Bilvosita perkussiya. Bunda o‘rta yoki ko‘rsatkich barmoqlarni bukilgan xolatida ko‘krak qafasidagi qovurg‘alarga tukillatiladi. Yoki Obrazsov usuli – o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ini o‘rta barmoqqa sirpantirish orqali (chertish usuli) amalga oshiriladi. Bu usul asosan erta yoshdagi bolalarda qo‘llaniladi.
3.
|
Bevosita perkussiya – barmoq ustida barmoq orqali bo‘ladi. Bunda plessimetr sifatida chap qo‘lning o‘rta barmog‘i falangasi xisoblanadi. Tekshiriluvchi soxaga jips qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Chap panjaning o‘rta barmog‘iga boshqa plissimetr barmoqlar yengil bukilgan xolda uning ustiga tukillatib tekshiriladi. Asosan perkutor bosim o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘i orqali beriladi.
|
4.
|
Erta yoshdagi bolalarga perkussiyada kuchsiz bosim berilishi kerak, chunki ko‘krak qafasining elastikligi va uning kichik xajmdaligi tufayli perkutor qo‘zg‘aluvchanlik boshqa soxalarga yengil tarqaladi.
|
5.
|
Perkussiyada bolaning to‘g‘ri pozitsiyasi katta ahamiyatga ega (ko‘krak qafasining simmetrik holati). Bolani shunday ushlab turish kerakki, uning yelkalari bir xil balandlikda, kuraklar holati esa ikkala tomonda ham bir xil bo‘lishi kerak.. 1-2 yoshli bolaning orqa qismini perkussiya qilishda uni stol ustidagi yostiqqa yotqizish kerak. Bolaning qo‘llari tirsak bo‘g‘inlarida to‘g‘ri burchak ostida bukiladi, bilaklar qorin bo‘ylab joylashtiriladi, shunda ular yonma-yon turadi. Bu holatda qo‘llari o‘ng tarafda onasining o‘ng qo‘li yordamida ushlab turiladi, chap qo‘li bilan bolaning boshi ushlab turiladi. Ko‘krakning old yuzasi yotgan holatda perkussiya qilinadi.
|
6.
|
Katta yoshdagi bolalarda perkussiya o‘pkaning oldingi qismini yotgan yoki o‘tirgan xolatda qilinadi. Bola vrachning o‘ng tomonida bo‘lishi kerak.
|
7.
|
Taqqoslama perkussiya ko‘krak qafasining simmetrik soxalarida amalga oshiriladi. Sog‘lom bolalarda aniq o‘pka tovushi eshitiladi. Ko‘krak qafasining o‘ng pastki soxasida jigarga yaqinlashganda tovush qisqaradi, chap tomonida oshqozonga yaqinlashsa timpanik tovush eshitiladi (Traube bo‘shlig‘i – yuqoridan chap o‘pka va yurak pastki chegarasi, o‘ngdan – jigar qirrasi, chapdan – taloq, pastdan – qovurg‘a ravog‘i. Bu bo‘shliq plevra bo‘shlig‘iga suv yig‘ilsa yo‘qoladi.)
|
8.
|
Topografik perkussiya. Normada topografik perkussiyasi o‘pkaning joylashishiga mos keladigan joylarda aniq (baland), to‘la (cho‘zilgan), ancha past va notimpanik bo‘lmagan tovushni beradi. Bu tovush o‘pkaga qo‘shni a’zolardan olingan tovushdan farq qiladi.
Topografik perkussiyada o‘pkaning chegaralarini aniqlashda barmoq-pessimetr kerakli chegaraga (qovurg‘alarga) parallel ravishda, kuraklar orasida esa umurtqa pog‘onasiga parallel ravishda joylashtiriladi.
Bolalardagi o‘pkaning yuqori chegarasi yoshga qarab farq qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu aniqlanmaydi, chunki o‘pkaning yuqori cho‘qqisi o‘mrov suyagidan tashqariga chiqmaydi.
O‘pkaning yuqori cho‘qqisini aniqlash old tomondan boshlanadi. O‘mrov suyagi ustiga barmoq-pessimetr qo‘yilib, kichik barmoqni to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakni tashqi qirrasiga qo‘yiladi. Plessimetr barmog‘i orqali perkussiyani tovush qisqarguncha yuqoriga qarab harakatlantiradi. Odatda, bu maydon o‘mrov suyagi o‘rtasidan 2-4 sm masofada joylashgan. Chegara aniq ovozga qaragan plessimetr barmog‘ining yon tomonidan belgilanadi. Orqa tomonidan o‘pka cho‘qqisini perkussiyasini spina scapulaedan VII-bo‘yin umurtqa o‘simta siga qarab olib boriladi. Perkussiya tovushining qisqarishining birinchi paydo bo‘lganida perkussiya to‘xtatiladi. Normada cho‘qqi balandligi VII-bo‘yin umurtqa o‘simtasi soxasida aniqlanadi.
|
9.
|
Krenig maydonlarining kengligini aniqlash bilvosita perkussiya yordamida amalga oshiriladi. Barmoq pessimetri trapesiya mushagi yuqori chetining o‘rtasiga joylashtirilgan. Shu paytdan boshlab perkussiya navbatma-navbat bo‘yin va elkaga qarab tovush bo‘g‘iq bo‘lgunga qadar amalga oshiriladi. Natijada ikkita uzoq nuqta orasidagi masofa Krenig maydonlarining kengligi xisoblanadi. O‘pka cho‘qqisi balandligining pasayishi asosan sil kasalligida o‘pkaning bujmayishi natijasida kuzatilishi mumkin. Bunday holda, Krenig maydonlarining kengligi pasayadi.
O‘pkaning pastki chegarasi xamma topografik chiziq orqali amalga oshiriladi.
Chiziq
|
O‘ng
|
Chap
|
O‘rta o‘mrov
|
VI qovurg‘a
|
O‘pkaning pastki chegarasi o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘ylab yurak uchun bo‘shliq hosil qiladi, to‘shdan IV qovurg‘a balandligidan pastga qarab tushadi
|
Oldingi qo’ltiq osti
|
VII qovurg‘a
|
VII qovurg‘a
|
O‘rta qo‘ltiq osti
|
VIII-IX qovurg‘a
|
VII-IX qovurg‘a
|
Orqa qo’ltiq osti
|
IX qovurg‘a
|
IX qovurg‘a
|
Kurak
|
X qovurg‘a
|
X qovurg‘a
|
Paravertebral
|
XI ko‘krak umurtqasining suyaksimon o‘simtasi soxasida
|
|
10.
|
O‘pka ekskursiyasini aniqlash. Perkussiya yordamida o‘pkaning pastki chegarasi o‘rta yoki orqa qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘ylab aniqlanadi. Boladan chuqur nafas olib, nafasini rostlab turishi so‘raladi va o‘pkaning pastki chegarasi aniqlanadi (belgi barmoqning aniq perkutor o‘pka tovushiga qaragan tomonidan belgilanadi). Shundan so‘ng, xuddi shu tarzda, o‘pkaning pastki chegarasi nafas chiqarilgan paytda aniqlanadi, buning uchun bemorga nafasni chiqarishni va nafasini ushlab turish talab qilinadi. Erta yoshdagi bolalarda o‘pkaning pastki chegarasining harakatchanligi yig‘lash yoki qichqiriq paytida baholanishi mumkin.
|
Bolalarda o‘pka auskultatsiyasi. (bronxial, vezikulyar nafas eshitish soxalarini aniqlash, krepitatsiya va plevra ishqalanish shovqini, bronxofoniya)
|
1.
|
Bolaning xolati yotgan, o‘tirgan bo‘lishi mumkin. Yumshoq stetoskopdan foydalaniladi. Ikkala o‘pkaning simmetrik soxalari: o‘pka cho‘qqisi, o‘pkaning oldingi yuzasi, yon qismlari, qo‘ltiq osti, kuraklar ostidagi soxalar, kuraklar orasi va paravertebral soxalar eshitiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq va 3-6 oygacha kuchsiz vezikulyar nafas, 6 oydan 5-7 yoshgacha pueril nafas (nafasning ikkala fazasi kuchli va davomli) eshitiladi. 7 yoshdan so‘ng nafas sekin asta vezikulyar tusga o‘tiladi.
|
2.
|
Auskultatsiyada yana krepitatsiya va plevra ishqalanish shovqini ham eshitiladi. Krepitatsiya – nojo‘ya shovqin bo‘lib, nafas olishda ko‘p miqdradagi yopishgan alveolalar ochilishi natijasida kelib chiqadi. Ovozi xuddi selofan yoki quloq oldida soch tutamini barmoqlar bilan ishqalanishi kabi eshitiladi. Krepitatsiya yo‘talganda o‘zgarmaydi.
|
3.
|
Plevra ishqalanish shovqini - nojo‘ya shovqin bo‘lib, plevraning “quruq” (plevrada fibrin qobiq tuplanishi) zararlanishdan kelib chiqadi. Ovozi stetoskop bilan ko‘krak qafasiga bosilganda kuchayadi. Aniqlash uchun bolaga chuqur nafas olib, og‘iz va burni bilan ushlab turish buyuriladi, so‘ngra diafragma va qovurg‘alari xarakatlantiriladi. Shunda xirillash va krepitatsiya yo‘qoladi, bu shovqin esa saqlanib turadi.
|
Kafedra mudiri, professor: Bobomuratov T.A.
O’quv ishlariga ma’sul, t.f.d., dotsent: Nurmatova N.F.
Kafedra assistenti: Xoshimov A.A
Do'stlaringiz bilan baham: |