3-Ma’ruza Asbob uskunalar yemirilishi


Download 262.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi262.1 Kb.
#1206013
  1   2   3
Bog'liq
korroziya 3- ma\'ruza



3-Ma’ruza
Asbob uskunalar yemirilishi 
Respublikamiz mustaqilligidan keyingi yillarda sanoat tarmoqlarining keng 
miqyosda rivojlanmoqda, xususan neft va gaz sanoati tizimida yangi zamonaviy 
texnika va texnologiyalar, jixozlar va uskunalar ishlab chiqarish sharoitida keng 
ko‘lamda foydalanilmokda. 
Neftgaz sanoatida jixoz va uskunalardan foydalanish davomida ularning ish 
qobiliyatini saqlash, uzoq muddatda ishonchli ishlashini ta’minlash asosan ularni 
korroziyadan ximoya qilish bilan belgilanadi. Ayniqsa atmosferaning har xil 
korrozion-faol moddalar bilan umumiy ifloslanishi, hamda neft va gaz 
maxsulotlarini qazib olish, saqlash, transport qilish va qayta ishlashda maxsulotlar 
tarkibining o‘ziga xos xususiyatlari shu sohada qo‘llaniladigan jixozlarning uzoq 
vaqt ishlashini ta’minlashda korroziyaga bardoshliligini oshirishni talab qiladi. 
Korroziya - metallarning korrozion muxitlar bilan kimyoviy yoki 
elektrokimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida yemirilish jarayonidir.
Korrozion muxit - metallarning korrozion jarayonlar sodir bo‘lishiga olib 
keladigan tajavvuzkor muxit yoki atmosfera, kislotalar eritmalari, ishqorlar, tuzlar 
va boshqa muxitlardir. Ko‘pgina metallar tajavvuzkor muxitlar ta’sirida 
termodinamik noturg‘un bo‘lganligi uchun sirt oksidlanishi holatiga o‘tadi va vaqt 
o‘tishi bilan yemiriladi. Metallarning korrozion jarayonlar kechishi natijasida 
massalari kamayadi, zaruriy texnologik xossalari: mexanik mustahkamligi; 
plastikligi; qattiqligi kabi xossalari o‘zgaradi, ya’ni kamayadi. 
Korroziya jarayoni detallar va mexanizmlarning ishlash davrida ish 
qobiliyatining pasayishi va shikastlanib ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy 
yemiruvchi omillardan biri hisoblanadi. 
Korroziya natijasida yo‘qotishlarni bevosita va bilvosita usullarga bo‘lish 
mumkin. Bevosita korroziyadan yukotishga buyumlarni ximoyalash uchun 
qilinadigan sarf-xarajatlar va metallning ish qobiliyatini yo‘qotish natijasida to‘liq 
ishdan chiqishi kiradi. Mutaxassislar xisob-kitobiga ko‘ra metallarning to‘liq ishdan 
chiqishi hozirgi vaqtda yiliga 10-15% ni tashkil etadi. 
Bilvosita korroziyadan yo‘qotishga jixozlarning ish unumdorligi kamayishi 
natijasida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifati va hajmi kamayishi, hamda 
metallar sarfining oshishi kiradi. 
Neft va gaz sanoatida korroziya natijasida ko‘pgina jixozlarning ish 
unumdorligi kamayishi va ishdan chiqishi kuzatiladi. Ayniqsa quvurlar, jumraklar 
va rezervuarlar shular jumlasidandir. 
Metallarning korroziyaga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati korroziyabardoshlik 
deyiladi. Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli sharoitlarda va har xil
tashqi muxitlarda turlicha korroziya- bardoshlilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun
«Korroziyadan ximoyalash» fanining asosiy maqsadi metall va qotishmalarining
ichki va tashqi muxitlarga bog‘liq ravishda korroziyaga uchrashi va ulardan 
ximoyalanish usullarini tadbiq qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.


Korroziyaga karshi ximoya usullari konstruksion, texnologik va foydalanish
davridagi tadbirlarga bo‘linadi va uning usullari korrozion eksperimental
tadqiqotlar asosida ishlab chiqiladi. 
1.2. Korroziya turlari va tasnifi 

Metall (material) lar ularni qurshab turgan muxit ta’sirida har xil tezlikda 


yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metall sirtining tashqi muxit bilan
kimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida bo‘ladi. 
Metall (material) larning atrof muxit bilan kimyoviy ta’siri natijasida o‘z-
o‘zidan yemirilishi korroziya  deyiladi. (lot. Sorrodere- o‘z o‘zidan yemirilish). 
Korrozion jarayonlar metall sirtida sodir bo‘ladigan reaksiyalar 
mexanizmiga ko‘ra kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga bo‘linadi. 

Download 262.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling