O‘lchov transformatorlari. Kuchlanish va tok transformatorlari
Ko‘pincha katta tok va kuchlanishlarning o‘lchash noqulay bo‘ladi, chunki bunda o‘lchash asboblarini yasash va ishlatish murakkab bo‘ladi. O‘zgaruvchan toklar va kuchlanishlar o‘lchash chegaralarini kengaytirish va yuqori kuchlanishdan o‘lchash asboblarini izolyatsiyalash uchun tok va kuchlanish transformatorlari mavjud [1,5,12].
Tok transformatorlari. Tok transformatorlari katta qiymatli (40Agacha) tokni kichik qiymatli tokga o‘zgartirib beradi va birlamchi cho‘lg‘amdagi har kanday tok qiymatida ikkilamchi cho‘lg‘amdagi tok qiymati 5Adan oshmaydi.
Birlamchi cho‘lg‘amdagi tokning qiymatiga ko‘ra, ular 1 Adan 40 kAgacha bo‘lgan 40 gradatsiyaga ega. Ikkilamchi cho‘lg‘am nominal toki 1A, 2A, 2,5A va 5A bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi cho‘lg‘amlar bir nechta bo‘lishi mumkin. Sxemada tok transformatori 3.2– rasmda ko‘rsatilgan tarzda belgilanadi.
B irlamchi cho‘lg‘am (L1-L2) bir yoki bir necha juda katta kesimli simli o‘ramlardan tashkil topadi va yuklama zanjiriga ketma–ket ulanadi. Tok o‘lchanadigan (U1-U2) ikkilamchi cho‘lg‘am kichik kesimli simlardan ko‘p sonli o‘ramli tarzda bajariladi va kichik qarshilikga ega bo‘lgan ampermetr yoki boshqa asbob g‘altagiga ketma-ket ulanadi (hisoblagich, vattmetr va h.k ), ya’ni tok transformatori qisqa tutashuvga yaqin bo‘lgan rejimda ishlaydi. Uning magnit tizimi muvozanatga ega emas. Agar birlamchi cho‘lg‘amdagi tok o‘zgarganida, ikkilamchi cho‘lg‘am zanjiri uzilsa, ya’ni I2=0 bo‘lsa, I1 kamaymaydi, u holda magnit zanjirida juda katta magnit oqimi hosil bo‘ladi, bu o‘zakni ruxsat etilmaydigan qizishini keltirib chiqaradi, xayot uchun xavfli va ikkilamchi cho‘lg‘am izolyatsiyasini buzilishiga olib keladi. Xavfsizlikni ta’minlash uchun tok transformatori ikkilamchi cho‘lg‘ami yerga ulanadi. Ishlayotgan tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amlarini ajratib bulmaydi. U1-U2 zanjirga asboblar shunday ulanadiki, asbobdagi tokning musbat yunalishi nazorat qilinadigan zanjirdagi tok yo‘nalishi bilan mos tushishi kerak.
3.2–rasm. Tok transformatorining sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |