farqi hosil boʻladi. Bu elektrodlarni tutashtirib turadigan simda elektr toki vujudga keladi. Eng koʻp tarqalgan Galvanik elementlarda musbat elektrod oʻrnida koʻmir tayoqcha, manfiy elektrod oʻrnida rux tayoqcha, elektrod oʻrnida esa novshadil eritmasi ishlatiladi. Suyuq elektrolit oʻrnida quyuq pastalar qoʻllanilsa, «quruq» element (Leklanshe elementi) hosil boʻladi. Galvanik elementlarda reagentlar sarflanib (zaryadsizlanib) boʻlganidan soʻng u ishga yaroqsiz holga keladi, yaʼni ularni qayta zaryadlab boʻlmaydi. Galvanik elementlar ixtiro qilinishi bilan tok xususiyatlarini oʻrganish va undan foydalanish imkoni yuzaga keldi, elektrotexnikaning fan sifatida shakllanishiga asos solindi. 4 . Eritmalarning asosiy xarakteristikasi ularning konsentratsiyasidir.Eritmaning konsentratsiyasi deb, ma’lum og’irlikda yoki hajmda olingan eritmadagi erigan modda miqdoriga aytiladi. Eritmalarning konsentratsiyalari turli usullar bilan ifodalanadi, masalan, foizli, molyar, normal, molyal konsentratsiyalardir. Foizli konsentratsiya – 100 g eritmadagi erigan moddaning grammlar sonini ko’rsatadi. Masalan, osh tuzining suvdagi 5% li eritmasi, 100 g eritmada 5 g osh tuzi borligini ko’rsatadi, ya’ni bu eritma 95 g suv, 5 g tuzdan iborat.Molyar konsentratsiya – 1 litr eritmadagi erigan moddaning miqdori gramm-molekulyar (mollari) soni bilan ifodalanadi. Molyal konsentratsiya "m” harfi bilan belgilanadi. Masalan, agar 1 litr eritmada 1 mol (58,5 g) osh tuzi NaCl erigan bo’lsa 1 molyar, 2 mol erigan bo’lsa 2 molyar eritma deyiladi. 12-bilet Download 25.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling