3-ma’ruza Mavzu: ms accessda 2010 jadvallar yaratish operatorlari. Reja


Download 364.02 Kb.
bet5/6
Sana15.03.2023
Hajmi364.02 Kb.
#1269366
1   2   3   4   5   6
Свойства поля – maydon hususiyatlari noli bo‘lim esa o‘zida yuqoridagi maydonlarni hususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Mana MS Access dasturida qanday qilib jadval yaratishni ham ko‘rib chiqdik. Jadval yaratish mobaynida ushbu usullardan qaysi biri ma’qul va qulay bo‘lsa o‘sha usulni tanlab jadval yaratish kerak.
So‘rovlar yaratish
Amaliyotda dastlabki yaratilgan jadvaldan yozuvlarning bir qismini (ma’lum mezonlar bo‘yicha) tanlab olish va tartiblash zarurati ko‘plab tug‘ilib turadi. Tanlash mezonlari bir qator shartlar majmuasi bilan aniqlanishi mumkin.
 Tanlab olish so‘rovlari. So‘rovlarning eng ko‘p uchraydigan turi bu tanlab olish so‘rovlaridir. Uning maqsadi MO ma’lumotlari orasidan berilgan shartlarga bo‘ysunadigan ma’lumotlarni tanlab, natijaviy jadvalni chop etishdir. So‘rovlarni yaratish uchun MOda maxsus so‘rovlar tili mavjud. U SQL deb ataladi.
1. Ombor uchun so‘rov yaratishda MOning создание menyusidan konstruktor zaprosov uskunasini tanlaymiz.
2. «Конструктор» holatida so‘rovni yaratish, MOdan mana shu so‘rov asosini tashkil etadigan jadvallarni tanlashdan boshlanadi.
3. Jadvalni tanlash «Добавление таблицы» (Jadvalni qo‘shish) muloqot oynasida bajariladi. Unda MOdagi barcha jadvallar ro‘yxati aks etgirilgan bo‘ladi.


9.6-rasm

4.«Добавление таблицы» (Jadvalni qo‘shish) oynasida uchta ilova «таблицы» (jadvallar), «Запросы» (so‘rovlar) va «таблицы и Запросы» (jadvallar va so‘rovlar) borligiga e’tibor berish kerak.
 5. Namuna bo‘yicha so‘rov blankasi ikkita panelga ega. Yuqori panelda so‘rovga asos bo‘ladigan jadvallar maydonlarining ro‘yxati joylashadi.


9.7-rasm

 6. Quyi panel satrlari so‘rov tuzilmasini, ya’ni so‘rov natijasida olingan ma’lumotlar joylashadigan natijaviy jadval tuzilmasini aniqlaydi.
7. Quyi paneldagi «Поле» (Maydon) satri blankining yuqori qismidagi maydonlar nomini olib o‘tish bilan to‘ldiriladi. Yaratiladigan natijaviy jadvalning har bir maydoniga namuna bo‘yicha so‘rov blankining bitta ustuni mos keladi. Quyidagi rasm.

9.8-rasm

10.«Имя таблицы» (Jadval nomi) satri maydonlar olib o‘tilayotganda avtomatik ravishda to‘ldiriladi.
11. Agar «Сортировка» (Saralash) satrida sichqoncha tugmachasi bosilsa, saralash turlarini ko‘rsatuvchi ro‘yxatni ochadigan tugmacha paydo bo‘ladi.
12.«Условие отбора» (Tanlash sharti) satrida natijaviy jadvalga kiritish uchun yozuvlarga qo‘yiladigan mezon (shart) yoziladi. Har bir maydon uchun o‘zining tanlash sharti bo‘lishi mumkin. Bizning misolimizda esa [Familiya kiriting] sharti yozilgan

9.9-rasm

Bundan maqsad shuki so‘rovni ishga tushirganimizda hosil bo‘lgan muloqot oynasida [Familiya kiriting] sharti bilan familiya kiritish imkoniyatini beruvchi yozuv maydoni hosil bo‘ladi. Quyidagi rasm.


9.10-rasm

Shu o‘rinda eslatma o‘rnida shuni alohida ta’kidlash mumkinki ushbu shartlarni biz hohlagan maydon nomlariga qo‘yishimiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun konstruktor usulida so‘rovni hosil qilishda quyi paneldagi «Поле» (Maydon) satri blankining yuqori qismidagi maydonlar nomini olib o‘tish jarayonida qaysi nomni oldin – birinchi olib o‘tishimizga bog‘liqdir.


13. So‘rovni ishga tushirish «Вид»(Ko‘rinish) tugmachasini bosish orqali bajariladi. Unda natijaviy jadval hosil bo‘ladi.
14. Natijaviy jadvaldan chiqish va namuna bo‘yicha so‘rov blankasida yangi so‘rovni yaratishga qaytish uchun «Вид»(Ko‘rinish) tugmachasini takroran bosish kerak.
Ozgartirish sorovlari. Tanlab olish so‘rovlarining barcha turlari vaqtinchalik natijaviy jadvallarni hosil qiladi. Bunda bazadagi jadvallar o‘zgarishsiz qoladi. SHunga qaramasdan MOni yaratuvchilari uchun so‘rovlarning maxsus guruhi mavjudki, ular o‘zgartirish so‘rovlari deyiladi. O‘zgartirish so‘rovlari - bu, bir amalni bajarish bilan bir nechta so‘rovlarga o‘zgartirish kiritadigan so‘rovdir. Uning 4 turi mavjud: yo‘qotish, yangilash, yozuvlar qo‘shish va jadval yaratish sorovlari.

Download 364.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling