Geografik nomlarning yozilishi Reja: Kartalardagi yozuvlarning ahamiyati va turlari Kartografik toponimika haqida tushuncha
Download 21.66 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartadagi yozuvlar quyidagi guruxlarga boʻlinadi
- Qabul qilingan qoida boʻyicha keng tarqalgan geografik nomlar qaysi tilda ishlatilsa shu tilda yozilishi kerak
- Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya kartagrafiya va kadastr
- Kartalar katalogida quyidagi koʻrsatkichlar qayd qilinadi: — geografik obektlarning turi (karta, atlas, globus va h.k) — nomi ( variantlari bilan);
- Kartografik shriftlar belgilariga qarab quyidagi guruhlarga boʻlinadi: — harf qiyaligiga qarab – toʻgʻri, qiyali shriftlar;
Mavzu: Kartalardagi yozuvlar va geografik nomlarning yozilishi Reja: 1. Kartalardagi yozuvlarning ahamiyati va turlari 2. Kartografik toponimika haqida tushuncha 3. Geografik nomlarni ajratish va kartada tasvirlash Yozuvlar geografik kartalarning ajralmas belgilaridan biri hisoblanadi. Kartada yozilgan yozuvlarni shakli kattaligi va rangi ham karta mazmunini ochishga yordam beradi. Masalan, shahar va qishloqlarning maʼmuriy jihatdan ahamiyati ular nomi yozilgan yozuvning katta-kichikligiga va shiriftiga qarab aniqlanadi. Shuningdek deyarli hamma kartalarda suv obyektlarni havo rangda yoki koʻk rangda relef jigar rangda, aholi yashaydigan joylar qora rangli shriftda yoziladi. Kartadagi yozuvlar karta mazmunini boyitadi shu bilan bir qatorda baʼzan uning oʻqilishini qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun karta yaratilayotganda undagi yozuvlar soni va ularning joylashishi meʼyoriy holatda boʻlishini eʼtiborga olish zarur. Kartadagi yozuvlar quyidagi guruxlarga boʻlinadi: toponimlar – kartografik obektlarning geografik nomlari, oronimlar(relef elementlarining nomlari), gidronimlar(suv obektlari nomlari), etnonimlar (etnoslar nomlari) va zoonimlar (hayvonot turlarining nomlari). (4-jadval) Karta tuzishda geografik nomlar toʻgʻri yozilishiga, yaʼni transkripsiyasiga alohida eʼtibor beriladi. Agar geografik nomlar tog’ri yozilmasa o’quvchilarda kartaga nisbatan ishonchsizlik tug’iladi Geografik nomlarning kelib chiqishi, mazmuni ozgarishi va tasnifini maxsus fan toponimika oʻrganadi. Kartografiyada faqat toponimikaning bir qismi kartagrafik toponimika — geografik nomlarning toʻgʻri yozilishi toʻgʻrisida qisqacha tanishamiz. Anʼanaviy shaklda nomlar anʼana boʻlib qolgan nomlar bilan yuritiladi. Masalan fransiya poytaxti oʻz mamlakatida Paris deb yuritilsa bizda Parij deb, Suomi davlati bizda Finlandiya deb yuritiladi. Geografik nomlarning kartalarda berilishi shakli 5- jadvalda berilgan Dunyo boʻyicha geografik nomlarni yozish va undan foydalanish masalasi juda dolzarb masalalardan biri boʻlib, uning yechimini topish uchun maxsus tashkilotlar shugʻullanadi. Qabul qilingan qoida boʻyicha keng tarqalgan geografik nomlar qaysi tilda ishlatilsa shu tilda yozilishi kerak. Masalan bizning Respublikamizda qanday talaffuz qilinsa shunday yozilishi kerak. Bunga misol qilib Samarqand Sirdaryo va hokozolarni keltirishimiz mumkin. Geografik nomlarini tartibga solish bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlar boʻlib Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) da maxsus ekspertlar guruhi shugʻullanadi. Oʻzbekiston respublikasi joy nomlari — toponimlarni yozish qoidalarini ishlab chiqish va ularni o’zbekcha talaffuz shakllarini aniqlash va yozish shakllarini standartlashtirish qatʼiylashtirish xorijiy mamlakatlar geografik nomlarni oʻzbekchada yozish shakllarini aniqlash va transkripsiya qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya kartagrafiya va kadastr davlat qoʻmitasi tomonidan bajariladi. Yirik kutubxonalarda va kartagrafik korxonalarda geografik nomlar katologi tuzilgan ular tizimli ravishda tartibga solinib fondi yangilab turiladi Kartalar katalogida quyidagi koʻrsatkichlar qayd qilinadi: — geografik obektlarning turi (karta, atlas, globus va h.k) — nomi ( variantlari bilan); — geografik koordinatalari; — geografik jihatdan bogʻlanishi; — manbasi, nom qayerdan olinganligi; — obyektlarning qayta nomlangani; — qoʻshimcha ma’lumotlar. Geografik nomlarni yozishda turli xil shriftlardan foydalaniladi. Shiriftlar quyidagi shartlarni bajarishlari kerak, aniq yaxshi o’qiladigan ixcham va nashr qilish mumkin boʻlishi kerak. Shu bilan birga shiriftlar shartli belgi oʻrnida ham foydalanish mumkin. Shuning uchun shriftlar katta-kichikligi, shakli, rangi boʻyicha bir-biridan farq qiladi. Masalan kemalar yuradigan daryolar yirik toʻgʻri shriftlarda berilsa kema yurmaydigan daryolar nomi kursiv (qiyshayririb) bilan yoziladi. Aholi yashaydigan joylar nomini yozishda ham aholi soniga yoki ma’muriy ahamiyatiga qarab shriftlar tanlanadi. Kartografik shriftlar belgilariga qarab quyidagi guruhlarga boʻlinadi: — harf qiyaligiga qarab – toʻgʻri, qiyali shriftlar; — harflarning kengligiga qarab – tor, oʻrtacha va keng; — rangining ravshanligiga qarab – och, yarim qora va . qora rangli; — harflarning ostini kichik chiziqcha bilan chizib yozish . va boshqalar. Kartografiyadagi kerakli geografik nomlarni qidirib . topishda maxsus geografik nomlar koʻrsatkichidan . foydalaniladi. Geografik nomlar roʻyxati alvavit tartibida . beriladi. Download 21.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling