3-ma’ruza. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari


Matnlarni bosmaxona talabiga mos qilib rasmiylashtirish


Download 1.26 Mb.
bet7/9
Sana04.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1324956
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Matnlarni bosmaxona talabiga mos qilib rasmiylashtirish


MS Word hujjatini tahrirlash deganda, hujjat o’lchamini va uning chetki maydonlari o’lchamini belgilash, hujjat matnini imlo xatolarini to’g’rilash, qo’shimchalar kiritish, satrdan-satrga o’tish intervallarini belgilash, sarlavhalar turini (bosh sarlavha, sarlavha osti) o’rnatish, xat boshi qoyish, bosh xarflar bilan


yozish, hujjat matnini formatlash va shunga o’xshash amallarni bajarish orqali bosmaxona talabiga mos qilib o’zgartirish tushuniladi.
MS Word matn muharririda hujjat va uning chetki maydonlarining o’lchamlari o’rnatish uchun “Разметки страницы” buyruqlar lentasining “Параметры страницы” muloqot oynasidan foydalaniladi. Bu muloqot oynani ochish uchun “Разметки страницы” lentasining “Параметры страницы” buyruqlar
guruhi panelida joylashgan ushbu ko’rinishdagi tugmachani sichqoncha
ko’rsatkichi bilan bosish orqali ochiladi. Quyidagi rasmga qarang.

2.12-rasm.Hujjat betlari o’lchamlarini belgilash oynasi


Bu muloqat oynada joylashgan maydonlarni qiymatini berilgan standart boyicha o’zgartirish orqali hujjat o’lchamini bosmaxona talabiga moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.


Bundan tashqari bosmaxona hujjatning matni parametrlari – shrifti, shrift o’lchami, ko’rinishi, rangi va xokazolarni ham o’rnatishni talab etadi. Bu ishlar matnlarni tahrirlash orqali bajariladi.
Matnlarni tahrirlash dastur interfeysidagi buruqlar lentasida joylashgan tugmachalarga biriktirilgan buyruqlar yordamida amalga oshiriladi. Dastur interfeysining barcha buyruqlar lentasida joylashgan buyruqlar vazifasi bir-biriga yaqinligi va bir turga mansubligiga qarab kichik guruhlarga ajratilgan. Masalan, dastur interfeysining bosh lentasi bo’lmish “Главная” buyruqlar lentasidagi buyruq bajaruvchi tugmachalar “Буфер обмена”, “Шрифт”, “Абзац”, “Стили” va “Редактирование” nomli buyruqlar guruhlariga birlashtirilgan.

      1. Download 1.26 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling