3 м у н д а р и ж а саҳифа бети
TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Хожаниязов Атабек Адсорбция
8
TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI 9 TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI Zavodga xom-ashyo sharqiy Berdaq va Surguli konlaridan magistrallar yordamida tabiiy gaz aralashmasi 433905 kg / soat, 3850 kPa bosim va 46,6 0 C da etkazib beriladi. Kelayotgan xomashyo tabiiy gaz vertikal joylashgan V-1101 separatorining o‘rta qismidan beriladi. Separatorning ishlash faoliyati ya’ni V-1101ning 433905 kg/s bosimi 3850 kPa harorati esa 46,4 0 C dan yuqori bo‘lmagan sistemada ishlaydi. Apparat emkost turi bo‘lib, doimiy holatda tortishish kuchi bosimi ostida ishlab, suyuq fazadan gaz qismini ajratib olishdir. V-1101 eng yuqori bosimi 4680 kPa gacha ishlab, undan yuqori bosim bo‘ladigan hollarda SV – 11002 klapanlardan ochilib nam fokelga tashlab yuboriladi. V-1101 separatorining doimiy me’yorini LIC-11102 to‘g‘irlagich (rostlagich) orqali qo‘llab turiladi, LV – 11002 klapanlar joylashtirilgan holda amalga oshiriladi. V-1101 separatorining pastki qismidan LG ya’ni kondensat ajratib olinib, (stabilizatsion parkka kolonnaga) jo‘natiladi. Yuqorida qismidan esa gaz fazasi ajralib chiqib, F 1101 A/B filtr seperatorda tabiiy gaz filtrlanib, gaz faza va suyuq fazasi ajratiladi. Suyuq fazasi truboprovodlar orqali stabillash kolonnasining V – 1103 separatoriga jo‘natiladi. Kub aparat F 1101 A/B dagi doimiy me’yor LV – III 52 A/V klapanlari orqali hamda LIC-11152 A/V to‘g‘rilagich moslamalarida o‘lchab turiladi. Bular V – 1103 stabillash sepatatoriga kiruvchi joyda o‘rnatilgan bo‘ladi. LIC-11152 A/V va 11153 A/V larda o‘lchanib nazorat qilinadi. V – 1103 qabul qiluvchi gorizontal joylashgan separatorimiz o‘rtasida ikki qismga ajratilgan bo‘lib, separatorning yuqori qismidan chiqayotgan engil uglevodorodlar ya’ni C 1 – C 4 bo‘lgan gazlar V – 1 105 vertikal separatoriga beriladi. So‘ngra esa K – 1102 A/V kompressorida so‘rilib, yuqoriga F 1101 A/B filtriga jo‘natiladi. Endi esa V – 1103 separatoriga qaytadigan bo‘lsak, uning pastki qismidan esa barqarorlashtirilmagan gazokondensat C– 1101 kolonnasining yuqoriroq 17- 10 tarelkasiga mos keluvchi joyidan beriladi. Bu kolonna stabillash ya’ni barqarorlashtirish kolonnasi deyiladi. Kirayotgan xomashyomiz bosimi 2050 kPa dan 125 kPa gacha tushirilib harorati esa 34,3 0 C bo‘lishi kerak. C– 1101 barqarorlashtirish kolonnasi silindrik shaklda bo‘lib, 40 ta klapanli iborat bo‘ladi. Barqarorlashtirish kolonnaning vazifasi xuddi rektifikatsiya kolonnaning vazifasidek ishlaydi. Stabillash kolonnasining yuqori qismida C 1 – C 4 gacha bo‘lgan engil uglevodorodlar ajratib olinadi. Pastki qismidan esa C 5 dan yuqori bo‘lgan komponentlar ajratib olinadi. Stabillash kolonnasi pastki qismidan harorati 250 0 C va yuqori bosimli bug‘da ishlovchi E – 1104 qaynatgich bilan qizdiriladi. E – 1104 qaynatgichi pojuxtrubali, bir yo‘nalishni vertikal joylashgan issiqlik almashtirgichdir. Qaynatgich stabillash kolonnasiga kiruvchi to‘yintirilgan bug‘ kub mahsulotining bosimini nazorat qilib turadi. Shu vaqtning o‘zida etarlicha bo‘lgan issiqlik va bosimni ham ta’minlab turadi. Reboylerdan berilayotgan bug‘ni bosim va temperaturasini RI 11355 va TI – 11358 indikatori yordamida o‘lchanadi. Agarda bosim yoki temperatura oshib ketsa, maxsus signallar orqali ogohlantiriladi. Temperaturalarning tezkor nazorati uchun kolonnaning baland qismida termometr qurilmalari o‘rnatilgan. Ular quyidagi priborlardir: –TI-11356 – 15 –tarelkada joylashgan –TI-11355 – 18 –tarelkada –TI-11354 – 34 –tarelkada –TI-11351 kolonnadan chiqarilgan kub mahsuloti haroratini o‘lchovchi moslama. Stabillash kolonnasining pastki qismidan chiqayotgan C 5 va undan yuqori bo‘lgan uglevodorodlar E – 1103 da 237 0 C dan to 44 0 C gacha quritib sovutiladi va keyingi bosqichga jo‘natiladi. 11 E – 1103 reboyler kojuxtrubali ikki yo‘nalishli suv bilan 32 0 C gacha sovutuvchi agent sifatida ishlaydigan qurilma bosimi 1190 kPa bo‘ladi. Stabillash kolonnasining yuqori qismidan ajralib chiqayotgan C 1 –C 4 gaz E – 1105 qaynatgichda qizdirilib V–1104 gorizontal joylashgan separatorga beriladi. Bu separatorga ham ikki qismga ajratuvchi seperator bo‘lib, yuqoridan gaz fazasi pastki qismidan esa ma’lum miqdorlikdagi suyuq faza ajratiladi. Bu suyuq faza R–1104 A/V nasosi yordamida qaytib stabillash kolonnasining yuqoriroq qismidan beriladi. V– 105 chiqayotgan gaz fazasi vertikal joylashgan V – 1105 seperatoriga beriladi. Bundan chiqayotgan gaz kompressor orqali so‘rilib keyingi bosqichga beriladi. Kompressorga so‘rilayotgan paytida E – 1106 issiqlikning almashtirgich orqali sovutilib turiladi. C 1 - C 4 gacha bo‘lgan engil uglevodorodlar ajratib olingandan so‘ng qolgan qismi keyingi bosqichga jo‘natiladi. Engil uglevodorodlar F – 1101 A/V filtrga va R – 1102 nasos joylashgan jo‘natiladi. F – 1101 A/V dan o‘tgan gaz V – 1102 seperatoriga beriladi. Uning yuqori qismidan K – 1101 A/V kompressor orqali gaz faza so‘rib olinadi. So‘ngra E – 1101 A/V issiqlik almashtirgichlar orqali o‘tadi va keyingi bosqichga beriladi. Kondensati ajratib olingan gaz simobdan tozalash va quritish qurilmasiga beriladi. 3 ta quritish kolonnasi mavjud bo‘lib, ularning 2 tasi 16 soatdan 32 gacha ishlab turadi. Bittasi esa doimiy holatda regeneratsiya qilingan holda shay bo‘lib kutib turadi. Bu bo‘lim 200 zona hisoblanib, unda asosan tabiiy gaz quritib, simobdan tozalanadi. Harorati 40 O C dan yuqori bo‘lmagan kondensati ajratib olingan tabiiy gaz E –1201 sovutgichida sovutiladi. E – 1201 sovutgichi kojuxtrubali issiq almashtirish turi bo‘lib, qo‘shtrubalar propilen xladogenti bilan to‘ldirilgan qurilmasidir. Quritish kolonnalariga kelishidan oldin filtr koagulyator G– 1201 da tomchi suyuqliklar so‘rib olinadi va quritishga beriladi. Filtr koagulyatordan tozalangan tabiiy gaz V – 1202 A/V/S quritish kolonnasiga keladi. Tabiiy gaz 456918 kg/s quritishga beriladi. Bu apparat silindrik shaklda bo‘ladi. Quritgichlar ikki qavatli molekulyar elagich va keramik sharikli siotitlardan tashkil topgan. Siolit asosan ko‘mir va siligogeldan tashkil topgan. Siolitlarni asosiy maqsadi 12 tabiiy gaz tarkibidagi namlikni o‘zida ushlab qolishi Adsorbeitning kimyoviy formulasi Na 2 (ACO 2 ) (SIO 2 ) – H 2 O 4 0 A andustrionli o‘lchamda bo‘ladi. Nam gaz quritish kolonnasining yuqori qismidan beriladi. Siolitlar yordamida namlik ushlab qolinib, quruq gaz kolonnaning pastki qismidan chiqariladi. Kirayotgan gazning bosimi 6650 kPa bo‘ladi. Bunday yuqori bosimda kirayotgan nam gazni 3-qavatli siolit kolonnaning barcha qismiga teng tarqatib, sekin- sekinlashtirib, namlikni ushlab qoladi. Agarda siolit va undan keyingi po‘kak to‘siqlar bo‘lmasa, aks holda gaz tarkibidagi namlik truboprovodlarda mayda zarrachalar bo‘lib yig‘iladi. So‘ngra esa bu zarrachalarimiz muzga aylanib, truboprovodlarimizni korroziyaga uchrashiga olib keladi. Jarayonda boradigan uzluksiz nazorat hamda nam gazni aniqlashda asosiy va yordamchi qatlamli analizator AT – 12202 A/V/S o‘rnatiladi. Ularning o‘rtasidagi oraliq 600 mm. YA’ni bu egri chiziqning biror nuqtasiga tegib o‘tgan to‘g‘ri chiziq. SS – 1203 A/V/S qatlamidan analiz qilish uchun proba olinib, laboratoriya nazoratidan o‘tkaziladi. Koks bilan qoplangan quritish kolonnasi regeneratsiyaga (ya’ni desorbsiya to‘yingan suv molekulasi siolitdan qayta tozalanadi) beriladi. Regeneratsiya jarayoni quritish kolonnasidan chiqib, G– 1202 A/V filtrdan o‘tgan quruq gaz bilan olib boriladi. Qurishdagi regeneratsiya jarayoni bir necha bosqichda olib boriladi. –“Bosimni tushirish” Regeneratsiya jarayonini olib borish uchun o‘zgaruvchan bosim keraklicha tushirilib so‘ngra quritishga jo‘natish. Bosimni tushirish belgisi RDI – 12208 A/V/S indikatori yordamida nazorat qilinadi. –Regeneratsiya (isitish). Bu bosqichda quritish kolonnasidan 210 – 215 0 C da chiqqan gazni, regeneratsiya gazi uchun 240 0 C gacha qizdiriladi. –“Sovutgich”. Regeneratsiya yakunida siolit 21,1 0 C gacha sovutilgan gaz bilan sovutiladi. –“Nabor davlenie” Bosimni tanlash – bunda sovutish jarayonidan so‘ng quritishdagi ishchi bosimni tanlash. Indikatori yordamida nazoratda bo‘ladi. 13 –“Rejim ojidaniya” –Kutish rejimi Qurituvchi ishchi davleniya tanlab olingandan so‘ng kutish rejimida bo‘ladi. Quritish sistemasida pastki qulflanuvchi klapanlar armaturalar o‘rnatilgan. –KV–12201 A/V/S klapani (kolonnaga kiruvchi tabiiy gazni kolonnaga kirishida o‘rnatilgan). –KV–12201 A/V/S – tabiiy gaz chiqishida –KV–12203 A/V/S quritgichga kiruvchi regeneratsiyalangan gaz liniyasida –KV–12204 A/V/S – quritgichdagi tanlovchi bosim chizig‘ida o‘rnatilgan –KV–12206 A/V/S quritgichda bosimni tushuruvchi yo‘lida qo‘yilgan. Quritish jarayonida quritgichning chiqish yo‘lidan tabiiy gazning haddan ortib ketmasligi uchun nazoratchi monitorlar AT –12201 ketma-ket o‘rnatilgan. Bunday ketma-ketlikda joylashgan nolizatorning to‘g‘ri ishlayotgani uchun lom maxsus nazoratchi qurilma o‘rnatilgan. Quritilgan tabiiy gazni olib borish jarayonida va regeneratsiyalashda quritishga kiruvchi va chiquvchi tabiiy gaz bosimini kuzatish moslamasi o‘rnatilgan. V – 1202 A/V/S quritgichida bosimni tushishini nazorat qiluvchi RDI – 12204 A/V/S pribor o‘rnatilgan. Bundan tashqari kirishda PG – 12201 A/V/S va chiqishda PG – 12203 A/V/S monolitlari ham o‘rnatilgan. SHu bilan bir qatorda quritgichga kiruvchi gaz haroratini o‘lchovchi termometr TG – 12202 A/V/S hamda TI12201 A/V/S indikatori va TI – 12203 A/V/S indikatori o‘rnatilgan bosim 7750 kPa quritilib, G– 1202 fitrlangan gaz ikkita almashtirgich E – 1203 va E – 1204 dan o‘tib, V – 1201 vertikal joylashgan seperatorga o‘rta qismidan beriladi. Seperatorning ob’yomi 1,99 m 3 ni tashkil etadi. Bunda suyuqlik tomchilar ajratiladi. (Namlik va uglevodorodli kondensat) V –1202 dan ajralib chiqqan gaz keyingi bosqichga jo‘natiladi. Ya’ni simobdan tozalovchi kolonnaga beriladi. Quritilgan tabiiy gaz V –1203 A/V/ simobdan tozalovchi adsorberga beriladi. Kelishgan loyiha bo‘yicha ikkita V –1203 A/V adsorber joylashtiriladi. Vertikal joylashtirilgan silindrik apparat bo‘lib, simobni tozalash uchun bir qavat adsorbent o‘rnatilgan. Adsorbent markasi GB –562 HPS missulfid asosli bo‘lib, uning hajmi 25,2 m 3 bo‘ladi. Quruq gaz adsorberning yuqori qismidan kirib, pastki qismidan 14 chiqariladi. Har bir adsorber bir qatlam (siolit)dan iborat bo‘lib, u 6 yillik rejimga hisoblangan bo‘ladi. Gazning harorati natijasida siolit qatlamidan o‘tib simob bug‘lari ajratib olinadi. Uni talab etilgan 1-ppb gacha pasaytirishni ta’minlaydi. Adsorberdan chmqayotgan tabbiy gaz tarkibidagi simobni tozalanganligini tekshirish uchun AI 12351 A/V ketma-ketlikda analizator o‘rnatilgan bo‘ladi. Simobdan tozalangandan so‘ng G–1203 A/V filtrga beriladi. Simobdan tozalashdan asosiy maqsad, reboylerlar metani alyuminiydan yasalgan bo‘lib, simob unday metallni emirishga olib keladi. V –1203 A/V adsorberdagi bosimlar farqini aniqlash va uni nazorat qilish uchun RVSH – 12303 A/V indikatori o‘rnatilgan. Joyida kirish uchun PG – 12301 A/V va chiqish uchun PG – 12302 A/V nazoratchi qurilma ya’ni manometr o‘rnatilgan. Adsorberga kiruvchi gazni haroratini o‘lchash uchun TG – 12301 pribori o‘rnatilgan. Adsorberdagi o‘rnatilgan bosim 7750 kPa da ishlaydi. Adsorberdan chiqqan simobdan tozalangan tabiiy gaz G– 1203 A/V filtrga ya’ni, keraklicha bo‘lgan ya’ni 50 kPa bosimgacha tushirish imkoniyati bo‘lgan filtrga G– 1203 A/V gorizontal silindrik apparat, hajmi esa 2,5 m 3 G–1203 A/V dagi bosimlar farqini PDI 12354 pribori yordamida nazorat qilinadi. Filtrda bosim oshib ketmasligi uchun SV – 12011 va SV –12012 7750 kPa li klapanlar o‘rnatilgan. Quritilgan va simobdan tozalangan tabiiy gaz nihoyatda sovutilib, metan ajratish (1300 zonasi)ga jo‘natiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling