3-Ma’ruza. Avtotransformatorlarlar. O‘lchov transformatorlari. Kuchlanish va tok transformatorlari. Uch fazali zanjirlar. Uch fazali transformatorlar Reja
Download 484.3 Kb.
|
Ma\'ruza №3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fazalar sonini o‘zgartiradigan transformatorlar
Uch fazali transformatorlar
Ko‘pincha uch fazali tok energiyasini yuklamaga uzatish kerak bo‘ladi. Bunday uzatishni uchta bir xil bir fazali transformator yoki bitta uch fazali transformator orqali amalga oshirish mumkin. Odatda uch fazali transformatorlar sterjenli tarzda, ya’ni yarmo orqali bog‘langan uchta sterjenlardan iborat bo‘ladi (3.12−rasm). Har bir sterjenga bir fazaning har ikkala birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar o‘raladi. Birlamchi cho‘lg‘amlarni A-X, V-U, S-Z, ikkilamchi cho‘lg‘amlarni esa mos ravishda a-x, v-u, s-z belgilash qabul qilingan [1,5,12]. Birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar ko‘pincha yulduz yoki uchburchak sxemada ulanadi. Yulduz sxemada ulanishda xar bir fazaning boshlanishi uch fazali tarmoq manbaiga yoki yuklamaga, oxirlari (x, u, z) esa nolinchi o‘tkazgich chiqariladigan umumiy nuqtaga ulanadi. 3.12−rasm. Uch fazali transformatorning sxemasi Bir fazaning boshlanishi va ikkinchi fazaning oxirining ulanish nuqtasiga uch fazali tarmoqqa ulanadi. Uch fazali ikki cho‘lg‘amli transformatorlar uchun cho‘lg‘amlarning Y/Y-, Y-/∆, Y/∆, ∆/Y- guruhli ulanishlari qabul qilingan. Sur’atdagi belgi birlamchi cho‘lg‘amga, mahrajdagi belgi esa ikkilamchi cho‘lg‘amga tegishli bo‘ladi. Agar cho‘lg‘am chiqarilgan nolinchi nuqtaga ega bo‘lsa belgilashlarda Y- kabi ko‘rsatiladi. Parallel ishlashga ulanish uchun transformatorlar 0 dan 11 gacha bo‘lgan guruhlarga birlashtiriladi, ularni Y/Y–0 (12), Y/∆-11 (3 yoki 7) tarzda belgilanadi. Uchburchak sxemada ulanishda birinchi fazaning oxiri, ikkinchi fazaning boshlanishi bilan, ikkinchi fazaning oxiri uchinchi fazaning boshlanishi bilan, uchinchi fazaning oxiri esa birinchi fazaning boshi bilan ulanadi (3.13−rasm). 3.13−rasm. Cho‘lg‘amlarni yulduz va uchburchak sxemalarida ulanishi chizmasi Uch fazali transformatorning guruhi birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar ulanish sxemalariga, ularning o‘ralish yo‘nalishlariga va uchlarining belgilanishiga bog‘liq bo‘ladi. Birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar chiziqli EYuKlari vektorlari orasida birligi 30o ga teng bo‘lgan burchak siljishi bor. Bu siljish o‘ralish yo‘nalishiga va cho‘lg‘amlarning ulanish sxemasiga bog‘liq bo‘ladi. 3.14–rasm. Y/Y ulanishda transformator guruhini aniqlash chizmasi Burchak siljishini aniqlash uchun soat milidan foydalaniladi, bunda har bir son boshqasiga nisbatan 30oga surilgan. Agar transformator Y/Y bo‘lsa bunda bir xil nomdagi birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar sterjenda joylashadi va bir xil yo‘nalishda o‘raladi, birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar kuchlanishlari vektorlari yo‘nalish bo‘yicha mos tushadi, ya’ni ularning surilishi 0 ga yoki 12 ga teng bo‘ladi, u holda Y/Y–0 guruhni olamiz. Agar ikkilamchi cho‘lg‘amda fazalar o‘rnini almashtirsak, bir xil nomdagi chiziqli kuchlanishlar vektorlari orasida (A-X, a-x) 120o burchakka surilish vujudga keladi (soat mili 4 ni ko‘rsatadi), ya’ni Y/Y–4 guruhdagi transformatorni olamiz (3.14 va 3.15-rasmlar). 3.15–rasm. Ikkilamchi cho‘lg‘am fazalari almashtirilganda Y/Y ulanishdagi transformator guruhini aniqlash chizmasi Transformatorning 3 fazali cho‘lg‘amlari Y/Y sxemada ulanganida istalgan juft guruhni olish mumkin. Transformatorning cho‘lg‘amlari Y/∆, ∆/Y sxemalarda ulanganida esa istalgan toq guruhlarni, ya’ni 1,3,…,11 guruhlarni olish mumkin. Y/Y-0, Y/∆-11, Y/∆-11 guruhlar standart guruhlar hisoblanadi, A faza sariq, V faza yashil va S faza qizil ranga bo‘yaladi. Fazalar sonini o‘zgartiradigan transformatorlar Ba’zi bir hollarda (MT sxemalarida, kabel magistrallarida, to‘g‘rilagichlarda va boshqalarda) uch fazali o‘zgaruvchan tok tarmog‘ini boshqa sonli fazalar tarmoqqa o‘zgartirish kerak bo‘ladi [11,12]. 3.16–rasm. Uch fazali tarmoqni olti fazali tarmoqqa aylantiruvchi sxema Uch fazali tarmoqni olti fazali simmetrik tarmoqqa o‘zgartiruvchi transformatorni ko‘rib chiqamiz (3.16–rasm). Buning uchun oddiy uch fazali transformatorda ikkita ikkitalik (a, v, s va a', b', c',) o‘ramli, lekin o‘ralish yo‘nalishlari qarama-qarshi bo‘lgan cho‘lg‘amlar qilinadi. Barcha cho‘lg‘amlar “Y” sxemada ulanadi. Ikkilamchi a, v, s cho‘lg‘amlarda birlamchi cho‘lg‘amlar EYuKlari fazasiga mos tushadigan, a', b', c' cho‘lg‘amlarda esa, birlamchi cho‘lg‘amlar EYuKlari fazasiga qarama–qarshi bo‘lgan EYuKlar induksiyalanadi. Agar ikkilamchi cho‘lg‘amlar nolinchi nuqtalarini birlashtirsak, ikkilamchi zanjirda simmetrik fazali sxema hosil bo‘ladi. Download 484.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling