3– laboratoriya ishi.
Detallarning chiziqli va burchakli o‘lchamlarini o‘rganish
Ishning maqsadi:
1.
Mashinalar tipik detallarining chiziqli o’lchamlarini o’lchash
uchun o’lchov asboblari va priborlarini tanlash asoslari bilan talabalarni
tanishtirish
2.
O’lchash usullarini o’rganib, bilib olish
3.
O’lchash vositalarining metrologik ko’rsatkichlarini (tavsiflovchi)
o’zlashtirish
4.
Shtangensirkul’ va mikrometrning tuzilishi
va ishlash prinsipini
o’rganib olish
5.
O’lchash vositalaridan amalda foydalanish va ular bilan ishlash
ko’nikmalariga ega bo’lish
O’lchov vositalarining metrologik ko’rsatkichlari.
Hisobot qurilmasining asosiy elementi bo’lib, hisobot olinadigan
shkala hisoblanadi. Shkala bo’lagining qiymati – ikki qo’shni
belgiga
mos keluvchi qiymatlar miqdorining farqidir. (1-shakl ga qarang)
Shkala bo’laklari oralig’i – bu ikki yonma-yon turgan, shtrixlar
simmetriya o’qlariaro masofa.
Hisobot aniqligi – aynan shu priborda
hisobotni olib borganda
erishilgan aniqlik.
Hisobot aniqligi, odatda, shkala bo’laklari qiymatining kasrli
qismida ifodalanadi.
O’lchash chegarasi – bu aynan shu priborda o’lchash
mumkin
bo’lgan eng katta va eng kichik (qiymat) miqdor; u priborni qo’llanish
sohasini aniqlaydi.
Yo’l qo’yiladigan (ruxsat etiladigan) xatolik - qo’llanib turilgan
me’yor bo’yicha yo’l qo’yiladigan (ruxsat etiladigan) pribor
ko’rsatkichining yoki o’lchovning
mutlaq
qiymati bo’yicha eng katta
xatoligidir.
O’lchash kuchlanishi – o’lchash jarayonida pribor o’lchash
yuzalarining o’lchanayotgan obyekt bilan tugib turadigan yuzalarida
hosil bo’ladigan kuchlanish.
Shtangen asboblar va mikrometrik asboblar
Shtangen asboblar va mikrometrik asboblar mashinasozlikda juda
keng qo’llaniladigan o’lchov vositalari bo’lib hisoblanib,
shuning
uchun ham bular bilan ishlash ko’nikmasini egallash kelajakda shu
sohada ishlovchi mutaxassislarga, albatta, zarurdir.