3-Ma’ruza Asbob uskunalar yemirilishi
Download 262.1 Kb. Pdf ko'rish
|
korroziya 3- ma\'ruza
3-Ma’ruza Asbob uskunalar yemirilishi Respublikamiz mustaqilligidan keyingi yillarda sanoat tarmoqlarining keng miqyosda rivojlanmoqda, xususan neft va gaz sanoati tizimida yangi zamonaviy texnika va texnologiyalar, jixozlar va uskunalar ishlab chiqarish sharoitida keng ko‘lamda foydalanilmokda. Neftgaz sanoatida jixoz va uskunalardan foydalanish davomida ularning ish qobiliyatini saqlash, uzoq muddatda ishonchli ishlashini ta’minlash asosan ularni korroziyadan ximoya qilish bilan belgilanadi. Ayniqsa atmosferaning har xil korrozion-faol moddalar bilan umumiy ifloslanishi, hamda neft va gaz maxsulotlarini qazib olish, saqlash, transport qilish va qayta ishlashda maxsulotlar tarkibining o‘ziga xos xususiyatlari shu sohada qo‘llaniladigan jixozlarning uzoq vaqt ishlashini ta’minlashda korroziyaga bardoshliligini oshirishni talab qiladi. Korroziya - metallarning korrozion muxitlar bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida yemirilish jarayonidir. Korrozion muxit - metallarning korrozion jarayonlar sodir bo‘lishiga olib keladigan tajavvuzkor muxit yoki atmosfera, kislotalar eritmalari, ishqorlar, tuzlar va boshqa muxitlardir. Ko‘pgina metallar tajavvuzkor muxitlar ta’sirida termodinamik noturg‘un bo‘lganligi uchun sirt oksidlanishi holatiga o‘tadi va vaqt o‘tishi bilan yemiriladi. Metallarning korrozion jarayonlar kechishi natijasida massalari kamayadi, zaruriy texnologik xossalari: mexanik mustahkamligi; plastikligi; qattiqligi kabi xossalari o‘zgaradi, ya’ni kamayadi. Korroziya jarayoni detallar va mexanizmlarning ishlash davrida ish qobiliyatining pasayishi va shikastlanib ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy yemiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Korroziya natijasida yo‘qotishlarni bevosita va bilvosita usullarga bo‘lish mumkin. Bevosita korroziyadan yukotishga buyumlarni ximoyalash uchun qilinadigan sarf-xarajatlar va metallning ish qobiliyatini yo‘qotish natijasida to‘liq ishdan chiqishi kiradi. Mutaxassislar xisob-kitobiga ko‘ra metallarning to‘liq ishdan chiqishi hozirgi vaqtda yiliga 10-15% ni tashkil etadi. Bilvosita korroziyadan yo‘qotishga jixozlarning ish unumdorligi kamayishi natijasida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifati va hajmi kamayishi, hamda metallar sarfining oshishi kiradi. Neft va gaz sanoatida korroziya natijasida ko‘pgina jixozlarning ish unumdorligi kamayishi va ishdan chiqishi kuzatiladi. Ayniqsa quvurlar, jumraklar va rezervuarlar shular jumlasidandir. Metallarning korroziyaga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati korroziyabardoshlik deyiladi. Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli sharoitlarda va har xil tashqi muxitlarda turlicha korroziya- bardoshlilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun «Korroziyadan ximoyalash» fanining asosiy maqsadi metall va qotishmalarining ichki va tashqi muxitlarga bog‘liq ravishda korroziyaga uchrashi va ulardan ximoyalanish usullarini tadbiq qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Korroziyaga karshi ximoya usullari konstruksion, texnologik va foydalanish davridagi tadbirlarga bo‘linadi va uning usullari korrozion eksperimental tadqiqotlar asosida ishlab chiqiladi. 1.2. Korroziya turlari va tasnifi Metall (material) lar ularni qurshab turgan muxit ta’sirida har xil tezlikda yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metall sirtining tashqi muxit bilan kimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida bo‘ladi. Metall (material) larning atrof muxit bilan kimyoviy ta’siri natijasida o‘z- o‘zidan yemirilishi korroziya deyiladi. (lot. Sorrodere- o‘z o‘zidan yemirilish). Korrozion jarayonlar metall sirtida sodir bo‘ladigan reaksiyalar mexanizmiga ko‘ra kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga bo‘linadi. Download 262.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling