3-maruza. Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilganlar turlari. Reja


Download 29.94 Kb.
bet6/8
Sana02.11.2023
Hajmi29.94 Kb.
#1739474
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-maruza. Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilg-www.hozir.org

Ko’rinishi


Tavsif

'\\'

Teskari slesh

'\0'

Satrni yakunlash belgisi

'\a'

Alert (Signal)

'\b'

Kursorni bitta belgi orqaga qaytarish

'\f'

Sahifani o’tkazish

'\n'

Yangi qatorga o’tkazish

'\r'

Kursorni ayni qatorning boshiga o’tkazish

'\t'

Navbatdagi tabulyatsiya joyiga o’tkazish

'\v'

Vertikal tabulyatsiya

'\u'

Unicode ketma-ketligi

'\''

Bittalik qo’shtirnoq, (Sleshdan keyingi apostrof),

'\"'

Ikkilik qo’shtirnoq, (sleshdan keyingi)


String tipi

C# tilida standart char turiga qo’shimcha sifatida string turi kiritilgan va u String sinfi ko’rinishida amalga oshirilgan. Bu turdagi satr uchun ‘\0’ belgisi tugash belgisi hisoblanmaydi va u oddiygina belgilar massivi sifatida qaraladi.

char tipidagi o’zgaruvchini initsializatsiyalash bittalik apostrof(‘ ’) ichida bo’lsa, string tipidagi o’zgaruvchida esa qo’shtirnoq ishlatiladi(“”). Masalan:
string s="Matn";

string s="a";


char c='a';
Yuqoridagi s va c ning qiymatlari bir xil bo’lgani bilan, ular turli xil tipga tegishli bo’lgani uchun xotiradan turli qiymatdagi joyni egallaydi.

Satrlar bilan ishlashda ularning uzunligini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz quyidagi funksiyani ko’rib o’taylik:


string s="Matn";

string c1 = "";


char c='a';
int n=s.Length;
int n1 = c1.Length;
Bu yerda Length – s satr uzunligini hisoblash funksiyasi. n=4 va n1=0 qiymatlarni qabul qiladi. Chunki c1 matni bo’sh.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, String tipidagi o’zgaruvchining o’lchami xotiradan dinamik ravishda joy egallaydi. Ya’ni unga dastur davomida matn qo’shib borish mumkin. Masalan:


string c1 = "Salom";

string c2 = " Dunyo!";


c1 = c1 + c2;
Console.WriteLine(c1);
Bunda natija: Salom Dunyo!

Ko’plab integrallashgan muhitlarda podskazchik (“aytib turuvchi”) mavjud bo’lib, u orqali ko’plab funksiyalarni ko’rishimiz mumkin. Ushbu funksiyalarning string tipiga tegishlilaridan foydalanib quyidagi dasturni ko’rib chiqaylik (2.5-listing). Bu dasturda ayrim funksiyalarning vazifasini dasturni bajarib tushinib olishingiz mumkin.




Download 29.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling