3-Ma’ruza Asbob uskunalar yemirilishi
Download 262.1 Kb. Pdf ko'rish
|
korroziya 3- ma\'ruza
Kimyoviy korroziya metallning tajavvuzkor muxit bilan o‘zaro kimyoviy
ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar orqali kechadi. Kimyoviy korroziyada metall sirti bilan suyuq yoki gazli muxitlarning kimyoviy geterogen reaksiyalari sodir bo‘lib, natijaviy elektr toki hosil bo‘lishi kuzatilmaydi. Korroziya metall sirtiga quruq gazlar va bo‘g‘lar, suyuq eletrolitmaslar (neft va uning maxsulotlari, spirtlar, mineral yog‘lar, organik birikmalar) ta’sirida kuzatiladi. Eletrokimyoviy korroziya geterogen elektrokimyoviy reaksiyalar bo‘lib, unga suvli eritmalarda, nam gazlarda, tuz va ishqoriy eritmalarda sodir bo‘ladigan jarayonlar kiradi va metallning muxit bilan o‘zaro ta’siri natijasida elektr toki hosil bo‘lishi kuzatiladi. Elektrokimyoviy korroziyani sodir bo‘lish sharoiti, muxitning xossalariga va boshqa turlarga ko‘ra tasniflash mumkin. Tajavvuzkor muxitlarning turlariga ko‘ra korrozion jarayonlar atmosferaviy, gazda, suyuqliklarda, tuproqda, adashgan toklar ta’sirida, biologik korroziyalarga bo‘linadi. Sodir bo‘lish sharoitiga ko‘ra kontakdagi (har xil metallar birikishida), oraliqdagi (ikkita metallar orasidagi bo‘shliqda) va kuchlanish ta’siridagi korrozion jarayonlar bo‘ladi. Korrozion jarayonlarning tashqi omillar ta’sirida korrozion yemirilish tavsifi, kinetika va mexanizmlari o‘zgaradi. Korroziya maxsulotlari faqat anod qismlarda hosil bo‘ladi. Elektrokimyoviy mexanizmlar orqali qo‘yidagi korrozion jaroayonlar turlari sodir bo‘ladi: a) elektrolitlardagi korroziya; b) tuproqdagi korroziya; v) elektrokorroziya. Korroziyadan shikastlanishning tavsifi va uning hosil bo‘lishi sharoitlariga ko‘ra umumiy (tuliq), maxalliy va tanlama korroziyalarga bo‘linadi. Umumiy korroziyada korroziya maxsulotlari metall sirtining barcha qismlarini tekis yoki notekis ko‘rinishda qoplaydi. (Rasm 1.1). Maxalliy korroziya metall sirtlarining ipsimon, bo‘ylama, alohida qismlarida dog‘, donador, nuqtasimon va sirt ostki qatlamida tarqalgan ko‘rinishda sodir bo‘ladi (Rasm 1.2). Tanlanma korroziya - komponent-tanlanma va struktura-tanlanma turlarga bo‘linib, kristalitlararo va tig‘simon ko‘rinishlarda uchraydi. Rasm 1.1. Umumiy korroziya turlari: a - tekis korroziya ; b - notekis korroziya Rasm 1.2. Maxalliy korroziya turlari: a - dog‘; b - yarasimon; v - nuqtasimon; g- sirt osti; d - ipsimon; ye - bo‘ylama. Tajavvuzkor muxitlarning va tashqi yoki qoldiq kuchlanishlarning birgalikda ta’sirida - korrozion darz ketishi, o‘zgaruvchan kuchlanishlar ta’sirida korrozion charchash xodisalari ro‘y beradi. Korrozion muxitlarda detallar sirtlarining o‘zaro siljishi yoki ishkalanishlarning birgalikda ta’siri natijasida metall sirtlari yemirilishi hodisasi korrozion eroziya deyiladi. Korrozion erroziya ishkalanishdagi korroziya va fretting-korroziya ko‘rinishlarda bo‘ladi. г д е 1.3. Korrozion-mexanik shikastlanishlar Metallarda tashqi muxit va kuchlanishlar ta’sirida sodir bo‘ladigan korrozion shikastlanishlar qo‘yidagi asosiy o‘ziga xos xususiyatlarga ega: a) metallarning yemirilishi xar doim sirtdan boshlanadi; b) korroziya natijasida metall sirti tashqi ko‘rinishlari o‘zgaradi; v) korroziya natijasida metall sirtida hosil bo‘ladigan korrozion maxsulot oksidli yoki oksid gidratlari ko‘rinishiga aylanadi; g) korroziya metall sirtidan chuqurlikka qarab o‘sishi mumkin. Metallarning korroziya va mexanik omillar ( kuchlanish, deformatsiya, ishqalanish va b.) ta’sirida shikastlanishi korrozion-mexanik shikastlanish deyiladi. Tashqi omillar ta’sirida umumiy korroziya jarayonlari detallarni ishlatilish sharoitida sodir bo‘lishiga ko‘ra har xil turlar va ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Bulardan keng tarqalgani korrozion charchash, korrozion darz ketishi, ishqalanishda sodir bo‘ladigan korroziyalardir. Korrozion charchash korrozion muxit va siklik kuchlanishlar ta’sirida metall va qotishmalarining yemirilish jarayoni natijasida yuzaga keladi. Korrozion charchashda darzlar hosil bo‘lishning asosiy omillari qo‘yidagilardir: - korrozion muxitning faolligi; - siklik kuchlanishlar ta’sir darajasi; - vaqt birligida yuklanishning sikllar soni; - qotishmaning mustahkamligi va kooroziyabardoshligi. Korrozion charchashning oldini olish uchun maqbul tarkibli legirlovchi elementlar bilan legirlangan po‘latlar ishlatiladi. Korrozion darz ketish juda tajavvuzkor muxitda statik cho‘zuvchi kuchlanishlar ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Korrozion darz ketishning qo‘yidagi sabablarini keltirish mumkin: - boyitilgan qattiq eritmali fazalardan ajralib chiqqan manfiy potensialli donalar chegarasining korroziya bardoshliligi kamligi; - qotishmada muxitga nisbatan noturg‘un strukturaviy tarkibning borligi; - struktura donalari chegarasida vodorodning ko‘payishi natijasida kristalitlararo mustaxkamlikning kamayishi; Korrozion darz ketishiga qarshi materiallarni tanlashda albatta ekperimental tadqiqot natijalariga asoslaniladi. Freting-korroziya sirt oksid qatlamlarining davriy ravishda yemirilishi va qaytadan hosil bo‘lishidir. Fretting-korroziya sirtlarning o‘zaro kontaklarida sodir bo‘lganligi uchun bu jarayonni kuzatish qiyinroq kechadi. Yemirilish jarayoni tezligi nisbiy ko‘chish sikllari soni va ko‘chish amplitudalariga bog‘liqdir. Fretting- korroziyaga ishlaydigan juftlardan birini poliamidlar, polixlorvinillardan tayyorlash yaxshi samara beradi. Metall sirtiga nisbatan katta tezlik bilan xarakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz oqimlari tezligi ta’siri tufayli erozion-kavitatsion shikastlanish sodir bo‘ladi. Detallarning bir-biri bilan yoki muxit bilan ishqalanib ishlashda korroziya mahsulotlari abraziv sifatida ta’sir qiladi va sirtda korrozion jarayonlarni jadallashtiruvchi mikrokuchlanishlarni hosil qiladi. 1.4. Korroziyaga qarshi ximoya usullari Metall buyumlarning korroziyadan shikastlanishi natijasida katta yo‘qotishlar bo‘layotganligi, korroziyaga qarshi ximoya usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Metall konstruksiyalarning tabiiy sharoitlarda atrof muxit ta’sirida ishlash davri juda qisqa bo‘lganligi tufayli amaliyotda ularning ishlash muddatini asosan qo‘yidagi to‘rtta usulda ximoyalash keng qo‘llaniladi: 1) qurilma sirtini tashqi tajavvuzkor muxit tutashuvidan izolyatsiya qilish; 2) korroziyaga bardoshli materiallardan foydalanish; 3) atrof muxitga uning tajavvuzkorligini kamaytirish maqsadida ta’sir qilish. 4) yer osti metall qurilmalarini elektrokimyoviy usullarda ximoyalash usullarini qo‘llash; Koroziyadan ximoya qilishning eng ko‘p tarqalgan usullari buyumlar sirtida korrozion chidamli sirt qatlamlari olishga qaratilgan. Metall sirtiga shu metalga va atrof muxitga nisbatan kimyoviy jixatdan inert va yuqori dielektrik xossalarga ega bo‘lgan moddalarni qoplash passiv usullarga kirib, bu usullarga turli xildagi mastikalarning qo‘llanilishi, plastmassalar, kompozitsion polimer materiallar, lak buyoqli qoplamalar, emalli qoplamalar kiradi. Bu materiallar sirtga suyuq holatda surtiladi, qurigandan so‘ng qattiq metall sirtida yetarli darajada mutaxkamlikuga va yaxshi adgezion (ilashuvchan) himoya qoplamasi (plyonka) hosil qiladi. Bu usulga maxsus yer osti qurilmalarini yotqizish usullari, masalan, quvurlarni maxsus kanallar (kollektorlar)ga yotqizish ham kiradi. Buyumlarni maxsus eritmalar bilan ishlov berib ularning sirtida kam eriydigan metall tuzlarini olish, masalan, po‘lat buyumlar sirtida erimaydigan fosfatlar hosil qilish yoki aluminiy buyumlar sirtida aluminiy oksidini hosil qilish usullari mavjud. Bunda metall buyumlar sirtini passivlantiruvchi eritmalar bilan qoplash sirtning faol holatidan passiv holatga o‘tishiga asoslangan. Metall buyumlar sirtini boshqa metallar bilan qoplash usullari amaliyotda keng qo‘llaniladi. Po‘lat va qotishmalardan tayyorlangan detallarning sirti rux, qurg‘oshin, mis, xrom kabi metallar bilan qoplanadi. Bu qoplamalar ishlatilish jarayoniga ko‘ra anodli va katodli turlarga bo‘linadi. Anodli qoplamalarda qoplama materiali yemirilib, asosiy metallni korroziyadan asrab qoladi. Masalan: Fe da Zn qoplamasi anodli qoplama vazifasini o‘taydi. Katodli qoplamalarda sirtdagi ximoyalovchi qoplamaning yemirilishi natijasida yemirilish joylarida asosiy metallning korroziyasi sodir bo‘ladi. Masalan: Zn da Fe qoplamasi. Tabiiy sharoitlarda metall sirtida hosil bo‘ladigan yupqa qatlamlarning ximoya ta’siri, ya’ni passivlanish jarayoni ham metallarni korroziyadan saqlanishga katta yordam beradi. Kislotali muxitlarda metallarning korrozion yemirilish tezligini kamaytirish maqsadida ingibitorlardan foydalaniladi. Po‘latlarning korrozion bardoshliligini oshirish uchun legirlovchi elementlar qo‘llaniladi. Legirlovchi element sifatida Cr, Ni elementlari ishlatiladi. Zanglamas po‘latlardan 12...13% Cr li, hamda 18% Cr va 8% Ni tarkibli xromnikel po‘latlar keng ko‘lamda ishlatiladi. Po‘latlarning korroziyaga bardoshliligini oshirish uchun termik va kimyoviy-termik ishlov berish usullari, hamda sirt tozaligini oshirishning mexanik usullari qo‘llaniladi. Shuningdek detallarni saqlashda mikroiqlim va ximoyalovchi atmosferalar hosil bo‘lishi kabi ximoya usullari mavjud. Korroziyaga qarshi ximoya usullarini tadqiqot qilish asosan qo‘yidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda: a) metallga ta’sir; b) muxitga ta’sir; v) kombinatsiyalashgan va kompleks ximoya usullarini ishlab chiqish. Sanoatda metall konstruksiyalarni katodli ximoya qilish, protektorlar yordamida va boshqa turdagi elektrokimyoviy korroziyadan ximoyalanish usullari qo‘llanilishi keng tarqalgan. Neft va gaz konlarida qo‘laniladigan quvurlar va rezevuarlar neft-gaz -suv tizimi xossalariga bog‘lik ravishda ichki korroziyaga va atrof muxit, atmosfera, tuproq va adashgan toklar ta’sirida tashqi korroziyaga uchraydi. Ichki korroziyadan ximoyalanish uchun muxitga ta’sir qilinsa, tashqi korroziyadan ximoyalanish uchun esa metall sirtiga ta’sir qilinadi. Bu holda bir vaqtning o‘zida ikki tomonlama korroziyadan ximoyalanish alohida-alohida usullarda olib boriladi. Neft-gaz-suv tizimi tarkibida mexanik qo‘shimchalar va noorganik moddalarning bo‘lishi muxitning korrozion faolligini oshiradi va bir vaqtning o‘zida kimyoviy va elektrokimyoviy korrozion jarayonlarning kechishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun muxitga stabilizator yoki ingibitorlarning kiritilishi muximdir. Download 262.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling