3-маъруза. Дастгоҳларнинг асосий қисмларини ишлаб чиқариш технологияси


Download 46.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.11.2023
Hajmi46.69 Kb.
#1742005
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза CAD

CAD tizimlari (computer aided design – kompyuter yordamida loyihalash) asosan
kompyuterda
chizma
g‘oyalarini
loyihalash
va
konstruktorlik
hujjatlarini
rasmiylashtirishga mo’ljallangan. Odatda hozirgi zamon CAD tizimlari moduliga uch
o‘lchamli konstruksiyalar (detallar)ni yaratish (loyihalash) va chizma konstruktorlik
yozma hujjatlarini (spetsifikatsiya, qaydnomalar va h.k.) rasmiylashtirish kiradi.
CAM tizimlari (computer aided manufacturing - kompyuter yordamida ishlab
chiqarish) mahsulot ishlab chiqarish jarayonini raqamli dasturiy boshqaruv (RDB)
dastgohlarda loyihalashga qaratilgan va ushbu dastgohlar uchun dasturlar yozishga
mo‘ljallangan, ya’ni – frezerlash, parmalash, jilvirlash, tokarlik va shu kabi dastgohlar.
CAM tizimlarini yana texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish
tizimlari deb ham tushunish mumkin. Bugungi kun amaliyotida ular murakkab profilli
detallarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonini qisqartirishda yagona tizim
hisoblanadi. CAM tizimlarida CAD tizimlari asosida loyihalangan mahsulotning uch
o’lchamli modellaridan foydalaniladi.
CAE tizimlari (computer aided engineering – kompyuter yordamida muhandislik
hisob-kitoblarni bajarish) keng qamrovli tizim bo’lib, ushbu tizimlarda aniq
muhandislik hisoblash ishlari, ya’ni: mustahkamlik va bikrlikni hisoblash, issiqlik
jarayonlarini
analiz
qilish
va
modellashtirish,
gidravlik
tizimlar
va
mashinalarni hisoblash ishlarini loyihalash, quyma jarayonlarini loyihalash kabi
hisoblash ishlari olib boriladi. CAE tizimlarida ham CAD tizimlari asosida yaratilgan
mahsulotning uch o’lchamli modellaridan foydalaniladi. CAE tizimlarini yana
muhandislik tahlil tizimlari deb ham yuritiladi.


Zamonaviy texnologiya - ishlab chiqarish sharoitida kam sarf-harajat bilan
yuqori sifatli mahsulotni olish usulidir.
Zamonaviy texnologiya kompleksi quyidagi farqli yutuqlarni beradi:

1) yuqori darajali mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni;

2) kam mehnat sarflashni;

3) sodir etuvchi jarayonlarni hamma parametrlari bo‘yicha ma’lumotlar
bera-olishni ta’minlash;

4) texnologik qurilmaning asosiy qisimlarini diagnostikasi;

5)
qayta
aloqa
qilish
yo‘li
bilan
jarayonlarni
boshqarishni
avtomatlashtirish, modellashtirish va echimini berish imkonini yaratish;

6) jarayonni intelektual boshqarish;

7) ishdan chiqish holatlarini avtomatik ravishda ogohlantirish va ularni
tiklash;

8) ekologik himoyalanganligi, chiqindisiz texnologiya bilan ta’minlash,
zararli chiqindilardan mustasnoligini ta’minlash va shunga o‘xshashlar.



Yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
zamonaviy progressiv texnologiyani asosiy ko‘rsatkichi usiz
ishlab chiqarishga sarflanadigan mehnat sarfini ko‘paytiradi va
natijada mahsulotni tannarxi oshadi.
Har bir loyihalangan va qo‘llanilgan konstruksiya uchta
asosiy talablarga javob berishi kerak: texnik, sotsial va
iqtisodiy. Bu talablar ko‘pincha qarama-qarshi xarakterda
bo‘ladi va konstruktorni vazifasi juda ko‘p yechimlarning
ichidan uchala talabga eng ko‘p mos keluvchisini tanlab
olishdir.


Texnikaviy jihatdan konstruksiya zamonaviy fan va
texnika yutuqlari darajasida bo‘lishi va talab qilingan
texnologik
va
ishlab
chiqarish
topshiriqlarini
to‘liq
bajarishi kerak.
Eng asosiy talablardan bittasi bu iqtisodiy talabdir.
Eng progressiv konstruksiyani yaratish vazifasini shunday
echish kerakki loyihani bajarish kostruktiv va texnikkina
emas balki iqtisodiy jixatdan xam maqsadga muvofiq
bo‘lishi kerak.



Tajriba konstruktorlik ishlari(TKI)ni bajarish uchun
boshlang‘ich xujjat bo‘lib texnik topshiriq hisoblanadi.
Loyihalashni umumiy tartibi, texnik topshiriqni kelishib
tasdiqlatish, texnik hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish,
tajriba namunalarini(tajriba partiyalarini) sinab ko‘rish.
Loyihalanayotgan mahsulot texnik darajasi va sifati
bo‘yicha uni ishlab chiqarishga qo‘yish vaqtida yuqori
kategoriya
talablariga
mos
kelishi
kerak.
Iqtisodiy
asoslangandagina
birinchi
kategoriyali
mahsulotni
loyihalash bajariladi. Texnik topshiriqni sinov namunasini
qabul
sinovlarida
ko‘rsatilgandan
keyin
o‘zgartirib
bo‘lmaydi.
TKI natijalari bo‘yicha konstruktorlik hujjatlari ishlab
chiqiladi.


Konstruktorlik hujjatlari – bu grafik va yozma
xujjatlar
bo‘lib qaysiki u alohida yoki birgalikda
mahsulotni tuzilishi va tarkibini aniqlaydi va uni ishlab
chiqarish yoki tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish,
ekspluatatsiya va ta’mir qilish uchun kerakli kattaliklardan
iborat bo‘ladi.
Konstruktorlik
xujjatlarining
ko‘rinishi
va
komplektliligi, mashinasozlikning barcha tarmoqlarida
ishlab chiqiladigan mahsulotlar uchun GOST2.102-68da,
loyiha ishlab chiqarish stadiyasi - GOST 2.103-68,
konstruktorlik xujjatlari va mahsulotni belgilanishi - GOST
2.201-80da belgilangan.
Konstruktorlik
hujjatlarni
ishlab
chiqarish
bosqichlarini
bajarish
shartlari
texnik
topshiriqda
belgilanadi.


Loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnik taklif, eskiz va
texnik
loyihalar)da
kattaliklar
beriladi,
mahsulotni
loyihalash uchun kerakli kattaliklar, ishchi konstruktorlik
hujjat kattaliklari .
Texnik taklif bosqichida konstruktorlik hujjatlari
ishlab chiqiladi. Bu hujjatlar texnik topshiriqni tahlili
asosida taklif qilinayotgan texnik echimlarga asoslanadi.
Bunda unda ko‘rsatilgan talablar va xarakteristikalarni
realizatsiya qilish imkoniyati hisobga olinadi, taklif
qilinayotgan va hozirda bor mahsulot o‘zaro solishtirilib
baxo beriladi, patent materiallari ham hisobga olinadi.
Yuqori darajada avtomatlashtirish mehnat sarfini
kamaytiradi
-
mahsulotni
ishlab
chiqarishda
ishchi
mehnatidan foydalanishni kamaytiradi.


Agarda texnologik jarayonda va texnologik jihozni
qism (bo‘g‘in) larda sodir bo‘ladigan ma’lumotlarni
elektron hisoblash mashinaga (EHM) dastur orqali kiritilsa,
texnologiyani boshqarish avtomatlashtirilishi mumkin.
EHMni dasturli ta’minoti. Texnologiyani matematik
modellashtirish asosida bo‘lishi kerak. Nazorat qilinuvchi
parametrlarining u yoki bu qiymatlarini birgalikda olib,
model yordamida EHM orqali shu vaqtni o‘zida hamma
tizimning holatini ish bajaruvchi mexanizmlar orqali
buyruq berish bilan “qayta tiklaydi”, agar zarur bo‘lsa, uni
holatiga korrektirovka (tuzatish) kiritishi mumkin. Alohida
olingan texnologik jarayonlarning matematik modeli ko‘p
o‘lchamli va o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak.



Download 46.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling