3 laboratoriya ishi zoldirli tegirmon konstruksiyasi va ishini o‘rganish ishning maqsadi
Download 56.45 Kb.
|
3 - LABORATORIYA ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. NAZARIY QISM
- 4 . ISHNI BAJARISH KETMA–KETLIGI
3 - LABORATORIYA ISHI ZOLDIRLI TEGIRMON KONSTRUKSIYASI VA ISHINI O‘RGANISH 1. ISHNING MAQSADI Sharli tegirmonlarda materialni maydalashda fizik va dinamik savollarga nazariy jihatdan olingan bilimlarni mustahkamlash va kegaytirish. Barabanli sharli tegirmonning asosiy aparemtrlarini ishlashiga baho berish usulllarini o‘rganish. Sharli tegirmonning unumdorligi va asosiy kattaliklarini hisoblash. Kerakli jihozlar, materiallar, o‘lchash asboblari. Kafedra laboratoriyasidagi sharli tegirmonning ishchi modeli: Material – ohaktosh, giltuproq: Shtangensirkul, metr, mexanik elak, taxometr, laboratoriya ST-5 tarozi. 2. NAZARIY QISM Barabanli sharli tegirmonlar materiallarni mayin tuyish uchun asosan sement zavodlarida ishlatiladi. Barabanli sharli tegirmon bir kamerali va ko‘p kamerali bo‘ladi. Ko‘p kamerali sharli tegirmon - uzunligi 8-15 m va diametri 1,8-^3,5 m bo‘lgan po‘lat silindrdan iborat bo‘lib, uning ichki yuzasi po‘lat plitkalar bilan qoplangan. Tegirmon ichi Rovak sapfalarda aylanadi. Sapfalar orqali bir tomondan tegirmon yuklanadi, ikkinchi tomondan esa aralashma tushiriladi. Ohaktosh, gil va suv aralashmasi tegirmonning samma kameralarndan o‘tadi va po‘lat sharlar hamda silindrlarning zarbalari ostida maydalanib, undan butsaga uxshash i;orishma - shlam chiqadi. Sharli tegirmonlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: - ishlash prinsipi bo‘yicha davriy va uzluksiz; - ishlash xarakteri bo‘yicha - ochiq sikl va yopiq sikl (bunga uzluksiz ho‘l va quruq usulda ishlovchi sharli tegirmonlar kiradi); - tuyish usuli bo‘yicha ho‘l va quruq tuyish; - ishchi korpusning shakli bo‘yicha - silindrik barabanli, konusli va trubali silindrik; - tuyish jismlarining shakli bo‘yicha - sharli, sterjenli, o‘z-o‘zini maydalash (tuyish jismlarsiz); - yuk tushurish usuli bo‘yicha - mexanik va pnevmatik; - yuklash va tushirish qurilmasining konstruksiyasi bo‘yicha markaziy bo‘shliq sapfadan tushirish; panjara orqali tushirish (diafragma bilan) yon tomondan panjara orqali tushirish; lyuk orqali yuklash va tushirish (davriy ishlovchi tegirmon uchun). Barabanli sharli tegirmonni unumdorligi quyidagi ifoda orqali topiladi: bu yerda V — tegirmon ishchi hajmi, m3; D - tegirmon ishchi diametri (bronefuterovkaning ichki yuzasi bo‘yicha), m; G- tuyish jismlarining massasi, t; q — tegirmon solishtirma unumdorligi, t/kVt- s; kT - tuyish mayinligiga qarab to‘g‘rilash koeffitsient (7 - jadval, Bauman. stroy. mash. Tom-2. 70-bet). Tuyish jismlarining og‘irligi. bu yerda: φ- tegirmon hajmini tuyish jismlari bnlam to‘ldirish koeffitsienti, tuyish jismlari 30+32 % bulsa, φ=0,3+0,32. γ - tuyish jismlarnnnimg solishtirma og‘irligi t/m3; L - tegirmon ishchi qismi uzunligi, m. Tegirmonning aylanish chastotasi quyidagiga teng bo‘ladi: bu yerda: k - tuyish usuli va tegirmon diemetriga borliq koeffitsienti: quruq usulda k - 0,53; ho‘l usulda va tegirmon barabani diametri 1,25 m dan yuqori bo‘lsa k = 0,587; baraban diametri 1,25 m dan kichik bo‘lsa, 0,67; o‘z – o‘zini tuyish tegirmoni uchun k = 0,62. Bosh yuritma elektromotor quvvati quyidagi ifoda yordamida anqlanadi: bu yerda ν - kichik o‘lchamli tegirmonlarga kiritiladigan qo‘shimcha koeffitsient, (2< β< 3) ν =1,0÷1,1 β= L/D - tegirmon foyda uzunligini uning diametri (yorug‘lik diametri) ga nisbati D - tegirmon «yorug‘lik» diametri, m; ε- yuqotish koeffitsienti, ε -1.1÷1.55; γ - yukning solishtirma og‘irligi, t/m3; (φ1ψ) - yuklash darajasi φ1 va tegirmon aylanish chastotasi ψ ga bog‘liq funksiyasi, buning qiymati. ηyur - yuritma f.i.k., ηyur = 0,9÷0,95 ηel - elektromotor f.i.k., ηe = 0,9 5-rasm. Sharli tegirmonni hisoblash sxemasi. 4. ISHNI BAJARISH KETMA–KETLIGI 4.1. Sharli tegirmon laboratoriya modeli va unda ishlash uchun xavfsizlik qoidalari bilan tanishish; 4.2. Sharli tegirmon laboratoriya modelining barcha geometrik ulchamlariki ulchash; tegirmon barabanining tashqi va ichki diametrn: tanasining kalinligi, barabanning uzunligi , ung va chap dnishalar diametri, tunish jismlarining soni, uning diametri; sterjenning uzunligi, eni, balandligi, tegirmonning gabarit ulchamlari, uzunligi, eni balandligi; 4.3. Tegirmon laboratoriya modelnni ishga tushirish, unn tekis, ishlashini taminlash va material berilgan xolda barabanning tuldirish koeffitsienti φ ni aniqlash. 4.4. Tegirmon tayakchlariga, tanasiga tushayotgan kuchlarni aniіuіash, eguvchi kuch va eguvchi moment epyuralarini chizish; 4.5. Tegirmon laboratoriya modelini tuxtatish, bushatish, tozalash va ish joyini tartibga keltirish. Laboratoriya ishi buyicha hisobot nuyidagnlarni uz ichiga oladi: 1. Sharli tegirmon laboratoriya modelinnng texnik tavsifnomasi. 2. Sharli tegirmon laboratoriya modelining tuzilishi va ishlash prinsipi, ishlatilish soxalari. 3. Sharli tegirmon modelnning konstruktiv hisoblash usullari va hisoblash sxemasi. 4. Laboratoriya io‘i buyicha xulosa. 5. Adabiyotlar ruyxati. Download 56.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling