3-Ma’ruza. Kartografik proyeksiyalar haqida tushuncha
Download 453.92 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydonlar xatoligi
- Shakl xatoligi
Burchaklar xatosi shundan iboratki, kartadagi burchaklar Yer yuzasidagi shunga
mos burchaklarga teng bo‘lmaydi. Burchaklar xatoligi konturlaming shaklidagi xatolikni keltirib chiqaradi. Kartadagi figuralar yer yuzasidagi shunga mos figuralar shakliga o‘xshamaydi, shuning uchun karta bo‘yicha u yoki bu geografik obyektning haqiqiy shakli to‘g‘risida fikr yuritish mumkin emas. Maydonlar xatoligi shundan iboratki, kartadagi maydonlar masshtabi joy o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Masalan, ayrim kartalarda ekvatordan qutblarga tomon uzoqlashayotgan paytda kartografik to‘r trapetsiyalarining maydoni aslidagiga o‘xshab nafaqat kichrayadi hatto kattalashadi. Bu esa kartani har xil joyida joylashgan har xil figuralarning maydonini o‘lchash hamda ularning maydoni bo‘yicha bir biriga taqqoslashni qiyinlashtiradi. Shakl xatoligi shundan iboratki, obyektlarning kartadagi shakli (figurasi) joydagi o‘ziga mos geografik obyektlar shakliga (figurasiga) o c xshamaydi. Kartografik proyeksiyalar nazariyasida Yer ellipsoid yuzasidagi cheksiz kichik doirachalar tekislikda ellips bilan tasvirlanadi va xatoliklar ellipsi deb yuritiladi (2.5-rasm). Kartadagi xatoliklaming hamma turlari bir-biri bilan bog‘langan va ulardan bittasi o‘zgarishi ayni paytda boshqasi o‘zgarishiga olib keladi. Kartada ular xuddi bir-biriga qarama-qarshi turgandek va ulardan bittasi kamayishi o‘sha paytda boshqasining kattalashishiga olib keladi (2.6-rasm). 3 Bir paytning o‘zida ham maydonlar tengligini, ham shakllar (figuralar) o‘xshashligini va chiziqlar uzunligini saqlab qoladigan kartografik proyeksiya yo‘q (2.7-rasm). Kartografik proyeksiyalarni tasniflash ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan asosiy belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi: 1) xatoliklar xarakteri (xususiyati) bo‘yicha va 2) yordamchi geometrik yuzadan foydalanish usuli (kartografik to‘mi tuzish) bo‘yicha. Kartografik proyeksiyalar xatoliklar xarakteriga ko‘ra teng burchakli, teng maydonli va ixtiyoriy proyeksiyalarga bo‘linadi. Download 453.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling