3-laboratoriya ishi. Mavzu. Chigitli paxtani iflosligini aniqlash. Ishdan maqsad


Paxtaning dastlabki holatdagi namligi, %


Download 149.42 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi149.42 Kb.
#1388097
1   2
Paxtaning dastlabki holatdagi namligi, %

Quritish vaqti, min

25 va undan kam

5

26-30

10

31-40

15

41-50

20

51 va undan ko‘p

25

Paxta iflosligini LKM qurilmasida aniqlash.
Chigitli paxtaning iflosligi, deganda unga qo‘shilgan har xil mineral va organik jismlar tushuniladi va ularning miqdori boshlang‘ich og‘irligiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. Chigitli paxtaning iflosligini aniqlash uchun uning 100 g li namunasi qo‘lda yoki 300 g og‘irlikdagi namunasini LKM rusumli asbob yordamida ajratish kerak (1-rasm).
LKM rusumli asbob bilan ishlanganda 300 g li kichik namuna olib, asbobning bunkerli 1 ga joylanadi, “yurgizish” knopkasi bosiladi. Asbob ishlashi bilan bunkerning qopqog‘i 2 ni tortib ochganda paxta qoziqli bo‘limiga o‘tadi va tezlik bilan qopqoq qayta yopiladi. Chigitli paxta bo‘limida 120 soniya tozalanadi va bu vaqtda “1-bo‘lim” lampasi yonib turadi. 120 soniya vaqt o‘tgach maxsus elektromagnit ishlab “1-bo‘lim” lampasi o‘chib “2-bo‘lim” lampasi yonadi va qopqoq 6 avtomatik ravishda ochilib, chigitli paxta ikkinchi seksiyaga o‘tadi, bunda yana 45 soniya tozalanadi. Shu vaqt o‘tgach “sikl tamom” degan signal lampasi yonib (“2-seksiya” lampasi o‘chadi), chigitli paxta 15- soniya ichida yashik 14 ga o‘tadi va “sikl tamom” lampasi o‘chib, asbob avtomatik ravishda to‘xtab qoladi.



1. Rasm. Chigitli paxtaning iflosligini aniqlaydigan LKM asbobining texnologik sxemasi.
1.Namunani solish joyi. 2.Qopqoq. 3,7.Uzatuvchi valiklar. 4.Qoziqchali barabanlar. 5.Qobirg‘lali panjari. 6.Yo‘nalituvchi qopqoq. 8.Tekislovchi cho‘tka. 9.Arrachali baraban.
10. Kolosniklar. 11. Uzatuvchi cho‘tkali baraban. 12.Mayda iflosliklarni yig‘lish qutisi. 13.Yirik iflosliklarni yig‘lish qutisi. 14.Tozalangan paxtani yig‘ish qutisi. 15. Elektr motori.

Asbob to‘xtagandan keyin hamma kamera devorlaridagi changlarni artib, idishlar olinadi va chigitli paxta namunasining iflosligi (%) quyidagicha aniqlanadi:


, %
Bu yerda, MI - ajratilgan (yirik va mayda) iflosliklarning massasi, g;
MN – paxtani sinash uchun namunasining ifloslik bilan birga tortilgan massasi, g;
K - tozalangan namunada qolgan ifloslikni hisobga oluvchi koeffisiyent. Boshqa hamma seleksiya navlari uchun K =1,00 bo‘ladi.
2 - jadval

Seleksiya navi



K1 koeffitsiyent qiymati



K1 koeffitsiyent ishtirok etadigan iflos aralashmalarning massaviy ulushi, %

Andijon 35
Andijon 36
Andijon 37

1,10
1,14
1,10

Barcha hollarda
Barcha hollarda
Barcha hollarda

S-6524

1,16

7% va undan ko‘p

Namangan-77,
An-Bayaut-2,

1,12

7% va undan ko‘p

Sulton

1,06

Barcha hollarda

Agarda ikkala o‘rtacha namunaning ifloslik darajasi ko‘rsatkichlari orasidagi farq iflosligi 10% gacha bo‘lgan paxta uchun 0,6% ortiq va iflosligi 10% dan ortiq bo‘lgan paxta uchun 1% dan ortiq bo‘lmasa, paxtaning haqiqiy iflosligini topish uchun shu ko‘rsatkichlarning o‘rtacha qiymati olinadi. Agarda bu farq ko‘rsatilgan chegaradan yuqori bo‘lsa, ehtiyot uchun belgilangan uchinchi kichik namunani ham tekshirib, uchala ko‘rsatkichning o‘rtacha qiymati aniqlanadi.


Ish natijalarining tahlili: xulosani shakllantirish.

  1. Paxtani ifloslik miqdorini aniqlab tahlil qilish?

  2. Paxtadagi iflosliklarni kelib chiqish sabablarini aniqlash tartibini tushintiring.

  3. Paxtani iflosligini LKM, (LKM-2), 2L-12 uskunalarida aniqlash jarayonini o‘rganib mustahkamlash.

Download 149.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling