3-Ma’ruza. Kartografik proyeksiyalar haqida tushuncha


Download 453.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi453.92 Kb.
#1544881
1   2   3
Bog'liq
3-Ma\'ruza

2.1-rasm. Geografik 
globus. 


Bu globusni buyurttirish va olib kelish tashabbuskori 
geografiya fanlari doktori, professor X.X. Hasanov bo‘lgan. 
Globusning masshtabi ikki xil: gorizontal masshtabi 1:7 000 
000, vertikal masshtabi esa 1:2 000 000. Globusda yer yuzasi 
shakllari bo‘rtma usulda, landshaftlar rang- lar bilan 
tasvirlangan. Landshaftlarga rang tanlashda yerning koinotdan 
olingan suratlaridan foydalanilgan. 
Karta ham globusni o‘zi yoki uning bir qismidir. 
Ulaming farqi shundaki, kartada Yer yuzasi tekis qog‘ozda 
tasvirlanadi. Biroq sferik (egri) yuzani tekislikka tushir- ganda 
bu yuzaning kartadagi maydonida, shaklida, burchaklarida va 
uzunlildarida har xil xatoliklar ro‘y beradi (2.3-rasm). 
Har qanday holatda Yer yuzasini tekislikda tasvirlaganda 
ikkita asosiy talab albatta bajarilgan bo'lishi lozim, chunonchi 
tasvirning bir xilligi va uzluksizligi ta’miniangan bo‘lishi shart. 
Bu demak, birinchidan, Yer yuzasidagi har bir nuqtaga kartada 
faqat bitta nuqta mos keiishi kerak va ikkinchidan, kartografik tasvirda uzilgan 
joylar (yerlar) bo‘lmasligi lozim. Bu talabni bajarish uchun kartograf uzilgan 
joylarda teng cho‘zish va aksincha, bekilib (ya’ni ustma-ust tushib, yopilib) qolgan 
joylarda esa teng siqish ishiarini amalga oshiradi. 
2.3 rasm. Meridianlar bo‘yicha zonalarga (tilimlarga) bo‘lingan globus yuzasi. Yerning egri 
yuzasini tekislikda uzilishlarsiz tasvirlab l>o‘lmasligini tasdiqlovchi sxema. 
2.2-rasm. 
Mirzo Ulug‘bek 
nomidagi 
O‘zbekiston Milliy 
universiteti 
Geografiya 
fakulteti- dagi 
noyob «relyef- 
landshaft» globusi. 


2.4 rasm. Zonalarni (tilimlari) teng cho‘zib hosil qilingan dunyo kartasi. 
Teng cho‘zilish yoki teng siqilish natijasida kartografik tasvirda quyidagi 
xatoliklar vujudga (yuzaga) keladi: 
1. Uzunliklar xatosi;
2. Burchaklar xatosi;
3. Maydonlar xatoligi; 
4. Shakl xatoligi.
Kartada kartografik tasviming xatoligi bo‘lmagan chiziqlar yoki nuqtalarga 
nol xatolikdagi chiziqlar yoki nuqtalar deyiladi. Kartografik proyeksiyadagi teng 
xatolikdagi chiziqlarga izokollar deyiladi. 
Uzunliklar xatosi shundan iboratki, kartadagi chiziqlarning massh-tabi 
ularning holati (o‘rni) hamda yo‘nalishi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Masalan, ayrim 
kaitalarda parallellarning uzunligi bir xil va aynan o‘sha meridianlami orasida 
Yer yuzasidagi kabi ekvatordan qutblarga tomon uzoqlashilgan sari qisqarib 
bormasdan, balki ekvatordagi uzunligi qanday bo‘lsa xuddi shundayligicha saqlanib 
qoladi. Yoki Yer yuzasidagi bir xil uzunlikdagi meridianlar kartalarda xar xil 
qiymatga ega bo‘lgan yoylar ko'rinishda tasvirlanadi. Karta masshtabi kartadagi 
nihoyatda kichik kesma uzunligining Yer yuzasidagi shunga mos uzunlikka bo‘lgan 
nisbatini ifoda etadi. U proyeksiyaning ma’lum joylarida (nuqta yoki chiziqda) 
saqlanib qoladi va kartaning bunday joylaridagi masshtabga bosh masshtab (yoki 
umumiy masshtab) deyiladi. Kartalarda har doim aynan ana shu bosh masshtab 
ko‘rsatiladi. Proyeksiyalaming qolgan boshqa hamma joylarida masshtablar bosh 
masshtabdan farq qiladi va ular xususiy masshtab deb yuritiladi. 



Download 453.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling