3-Ma’ruza. Avtotransformatorlarlar. O‘lchov transformatorlari. Kuchlanish va tok transformatorlari. Uch fazali zanjirlar. Uch fazali transformatorlar Reja


Transformatorlarning parallel ulanishi


Download 484.3 Kb.
bet6/7
Sana07.03.2023
Hajmi484.3 Kb.
#1247218
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza №3

Transformatorlarning parallel ulanishi

Transformatorlar parallel ulanganida ularning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari umumiy shinalarga alohida–alohida ulanadi (3.18–rasm).


Parallel ishlashga istalgan sondagi transformatorlar ulanishi mumkin, lekin bunda qator shartlar bajarilishi kerak bo‘ladi:
─ transformatorlar birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari nominal kuchlanishlari teng bo‘lishi;
─ transformatorlar bir guruhga tegishli bo‘lishi;
qisqa tutashuv kuchlanishlari, ularning aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari teng bo‘lishi.
Birinchi shart parallel ishlayotgan transformatorning transformatsiyalash koeffitsiyentlari tengligini bildiradi, bunda ikkilamchi cho‘lg‘amlarda induksiyalanadigan EYuKlar teng va qarama-qarshi yo‘nalishda, ularning geometrik yig‘indisi nolga teng bo‘lishi uchun bitta shinaga transformator cho‘lg‘amlarining bir xil nomlardagi chiqishlari (a1 bilan a2 va h. k.) ulanishi kerak bo‘ladi, u holda transformatorlar orasida hech qanday tok vujudga kelmaydi. Agar bu shart bajarilmasa, ya’ni n1n2 va Ye21Ye22 bo‘lsa, transformatorlar orasida IT tenglovchi tokni vujudga keltiradigan Ye2 tashkil etuvchi paydo bo‘ladi. Qisqa tutashuv qarshiliklari kichik bo‘lganligi uchun IT juda katta bo‘lishi mumkin [5,12].


3.18–rasm. Transformatorlarning parallel ulanishi


Ikkinchi shart transformatorlar birlamchi cho‘lg‘amlari umumiy tok manbai tarmog‘iga ulanishini bildiradi. Shuning uchun cho‘lg‘amlarning ulanish guruhlaridan chiziqli EYuKlar vektorlari faza bo‘yicha mos tushadi. Agar parallel ulanadigan transformatorlar guruhlari bir xil bo‘lsa, ikkilamchi cho‘lg‘amlar chiziqli EYuKlari vektorlari mos tushadi va tenglovchi toklar yo‘q bo‘ladi. Agar transformatorlar guruhlari bir xil bo‘lmasa, bu vektorlar faza bo‘yicha mos tushmaydi va ularning geometrik yig‘indisi nolga teng bo‘lmaydi, natijada katta tenglovchi toklar vujudga keladi.
Uchinchi shart qisqa tutashuv kuchlanishi, uning aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari parallel ishlashda har bir transformator yuklamasini aniqlashini bildiradi. Agar bu kuchlanishlar teng bo‘lmasa, yuklama transformatorlar orasida notekis taqsimlanadi, kichik qisqa tutashuv kuchlanishili transformatorda yuklama ko‘proq bo‘ladi.



Download 484.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling