3-ma’ruza. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari


Microsoft Word 2010 dasturining foydalanuvchi interfeysi


Download 1.26 Mb.
bet3/9
Sana04.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1324956
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Microsoft Word 2010 dasturining foydalanuvchi interfeysi


Dastur ishga tushirilganda ekranda dastur oynasi paydo bo’ladi va bu oyna dasturning grafik interfeysi deb ataladi. Microsoft Word 2010 dasturining grafik interfeysiga bir qancha yangi elementlar kiritilganki, ular foydalanuvchi uchun matnli hujjatlar bilan ishlashda anchagina qulayliklar tug’diradi. Ular quyidagi elementlardir:



Sarlavha satri. Bu satrda dastur oynasi ustida amallar bajarish muloqot oynasini ochish tugmasi ; tez murojaat paneli; hujjat va dastur nomi; dastur oynasini boshqaruvchi 3 tugmacha joylashgan. Quyidagi rasmga qarang.
Sarlavha satriga sichqoncha ko’rsatkichini keltirib, uning chap tugmasi ikki marta ketma-ket bosilsa, dastur oynasi ekran rejimidan oyna rejimiga o’tadi, yoki aksincha, oyna rejimida turgan bo’lsa ekran rejimiga o’tadi.
Buyruqlar lentasi nomlari satri. Bu satrda standart holatda “Файл” nomli ofis tugmasi (Microsoft Office Backstage) va “Главная”, “Вставка”, “Разметка страницы”, “Ссылки”, “Рассылки”, “Реsензирование”, “Вид” kabi 7 ta lenta nomlari keltiriladi. Lekin yuqorida ta’kidlanganidek, foydalanuvchi yangi lenta qo’shishi mumkin. Bundan tashqari hozirgi zamonaviy ba’zi bir amaliy dasturlar Microsoft Word dasturi bilan integratsiyalanishi oqibatida ularning buyruqlari joylashgan shu dastur nomi bilan nomlanuvchi lentalar ham paydo bo’lishi mumkin. Masalan, Promt tarjimon dastur kompyuterga o’rnatilganda Microsoft Word dasturi lentalar satrida “Promt” nomli lenta paydo bo’ladi.

Buyruqlar lentasi satri. Bu satrda tanlangan buyruqlar lentasi nomi ostida berilgan va kichik piktogrammali tugmachalarga bog’langan buyruqlar guruhlarga ajratilgan holda keltirilgan. Ular guruhlarda bajaradigan vazifasiga ko’ra, ya’ni bajaradigan amali mantiqan bir-biriga yaqin bo’lganlari bir guruhga birlashtirilgan. Quyidagi rasmda “Главная” buyruqlar lentasidagi barcha asosiy buyruqlar “Буфер обмена”, ”Шрифт”, ”Абзац”, ”Стили” deb nomlanuvchi buyruqlar guruhiga birlashtirilgan holda keltirilgan. Har bir buyruqlar guruhi och qora rangli gorizontal chiziqlar bilan chegaralangan panellarda joylashgan. Quyidagi rasmga qarang.

2.4-rasm. Buyruqlar lentasining panellari


Masalan, ”Шрифт” buyruqlar guruhi panelining quyi o’ng qismida joylashgan ko’rinishdagi tugma bosilsa, ”Шрифт” nomli muloqot oyna ochiladi. Bu oynada buyruqlar lentasida mavjud bo’lmagan buyruqlarni topish mumkin. Quyidagi 6-rasmga qarang.



2.5-rasm. ”Шрифт” nomli muloqat oyna





Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling