3-ma’ruza. Kompleks birikmalarning izomeriyasi Reja: Tuzilish izomeriyasi
Download 389.95 Kb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrat izomeriya
Ionlanish izomeriyasi
Ayrim kompleks birikmalarning tarkibi bir xil bo’lsa ham, eritmada dissotsilanganda boshqa xil ionlarga parchalanadi. Bunga Gro xloridi – [Pt(NH3)4Cl2]Cl2 hosilasini misol keltirish mumkin: [Pt(NH3)4Cl2]Br2 va [Pt(NH3)4Br2]Cl2; [Pt(NH3)4Br2]SO4 va [Pt(NH3)4SO4]Br2. Eritmada ichki sferadagi ionlar tashqi sferadagi ionlar bilan oson almashinadi, shuning uchun ionlanish izomerlari juda inert kompleks birikmalari uchungina olinadi va amalda uchraydi. Gidrat izomeriya Gidrat izomerlar tarkib jihatdan bir xil bo’lib, ulardagi suv molekulasining har xil funksiyani bajarishi bilan belgilanadi. Bu holat A. Verner, N. Berrum va R. Gubeyer tomonlaridan CrCl3 tuzi uchun o’rganilgan: CrCl3 . 6 H2O bo’z-zangor rangli tuz eritmani binafsha rangga bo’yaydi va Ag+ ionlari bilan 1 : 3 nisbatda reksiyaga kirishib Cl anionlarini to’liq cho’kmaga tushiradi. Demak, u [Cr(H2O)6]Cl3 (bo’z-zangor rang) tuzilishga ega. [Cr(H2O)5Cl]Cl2 . H2O – to`q ko`k rangli modda, 2/3 qism Cl cho’kmaga tushadi. [Cr(H2O)4Cl2]Cl . 2 H2O – yashil rangli tuz, faqat 1/3 qism Cl cho’kmaga tushadi. Konformatsion izomeriya Tarkibidagi -bog’lar atrofida ayrim atomlarning erkin aylanishi natijasida hosil bo’lgan barqaror birikmalar konformatsion izomerlar deyiladi, ya’ni ligandning o’zi fazoviy jihatdan farq qiladigan holatga o’tadi. Masalan, markaziy atom bilan bog’langan 1,3-propilendiamin ikki xil konformatsion holatda bo’la oladi: Ligand – kreslo ligand – vanna Ba’zida konformerlar M – L bog’i atrofida aylanishi oqibatida sodir bo’ladi, bu konformatsion izomerlarning energiyasi bir-biriga yaqin bo’ladi: Download 389.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling