3-Ma’ruza. Avtotransformatorlarlar. O‘lchov transformatorlari. Kuchlanish va tok transformatorlari. Uch fazali zanjirlar. Uch fazali transformatorlar Reja


Download 484.3 Kb.
bet3/7
Sana07.03.2023
Hajmi484.3 Kb.
#1247218
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza №3

Kuchlanish transformatorlari. Ular kichik quvvatli transformatorlar bo‘lib ko‘p sonli o‘ramli (A-X) birlamchi cho‘lg‘amlari o‘lchanadigan tarmoqning chiziqli simlariga ulanadi, (a-x) ikkilamchi cho‘lg‘am esa voltmetrga yoki katta qarshilikka ega bo‘lgan boshqa asbobga ulanadi (3.3−rasm).
T ransformatsiyalash koeffitsiyenti shunday tanlanadiki, tarmoq nominal kuchlanishida ikkilamchi cho‘lg‘am kuchlanishi 100 V yoki 200 V dan oshmasin.
3.3−rasm. Kuchlanish transformatorining sxemasi
Kuchlanish transformatorlari shunday ulanishi kerakki, asbobga birlamchi kuchlanishga faza bo‘yicha mos tushadigan ikkilamchi kuchlanish berish kerak bo‘ladi. Chunki ikkilamchi cho‘lg‘am qarshiligi yetarlicha katta bo‘lganligi uchun kuchlanish transformatorini salt ishlashga yaqin rejimda ishlaydi deb hisoblash mumkin, ya’ni ikkilamchi cho‘lg‘amdagi tok 0 ga yaqin bo‘ladi. Shunday qilib, birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘am kuchlanishlari bu cho‘lg‘amlar EYuKlariga teng bo‘lgan son jihatdan n martaga transformatsiyalash koefitsiyentiga farq qiladi.
Transformatsiya koeffitsiyentini bilgan holda voltmetr ko‘rsatishlari bo‘yicha U1 kuchlanishni aniqlash mumkin. Agar ikkilamchi zanjirdagi tok ortsa, U2 kuchlanish o‘zgaradi va o‘lchash aniqligi ikkilamchi cho‘lg‘amdagi kuchlanishning pasayishi hisobiga kamayadi. Chunki bu transformatorning birlamchi cho‘lg‘ami yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulangan va past kuchlanishli tarmoqqa o‘tishi yuz berishi mumkin, u holda ishlatishda ikkilamchi cho‘lg‘am yerga ulanadi.


Uch fazali zanjirlar
Yuqorida f chastotali sinusoidal EYuKka ega bo‘lgan elektr zanjirlar haqida aytgan edik. Uning grafigi 3.4−rasmda keltirilgan. Lekin umumiy elektr energiya manbai hosil qiladigan, faza bo‘yicha o‘zaro qandaydir burchakka surilgan, bir xil chastotali sinusoidal EYuKlar elektr zanjirlar birligini yaratishi mumkin. Elektr zanjirlarning bunday birligi ko‘p fazali tizim deyiladi [5,12].


3.4−rasm. Bir fazali sinusoidal EYuK grafigi




3.5−rasm. Ikki fazali sinusoidal EYuK grafigi


Ko‘p fazali tizim toklaridan biri oqib o‘tadigan elektr zanjirlar tizimining qismi faza deyiladi (3.5−rasm).
Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti tizimlarida ko‘p fazali, ya’ni 2 fazali, 3 fazali, 6 fazali tizimlar keng qo‘llaniladi. Bu tizimlarni ko‘proq tarqalgan 3 fazali tizim misolida ko‘rib chiqamiz (3.6−rasm).
Ko‘p fazali tizim alohida fazalari orasidagi surilishi burchagi quyidagicha aniqlanadi.
, (3.7)

bu yerda 2π–ta’minot kuchlanishining davri (360o), m–tizimdagi fazalar soni. Agar g‘altakni doimiy magnit maydoniga joylashtirib uni aylantira boshlasa unda ye=Yem×sinwt EYuK induksiyalanadi, bu yerda w–burchakli tezlik.


3.6-rasm. Doimiy magnit maydoniga g‘altak joylashtirilganda bir fazali EYuKning olinishi


Endi ana shu magnit maydoniga o‘qlari fazoda bir-birlaridan 120o ga surilgan 3 ta bir xil g‘altakli tizimni joylashtiramiz (3.7−rasm).


Agar g‘altaktaklardan tashkil topgan tizimni w burchakli tezlik bilan aylanishiga majburlansa, ularda uch fazali EYuK tizimi vujudga keladi. Agar A g‘altak alohida olinsa, u holda unda bir fazali tizimdagidek eA=Em×sinwt EYuK vujudga keladi.

3.7−rasm. Doimiy magnit maydonida 3 ta g‘altak joylashtirilganda uch fazali EYuKning olinishi


Ko‘p fazali tizimning alohida cho‘lg‘amlari ulanishining bir necha sxemalari mavjud. 3 fazali tizim uchun asosiy ulanish sxemalari yulduz va uchburchak ulanish sxemalari hisoblanadi.




3.8−rasm. Uch fazali EYuKning grafik orqali tasvirlanishi


V g‘altak A g‘altakdan fazoda unga nisbatan 120o ga surilgani bilan farqlanadi. Demak, unda ham A g‘altakdagi EYuK induksiyalanadi, lekin undagi barcha jarayonlar V g‘altak A g‘altakni o‘rnini egallashga vaqtingacha kechikadi. G‘altakning bir marta to‘liq aylanishiga sinusoidal EYuKning bitta T davri mos kelgani uchun 120o burilishga T/3 vaqt mos keladi, u holda eV = Em×sin(wt-120o) bo‘ladi. A va S g‘altaklar orasidagi burchak 240º ga teng, u holda eS =Em·sin(ωt+120˚). Bu EYuKlar grafik jihatdan 3.8−rasmda tasvirlangan.


«Y» yulduz ulanishda barcha fazalar oxirlari bir nuqtaga, uchlari esa yuklamaga ulanadi. Uning grafik ko‘rinishi 3.9−rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishda bo‘ladi.
Bu sxemada faza boshi va nolinchi nuqta orasidagi kuchlanish fazaviy kuchlanish (Uf), ikkita fazalar boshlanishlari orasidagi kuchlanish esa chiziqli kuchlanish (Uchiz) deyiladi. Ular odatda faqat o‘zaro simmetrik, ya’ni UA=UB=UC=Uf; UAV=UVS=UAS=Uchizbo‘ladi.


3.9−rasm. Uch fazali cho‘lg‘amning «Y » sxemada ulanishi


Uch fazali cho‘lg‘am «Y» sxemada ulangandagi kuchlanishlar vektor diagrammasi 3.10−rasmda keltirilgan. Binobarin Uchiz= ×Uf , yulduz sxema uchun Ichiz = IF bo‘ladi.


3.10−rasm. Uch fazali cho‘lg‘amning «Y» sxemada ulangandagi vektor diagrammalari


Uch fazali cho‘lg‘am «Δ» sxemada ulanganda har bir fazaning oxiri, keyingi fazaning boshi bilan ulanadi. Uchburchakning uchlariga yuklama ulanadi. Uch fazali cho‘lg‘amning «Δ» sxemada ulangandagi vektor diagrammalari 3.11−rasmda keltirilgan.


3.11−rasm. Uch fazali cho‘lg‘amning «Δ» sxemada ulangandagi vektor diagrammalari


Bunday ulanishda UA=UV=US=UAV=UVS=UAS, ya’ni Uchiz = Uf, yuklama simmetrik bo‘lganida esa bo‘ladi.





Download 484.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling