3-ma’ruza mavzu: eritmаlаr, ulаrning turlаri. Suyultirilgаn eritmаlаr хоssаsi, оsmоtik bоsim. Elеktrоlit eritmаlаr. Tuzlar gidrolizi. Ma’ruza rejasi


Elektrolitning dissosilanish konstantasi va u bilan dissosilanish darajasi orasidagi bog’lanish


Download 0.54 Mb.
bet16/25
Sana19.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1619160
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
3-MA’RUZA

Elektrolitning dissosilanish konstantasi va u bilan dissosilanish darajasi orasidagi bog’lanish. Kuchsiz elektrolitning dissosilanishi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
AB ↔ A+ + B
Kuchsiz elektrolitning dissosilanmagan molekulalari konsentrasiyasini [AB], ionlar konsentrasiyasini [A+] hamda [B] orqali belgilaymiz. Massalar ta’siri qonuniga binoan

Bu holda muvozanat konstantasi K dissotilanish konstantasi deb ataladi. Eritmaning konsentrasiyasi ham qancha o’zgartirilsa gam dissosilanish konstantasining qiymati o’zgarmaydi, shuning uchun u elektrolitning ionlarga ajralish xususiyatini dissosilanish darajasiga qaraganda aniqroq ko’rsatadi. K qancha katta bo’lsa, muvozanat holatda ionlar konsentrasiyasi shuncha katta bo’ladi, ya’ni ayni elektrolit shuncha kuchli dissosilanadi. Masalan, sirka kislota eritmasida ionli muvozanat quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
CH3COOH ↔ H+ + CH3COO
Uning dissosilanish konstantasi
Kuchsiz elektrolit AB ning dissosilanish konstantasidan ko’rinib turibdiki, ionlardan birining, masalan, [B]ning konsentrasiyasi oshirilsa ko’paytma [A+]· [B] ortadi hamda muvozanat dissosilanmagan molekulalar AB hosil bo’lish tomonga siljiydi. Masalan, CH3COOH ning 0,1M eritmasiga CH3COONa ning 0,1M eritmasidan qo’shilsa, sirka kislota molekulalarining dissosilanishi taxminan 360 marta kamayadi. Demak, kuchsiz elektrolit eritmasiga u bilan bir xil ionli kuchli elektrolit eritmasi qo’shilsa, kuchsiz elektrolitning dissosilanishi keskin kamayadi.
Dissosilanish konstantasi bilan dissosilanish darajasi orasida bog’lanish bor, buni ammoniy gidroksidning dissosilanish misolida ko’rib chiqamiz:
NH4OH ↔ NH4+ + OH
NH4+ va OHionlarining konsentrasiyasi ammoniy gidroksidning boshlang’ich konsentrasiyasi NH4OHni uning dissosilanish darajasiga ko’paytirilganiga teng, ya’ni
[NH4+] = [OH] = CNH4OH · α
Ammoniy gidroksidning dissosilanmagan molekulalari konsentrasiyasi
[NH4OH] = CNH4OH – CNH4OH · α = CNH4OH · (1- α)
Ammoniy gidroksidning dissosilanish konstantasi tenglamasiga ion va molekulalarning konsentrasiyasi qiymatini qo’yib chiqsak,
hosil bo’ladi.
Umumiy ko’rinishda, ikkita ionga dissosilanuvchi har qanday kuchsiz elektrolit uchun konstanta bilan dissosilanish darajasi orasidagi bog’lanish V.Ostvaldning suyultirish qonuni deb ataladigan nisbatda aniqlanadi.

Agar kuchsiz elektrolitning dissosilanish darajasi juda kichik (α<0,05) bo’lsa, (1- α) qiymatni birga teng deb olish mumkin. Bunday holda yuqoridagi formula ancha soddalashtirilgan ko’rinishga ega bo’ladi.
K = C · α2, bundan
Demak, kuchsiz elektrolitning dissosilanish darajasi elektrolitning molyar konsentrasiyasi qiymatining kvadrat ildiz ostidan chiqarilganiga teskari proporsionaldir, ya’ni eritmani suyultirilgan sari uning dissosilanish darajasi ortadi. Masalan, NH4OH 1M eritmada dissosilanish darajasi (K = 1,8·10–5)ga
teng. (yoki 0,425 %)
0,1M eritmada esa (yoki 1,34 %)

2.4.Osvaldning suyultirish qonuni.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling