3-Ma’ruza. Kartografik proyeksiyalar haqida tushuncha
Download 453.92 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Ma\'ruza
3-Ma’ruza. Kartografik proyeksiyalar haqida tushuncha. Kartografik proyeksiyalarning xatoliklari xususiyati bo‘yicha klassifikatsiyasi (tasnifi) Kartaning matematik asosi — uning matematik elementlari maj- muidan tarkib topib, ular tasvirlanayotgan yuza va karta o'rtasidagi matematik aloqani belgilaydilar. Proyeksiya, masshtab, geodezik asos, shuningdek komponovka va razgrafka sistemasi kartaning matematik asos elementlari bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi elementlar Yer yuzasini tekislikda (qog‘ozda) tasvirlashda karkas (qobirg'a) vazifasini bajara- dilar. Boshqacha aytsak, kartaning matematik asos elementlari — Yer yuzasini tekislikda ma’lum matematik qonun va qoida asosida to‘g‘ri va aniq tasvirlash imkonini beradi. Masshtab kartografik modelni (ya’ni kartani) fazoviy chegaralarini aniqlaydi. Kartada o‘ichash mum- kin bo‘lgan aniqlik, karta mazmunining mukammalliligi, binobarin kartografik tasvirning aniqligi bevosita uning masshtabiga bog‘liq bo'ladi, Karta masshtabining yirik yoki maydaligi uning maqsadiga qarab belgilanadi. Ellipsoid yoki shar yuzasini tekislikda matematik yo‘l bilan to‘g‘ri aks ettirishga kartografik proyeksiya deyiladi. Karta tuzishda dastlab meridian va parallel chiziqlari chiziladi va ular bir-biri bilan kesishib kartografik to‘r hosil qiladi. So‘ngra bu to'rga planli asos (tayanch) punktlari tushiriladi. Shundan keyin u boshqa geografik obyektlar bilan to‘ldiriladi, Har bir alohida olingan kartaning kartografik to‘ri shu kartaning oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda ma’lum bir proyeksiyada chiziladi. Kartografik to‘r chizilganda tasvirlanishi kerak bo‘lgan hudud dastlab tuzilayotgan karta masshtabidagi globus yuzasiga (sirtiga) tushirilgan deb faraz qilinadi. Globus — Yer sharining kichraytirilgan modeli bo‘lib, Yeming tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (quruqliklar, okeanlar, ularning bo'laklari) nisbatini eng to‘g‘ri va ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. Globus dunyo okeani va materiklar qiyofasi hamda ularning bir- biriga nisbatan qanday joylashganligi to‘g‘risida aniq tasawur beradi. Globus yuzasining hamma qismida masshtab bir xil, ya’ni o‘zgarmas bo‘ladi (2.1- va 2.2- rasmlar). 2.2-rasmda tasvirlangan globus Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘z- bekiston Milliy Universiteti) buyurtmasiga binoan 1979—1984-yillarda Perm davlat universiteti laboratoriyasida yasalgan bo‘- lib, uning diametri 196 sm, og‘irligi esa 490 kg. Globusning yuzasi 13 m2 yaqin. Download 453.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling