3– laboratoriya ishi. Detallarning chiziqli va burchakli o‘lchamlarini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 442.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi442.25 Kb.
#1466821
  1   2   3
Bog'liq
3-labaratoriya ishi



3– laboratoriya ishi. 
Detallarning chiziqli va burchakli o‘lchamlarini o‘rganish 
 
Ishning maqsadi: 
1. 
Mashinalar tipik detallarining chiziqli o’lchamlarini o’lchash 
uchun o’lchov asboblari va priborlarini tanlash asoslari bilan talabalarni 
tanishtirish 
2. 
O’lchash usullarini o’rganib, bilib olish 
3. 
O’lchash vositalarining metrologik ko’rsatkichlarini (tavsiflovchi) 
o’zlashtirish 
4. 
Shtangensirkul’ va mikrometrning tuzilishi va ishlash prinsipini 
o’rganib olish 
5. 
O’lchash vositalaridan amalda foydalanish va ular bilan ishlash 
ko’nikmalariga ega bo’lish 
O’lchov vositalarining metrologik ko’rsatkichlari. 
Hisobot qurilmasining asosiy elementi bo’lib, hisobot olinadigan 
shkala hisoblanadi. Shkala bo’lagining qiymati – ikki qo’shni belgiga 
mos keluvchi qiymatlar miqdorining farqidir. (1-shakl ga qarang) 
Shkala bo’laklari oralig’i – bu ikki yonma-yon turgan, shtrixlar 
simmetriya o’qlariaro masofa. 
Hisobot aniqligi – aynan shu priborda hisobotni olib borganda 
erishilgan aniqlik. 
Hisobot aniqligi, odatda, shkala bo’laklari qiymatining kasrli 
qismida ifodalanadi. 
O’lchash chegarasi – bu aynan shu priborda o’lchash mumkin 
bo’lgan eng katta va eng kichik (qiymat) miqdor; u priborni qo’llanish 
sohasini aniqlaydi. 
Yo’l qo’yiladigan (ruxsat etiladigan) xatolik - qo’llanib turilgan 
me’yor bo’yicha yo’l qo’yiladigan (ruxsat etiladigan) pribor 
ko’rsatkichining yoki o’lchovning mutlaq
qiymati bo’yicha eng katta 
xatoligidir. 
O’lchash kuchlanishi – o’lchash jarayonida pribor o’lchash 
yuzalarining o’lchanayotgan obyekt bilan tugib turadigan yuzalarida 
hosil bo’ladigan kuchlanish. 
Shtangen asboblar va mikrometrik asboblar 
 
Shtangen asboblar va mikrometrik asboblar mashinasozlikda juda 
keng qo’llaniladigan o’lchov vositalari bo’lib hisoblanib, shuning 
uchun ham bular bilan ishlash ko’nikmasini egallash kelajakda shu 
sohada ishlovchi mutaxassislarga, albatta, zarurdir. 



Download 442.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling