3-ma’ruza mavzu: elektr tarmoqlarida kuchlanish va tok shakillarining nosinusoidalligi


Yoyli vakuumli pechlar ventilli o‘zgartgichlardan


Download 42.57 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1227567
1   2
Bog'liq
3-mavzu-sirtqi-8-smestr

Yoyli vakuumli pechlar ventilli o‘zgartgichlardan ta’minlanadi. 0‘zgartgich asosan 6 fazali tenglashtiriluvchi reaktorli sxemada yig‘iladi.
Elektr yoy va kontaktli payvandlash qurilmalari uchun ta’minlovchi ma’nba sifatida yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlardan foydalaniladi. Ularning toki tarkibidagi yuqori garmonlar payvandlash qurilmasi ish tartibiga qarab har xil bo’ladi.
Kontaktli elektr payvandlash qurilmalari elektor tarmog’iga tiristorli kalitlar orqali ulanadi. Payvand tokini mayinlik bilan rostlash maqsadida ventilli qurilmalar faza bo‘yicha rostlagichlar bilan ta’minlangan.
Yuqori garmonikalarning iste’molchi elektr jihozlari ishiga ta’siri. Elektr ta'minotida yuqori garmonikalarni bo‘lishi elektr yuritgich, transformatorlar va elektr tarmoqlarida qo'shimcha quvvat isrofini, kondensatorlar yordamida reaktiv quvvatni kompensatsiyalashni qiyinlashuvi, avtomatika, telemexanika va aloqa vositalarini ishlash darajasini pasayishiga olib keladi.
Asinxron yuritgichlar nosinusoidal kuchlanish bilan ta'm inlanganda, ularning quvvat koeffitsiyentlari va valdagi aylantiruvchi moment qiymatlari pasayadi.
Kuchlanish shaklining buzilishi elektr yuritgich va transformatorlarda izolatsiyani eskirishini tezlashtiradi va dielektrik isroflari ko'payishiga olib keladi.
Kondensator batareyalarida yuqori garmonikalarni ta’siri sezilarli bo’ladi. Nosinusoidal kuchlanishda ishlayotgan kondensatorlar bo‘rtib shishishi va portlashi natijasida tez ishdan chiqadi. Qaysidir chastotada rezonans tartibi paydo boMadi va kondensatomi ishdan chiqarish mumkin. GOST bo'yicha kondensator batareyalari uzoq vaqtli yuqori garmonika toklari bilan 30% dan ortiq yuklanmasligi kerak.
Elektr tarmogM kuchlanishining nosinusoidalligi kabellar izolatsiyasining eskirishini tezlashtiradi. Yuqori garmonikalar 6 + 8,5% ni tashkil qilganda ham, siljish toki 2,5 yildan so‘ng o ‘rtacha hisobda 36% ga, 3,5 yildan so‘ng esa 43% ga ortadi.
Nosinusoidallik ventelli o ‘zgartgichlaming m e’yoriy ishlashiga yomon ta’sir ko‘rsatib, to‘g ‘rilangan kuchlanish sifatini kamaytirdi.
Kuchlanish egri chizig‘ini ruxsatlangan nosinusoidal koeffitsiyenti

Elektr tarmoqlarida kuchlanish va tok nosinusoidalligini kamaytirish uchun to'g'rilagich fazalar sonini ko‘paytirish, to 'g ‘rilagich birlamchi tokini sinusoidaga yaqinlashtiradi va yuqori garmonikalami kamaytiradi. 6 fazali to‘g‘rilagich ventil qurilmasida 5, 7, 11, 13. 17, 19, 23, 25-garmonikalar bo‘lsa, 12 fazali sxemada faqat 11, 13, 23, 25-garmonikalar bo’ladi xolos. Bunda kuchlanish nosinusoidalligi 1,4 marta kamayadi. Hozirgi vaqtda 12 fazali to‘g'rilagichlar keng qo‘llanilmoqda.
Yuqori garmonikalar darajasini ta’minlovchi tarmoq imkoniyatlari orqali kamaytirish, asosan elektr ta ’minotini ratsional sxema asosida bajarishga asoslangan keng tarqalgan usullardan biri bu yuqori, ya’ni 110-220 kV li kuchlanishga ega to'g'rilagich transformatorlarini qo‘llash va nochiziqli yuklamalarni alohida transformatorlardan yoki ularni uch chulg‘amli transformatorlarning alohida chulg‘amlaridan ta’minlashdir. Shuningdek, nochiziqli yuklam alarga parallel ravishda sinxron va asinxron motorlarni ulash ham ko‘zlangan natijani beradi.
Yuqori garmonika filtirlari (9.7.1-rasm) o ‘zaro ketma-ket ulangan induktiv va sig‘imdan iborat bo‘lib, m a’lum bir garmonika chastotasiga sozlangan. Yuqori garm onika filtr qarshiligi quyidagicha aniqlanadi.

Bunda, Xi ,Xs - sanoat chastotasidagi induktiv va sig‘im qarshiliklari.
Chastota ortishi bilan reaktomi induktiv qarshiligi garmonika nomeriga mutanosib ravishda o‘zgaradi, kondensator batareyasini qarshiligi esa shu yo‘sinda kamayadi.

9.7.1-rasm. To‘g‘rilagich transformatorlar va yuqori garmonika filtrlarini ulash.
Ma’lum bir garmonika chastotasida filtrning induktiv qarshiligi sig'im qarshiligiga tenglashadi va filtrda kuchlanish rezonansi paydo bo'lib, filtrning umumiy qarshiligi nolga teng boMadi, shu garmonika chastotasida elektr sistemani shuntlab qo'yadi.
Rezonans garmonika tartib raqami quyidagi ifodadan aniqlanadi. Filtrlar bir vaqtning o ‘zida reaktiv quvvat manbai ham hisoblandi va yuklama reaktiv quvvatini kompensatsiyalash uchun qo’llaniladi.
Nazorat savollari:
1. Kuchlanish va tok nosinusoidailigini kelib chiqish sabablari nimalardan iborat.
2. Kuchlanish shaklini buzilishi elektr iste’m olchilari ishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
3. Elektr tarmog‘ida kuchlanish va tok nosinusoidailigini kamaytirish uchun qanday choralar ko‘riiadi?
4. Yuqori garmonika filtrlari qanday ishlaydi?
Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling