3 м у н д а р и ж а саҳифа бети
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Хожаниязов Атабек Адсорбция
3 М У Н Д А Р И Ж А Саҳифа бети 1. КИРИШ ________________________________________________________ 2. ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁН ТАВСИФИ __________________________ 3. ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁННИНГ АСОСИЙ ҚУРИЛМАСИ ТАВСИФИ_________________________________________ 4. АСОСИЙ ҚУРИЛМАНИНГ ТЕХНОЛОГИК ҲИСОБИ ________________ 5. ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР _______________________________ 4 KIRISH 5 Kirish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning joriy yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilayapti. Mazkur Dasturda investitsiya va tarmoqlarni modernizatsiyalash dasturi asosida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari hisoblangan transport infratuzilmasi, neft va gaz, energetika, kimyo, tog‘-kon metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari sanoatlari va boshqa tarmoqlarda 885 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish kо‘zda tutilgan. 2017 yil davomida 690 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 303 ta loyihani amalga oshirish bо‘yicha ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Unga kо‘ra, 22 ta yirik ishlab chiqarish obyektlari, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarida 480 dan ziyod kichik korxonalar tashkil etildi. Mamlakatimiz yoqilg‘i bazasida gazsimon yoqilg‘i kattagina o‘rin egallaydi. Undan foydalanish sanoatdagina emas, balki avtomobil transportida ham yildan- yilga ortib bormoqda. Gazsimon yoqilg‘i boshqa yoqilg‘i turlariga nisbatan qator afzalliklarga ega: keng tarqalgan, arzon, uning katta zapaslari mavjud, u havo bilan osongina aralashadi (taqsimlanadi) va rostlanadi. Gaz yoqilg‘ilarni issiqlik berishi yuqori. Ular yonganida yuqori temperatura hosil qiladi, ortiqcha havo koeffitsienti kichik bo‘lganda ham to‘la yonadi, tarkibida korroziyalovchi agressiv moddalar yo‘q. Gazsimon yoqilg‘idan foydalanish juda qulay: xonalar ifloslanmaydi,chunki u yonganda qorakuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil bo‘lmaydi, yonish mahsullari tarkibida tirik tabiat uchun zaxarli moddalar yo‘q. Gazsimon yoqilg‘i markazlashtirilgan usulda saqlanadi, bu esa foydalanish uchun qulay, individual omborxona, maxsus omborlar talab etilmaydi. Gaz magistrallaridan foydalanish, ayniqsa, qattiq va suyuq yoqilg‘i zapaslari bo‘lmagan tumanlar uchun juda muhim. 6 Gazsimon yoqilg‘ilarning asosiy kamchiliklari, ularning portlovchanligidadir. Agar havfsizlik texnikasi hamda yong‘inga qarshi havfsizlik qoidalariga rioya qilinsa, shuningdek tavsiya qilingan tadbirlar bajarilsa, gaz ustanovkalaridan ishonchli va havfsiz foydalanish mumkin. Eng yuqori kaloriyali gazlar (yonganida 20000 kJ/m 3 yoki 5000 kkal/m 3 issiqlik chiqaradigan)ga tabiiy gazlar, neft gazlari, yo‘ldosh gazlar, shuningdek neftni qayta ishlashda olinadigan turli kreking gazlari va boshqa gazlar kiradi. Respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tarixga ega. XVIII asr oxirlarida Moylisoy xududida neftning er yuziga kalkib chikkan joylari ma’lum buldi. Umuman 1870-1872 yillarda Fargona vodiysida 200 ga yakin neft manbalari ma’lum edi. 1880-1883 yillarda Fargona vodiysidagi Kamish Boshi tumani Lakkon kishlogida turtta kidiruv kuduklari burgilangan bulib, bu kuduklarning chukurligi 36,2 m (17 sajen) va diametri 219 mm (8 dyuym) edi. 1880 yilda SHursuv maydonida burgilangan birinchi kidiruv kudugidan sutkasiga 160 kilogramdan neft olina boshlandi. XX-asrning boshlarida esa rus muxandisi Tixvinskiy kuduklarni gazlift usulida ishlatish usulini yaratdi. Surxondaryo voxasida kidiruv ishlari 1933 yilda boshlanib Xaudag, Kukayti, Lalmikor, Uchkizil, keyingi yillarda Amudaryo, kushtor, Mirshodi konlari ochildi. Konlardagi kuduklarning chukurligi va undagi bosimning ortishi bilan bir katorda, kuduklarni jixozlash uchun yangi maxsus favvora armaturasi turi ishlab chikildi. Garbiy Uzbekistonda kidiruv-izlash ishlari 1949 yilda boshlanib. Setalantepa, Toshkuduk, Jarkok, Saritosh, Korovulbozor kabi bir kator konlar ochildi. Undan keyingi yillarda SHurtan, SHimoliy va garbiy Sho’rtan, Zevarda, Pomuk, Alan gaz konlari, SHimoliy Urtabulok, Kuruk, Umid, Kukdumalok kabi neft konlari ochildi. Xozirgi kunda bu konlar respublikada kazib olinadigan neftning 80 dan kuprogini tashkil kiladi. 7 Garbiy Uzbekiston va Ustyurt platosida ochilgan Gazli, SHaxpaxta, Uchkir, Urga va shu kabi bir kator konlarning xam salmogini aloxida ta’kidlash lozim. Mustakillikka erishilgandan beri respublikamizda neft va gaz sanoati rivojlanishiga aloxida e’tibor berilib, yokilgi ta’minoti mustakilligiga erishildi. YA’ni oxirgi yillarda chetdan na neft va na gaz import kilinmaydi. Xozirgi kunda neft va gaz konlarini kidirish va izlash, kuduklarni burgilash, konlarni ishlatish, neft, gaz va neft maxsulotlarini yigish va kuvurlar orkali uzatish, neft va gazni kayta ishlash, er osti gaz omborlari va sanoatimizdagi kurilish ishlari bilan shugullanadigan yirik birlashma va boshkarmalarning ishi “Uzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan boshkariladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling