III. BOLALARDA HAZM TIZIMINI TEKSHIRISH
ko‘rikdan o‘tkazish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya
Qorinni yuzaki va chuqur paypaslash.
|
1.
|
Qorin palpatsiyasini vrach bemor bolaning o‘ng tomonida, yuziga qarab o‘tqazishi kerak. Bola chalqancha yotgan, tizza va toz-son bo‘g‘imlarini yengil bukilgan xolatda, qo‘llari tana bo‘ylab cho‘zilgan, boshi tanasi bilan bir satxda bo‘lishi kerak.
|
2.
|
Yuzaki palpatsiya soat strelkasi bo‘ylab, iliq qo‘l bilan oldin qorin devorini nozik silash orqali, keyin nisbatan yengil bosib bajariladi.
|
3.
|
Shifokor bir yoki ikkala qo‘llarini qorin idevoriga kaftlarini qo‘yib, II, III, IV va V barmoqlari bilan paypaslanadi va shu vaqtda bolaning yuzidagi ifodasiga qaraladi, ko‘rik reaksiyasiga axamiyat beriladi.
|
4.
|
Yuzaki palpatsiyada og‘riq joylashuvi, qorin pressi mushagining kuchlanish darajasi va Zaxarina-Ged zonasidagi teri giperesteziyasi aniqlanadi.
|
5.
|
Yuzaki palpatsiyada yana qorindagi teri osti yog‘ qavati assimetriyasi aniqlaniladi. Bunda qorinning kindik soxasidagi simmetrik soxalarida teri qavati barmoqlar bilan yig‘ilib ko‘riladi.
|
|
Qorinni chuqur, topografik palpatsiyasi.
|
7.
|
Yo‘g‘on ichak palpatsiyasi.Oldin sigmasimon ichak, so‘ngra ko‘r ichak, ko‘ndalang-chambar, yuqoriga ko‘tariluvchi va oxiri yo‘g‘on ichakning pastki qismlari paypaslanadi.
|
8.
|
Sigmasimon ichak palpatsiyasida shifokorning o‘ng qo‘li barmoqlari bukilgan xolatda barmoq uchlarini chap yonbosh soxaga sigmasimon ichak uzunligiga parallel qo‘yiladi. Barmoqlarni yuzaki xarakti bilan sekin asta nafas chiqargan paytda qorin orqa devori tomon chuqurlashtiriladi. So‘ngra qo‘lni sirpanuvchi xarakati bilan ichaklar uzunligiga perpendikulyar tomon olib boriladi. Bunda qo‘lning kaft tomonini qorin markazida ushlash kerak. Paypaslash davomida sigmasimon ichakning konsistensiyasi, xarakatchanligi, elastikligi va og‘riqlariga ahamiyat beriladi.
|
9.
|
Ko‘r ichak palpatsiyasi texnikasi xuddi sigmasimon ichaknikiga o‘xshaydi, faqat o‘ng yonbosh sohada bajariladi.
|
10.
|
Ko‘ndalang-chambar ichak palpatsiyasi qorinning o‘rta chizig‘idan ikki tarafidan oshqozonning pastki chegarasini aniqlangandan so‘ng kindikdan 2-3 sm yuqori yoki pastidan bajariladi. Qorin bo‘shlig‘iga bukilgan barmoqlar bilan ichkariga yo‘naltiriladi. 1 yoshgacha ko‘ndalang chambar ichak kindikdan 2 sm yuqorida, maktabgacha yoshdagi bolalarda – kindik atrofida va katta yoshdagi, o‘smirlarda esa kindikdan 2 sm pastda paypaslanadi.
|
11.
|
Yuqoriga va pastga tushuvchi chambar ichak palpatsiyasi bimanual usulda bajariladi. Bunda chap qo‘l barmoqlari belning chap, keyin o‘ng tomoniga qo‘yiladi, o‘ng qo‘l barmoqlari bilan esa qorin bo‘shlig‘iga sirpanuvchi xarakat bilan chap qo‘l tomon bosiladi va ichak paypaslanadi. Sog‘lom bolalarda ichak diametri 2 sm ga teng, ular elastik, og‘riqsiz bo‘ladi.
|