3 laboratoriya ishi suv-suvli tezkor suv qizdirgich
Suv qizdirgich VVP 76x2-1,0-RG-z-Uz
Download 76.86 Kb.
|
SUV-SUVLI TEZKOR SUV QIZDIRGICH (BOYLER)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Boyler qurilmasi chizmasining tasnifi
- 3.4. Tezkor suv-suvli suv qizdirgichlar (boyler)ining tanlovi
Suv – suvli qizdirgichning asosiy texnik tasniflari
3.3. Boyler qurilmasi chizmasining tasnifi Qurilma 3.1-rasmda keltirilgan. Basseyindan ishlatilgan suv idish (5)ga yigʻiladi va nasos (3) yordamida tozalash tizimiga va undan soʻng boyler (1) yuboriladi. Tozalash tizimi ikkita bosqiсhdan iborat. 1 bosqiсh – bu kvars qumli (2) filtrlarda tozalash bu erda dagʻal tozalash amalga oshiriladi. 2 bosqiсh – nozik filtrli tozalash (soсh va h.k.) (6). Tozalashdan soʻng suv boyler (1) ga yuboriladi, bu yerda suv qozonda qizdiriladi va basseynga qaytariladi. 3.1-rasm. Boyler ulanishining prinsipial chizmasi 1-issiqlik almashgich; 2-filtr (kvars qumli);. 3-КМ 100/80 nasosi; 4-joʻmrak; 5-besh tonnalik idish. Taqsimlash punktidan Suzish havzasiga Suzish havzasidan 3.4. Tezkor suv-suvli suv qizdirgichlar (boyler)ining tanlovi Tezkor suv-suvli suv qizdirgichlar (boyler)ining tanlovi quyida keltirilgan formulalar orqali ketma-ketlikda bajariladi: Isituvchi suvning sarfi: Gi = Q/1000*(Tb – To), t/soat (1) bu yerda Q – hisobiy issiqlik sarfi, kkal/soat; Tb – suv isitgich (boyler)ga kirayotgan istuvchi suvning boshlangʻich harorati, °C; To – suv isitgich (boyler)dan chiqayotgan istuvchi suvning oxirgi harorati, °C; Isitilayotgan suvning sarfi: Gis = Q/1000*(to - tb), t/soat (2) bu yerda: to – suv isitgich (boyler)dan chiqayotgan istiluvchi suvning oxirgi harorati, °C; tb – suv isitgich (boyler)ga kirayotgan istiluvchi suvning boshlangʻish harorati, °C; Suv qizdirgich (boyler)ni turi va nomerini taxminan qabul qilib, bitta qobiqdagi quvurlarning oraliq kesim yuzasini va quvurlararo oraliqini bitta yoʻli kesim yuzasini aniqlaymiz: f q = 0,785 di2 z , m2 (3) f qa = 0,785(Di2 - z dt2), m2 (4) bu yerda d i – quvurlarning ichki diametri, mm; d t – quvurlarning tashqi diametri, mm; Di – suv qizdirgich (boyler) qobiqining ichki diametri, mm; z – qobiqdagi quvurlar soni, dona. Quvurlardagi suvning tezligi Wq va quvurlararo muhitdagi tezlik Wqa gi quyidagiga teng: W = G/3600ƒ, m/sek. (5) Isitish tizimlarida oʻrnatilgan suvli isitkich (boyler)larda isituvchi suv quvurlar orqali, issiq suv ta’minoti tizimlaridagi suvli isitkich (boyler)larida quvurlararo boʻshliqda suv oʻtkaziladi. Shuning uchun isitish tizimi uchun suvli isitkich(boyler)lar tanlovida formulada Wt oʻrniga Gr, formula uchun Wm oʻrniga Gm qoʻyiladi. Issiq suv ta’minoti tizimi uchun suvli isitkich(boyler)lar tanlovida formulada Wt oʻrniga Gn, formula uchun Wm oʻrniga Gr qoʻyiladi. Isituvchi suvning oʻrtacha harorati: Toʻr = Tb + To / 2 , °C (6) Isitilayotgan suvning oʻrtacha harorati: toʻr = tb + to / 2 , °C (7) Isitayotgan suvdan quvurlar devoriga issiqlik oʻtish koeffitsiyenti: α1 = (1400 + 18 Toʻr – 0,035 Toʻr2) ٠ W0,8/ d 0,2 , kkal/m²*soat*grad (8) Isitish tizimi uchun suv qizdirgich (boyler) tanlashda formulaga Wt va di qiymatlar va issiq suv ta’minoti tizimi uchun Wm i d ekv qiymatlari qoʻyiladi . Quvurlararo fazo ekvivalent diametr kattaligi: d ekv = Di2 - z dt2 / D i + - z d t ,m (9) Quvur devoridan isitilayotgan suvga issiqlik oʻtish koeffisienti: α2 = (1400 + 18 toʻr – 0,035 toʻr2) ٠ W0,8/ d 0,2 , kkal/m²*soat*grad (10) Issiqlik uzatish koeffitsiyenti quyidagiga teng: kkal/m²*soat*grad (11) bu yerda δ – quvur devorining qalinligi, m; λ – issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, kkal/m²*soat*grad. Diametri 16 mm latun quvurlari uchun δ/λ = 0,000011; Suv qizdirgich(boyler)dagi qarshi oqim holatida haroratlarning oʻrtacha logarifmik farqi: ,°S (12) Suv isitgich (boyler)ni qizdirish yuzasi: F = Q /η k ∆ toʻr, m² (13) bu erda: η – quvurlarda qurum va ifloslanishini hisobga oluvshi koeffitsiyent. Isitish suv isitgich (boyler)lari uchun η=0,8-0,85; issiq suv ta’minoti suv isitgichlari uchun η=0,6 - 0,7. Suv isitgich (boyler)ning seksiyalar uzunligi: L = 0.318 F/ d oʻr z, m (14) bu yerda d oʻr – quvurlarning oʻrtacha diametri; d oʻr = d t + d i / 2, m (15) Download 76.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling