3-маруза. ИҚтисодий фаолият ва ишлаб чиқариш


Ishlab chiqarish samaradorligi, uning ko‘rsatkichlari va omillari


Download 1.25 Mb.
bet4/6
Sana22.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1378369
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 MAVZU ISHLAB CHIQARISH JARAYONI, UNING NATIJALARI VA SAMARADORLIGI

5. Ishlab chiqarish samaradorligi, uning ko‘rsatkichlari va omillari

  • Samaradorlik — bu «natija» va «xarajat»lar nisbatidir.
  • Samaradorlik ishlab chiqarish pirovard natijasining qilingan resurs xarajatlariga nisbatining foizdagi ifodasidir.
  • Samaradorlikni asosiy ko‘rsatkichlari.
  • Foyda normasi (R'), ya'ni olingan foydaning (R) iqtisodiy resurs xarajatlariga (Ux) nisbati
  • R'= R/ Ux*100 yoki R'= foyda/xarajat*100%

Samaradorlik iqtisodiy resurslarning alohida turlari bo‘yicha ham aniqlanadi

  • Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi (U) – mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini xarakterlaydi.
  • Bu ko‘rsatkich vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (M) bilan yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan vaqt (V) bilan aniqlanadi.
  • MU=M/V
  • Kapital samaradorligi — kapital unumdorligi (Uk) ko‘rsatkichida aniqlanadi. U kapital birligi (K) hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Y) yoki bajarilgan ish (Y1) hajmini ko‘rsatadi.
  • Uk = Y / K yoki Uk= Y1/K
  • Yerdan foydalanish samaradorligi — ekin maydonlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi ko‘rsatkichida ifodalanadi. Alohida ekin turlari hosildorligi ham yerlardan foydalanish unumdorligini ko‘rsatadi.
  • UN = YN / N;

Samaradorlikni aniqlashda mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.

  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari:
  • fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish;
  • ishlab chiqarish intensivligini ta'minlaydigan texnologiyalarni qo‘llash;
  • ishlab chiqarishni to‘g‘ri joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash;
  • iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini importning o‘rnini bosadigan va eksportga layoqatli tovarlar ishlab chiqarishni ta'minlaydigan tarzda o‘zgartirish;
  • ishlab chiqaruvchilarning o‘z mehnatlari natijalaridan manfaatdorligini ta'minlash;
  • tabiiy, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish;
  • xodimlar malakasini oshirish va yetuk mutaxasislar tayyorlash.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling