3-ma’ruza Mavzu: ms accessda 2010 jadvallar yaratish operatorlari. Reja


Access dasturi haqida umumiy ma’lumot


Download 364.02 Kb.
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi364.02 Kb.
#1269366
1   2   3   4   5   6
Access dasturi haqida umumiy ma’lumot
Microsoft Access dasturi Microsoft Office dasturlar paketiga kiruvchi dasturlardan biri bo‘lib u asosan ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga asoslangan. Microsoft Access dasturini boshqa malumotlar bazasi bilan ishlaydigan dasturlardan asosiy qulayligi shundaki u qolgan ofis dasturlari bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri eksport import ishlarini amalga oshira olishidir.
Microsoft Access dasturini yuklash (ishga tushirish) uchun quydagi ketma-ketlikdagi operatsiya amalga oshiriladi. Start->All Programs->Microsoft Office->Microsoft Access buyrug‘idan foydalaniladi.


Microsoft Access keng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir. Uning tarkibiga kiruvchi Access nomli dasturlar majmuasi hozirda MOBT sifatida keng o‘rganilmoqsa va qo‘llanilmoqda. MOning dastlabki oynasi soddaligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Undagi oltita ilova, dastur ishlaydigan olti ob’ektni tasvirlaydi. Bular «Таблицы» (Jadvallar), «Запросы» (So‘rovlar), «Формы» (Shakllar), «Отchёты» (Hisobotlar), «Макросы» (Makroslar), «Модули» (modullar).
Ularning har biri haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
1. «Таблицы» (Jadvallar) - MO ning asosiy ob’ekti. Unda ma’lumotlar sakdanadi.
2. «Запросы» (So‘rovlar) - bu ob’ekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o‘zgartirish kabi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.
3. «Формы» (Shakllar) - bu ob’ekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. SHakl tuzilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo‘lishi mumkin.
 4. «Отchёты» (Hisobotlar) - bu ob’ekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko‘rgazmali ravishda qog‘ozga chop etiladi.
5. «Макросы» (Makroslar) - makrobuyruqlardan iborat ob’ekt. Murakkab va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitga makrosga guruxlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o‘rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
6. «Модули» (Modullar) - Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o‘z ichiga oluvchi ob’ekt.
Bundan tashqari, «Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’ekt ham mavjud. Bu ob’ekt NTML kodida bajarilgan, Web - sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’ektdir.
MOning dastlabki oynasida yuqorida sanab o‘tilgan 6 ta asosiy ob’ektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud Bular: «Открыть» (Ochish), «Конструктор» (Tuzuvchi), «Создать» (Yaratish) tugmachalaridir (3-rasm).
«Открыть» (Ochish) tugmachasi tanlangan ob’ektni ochadi. «Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan ob’ektni ochadi, lekin u ob’ektning tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki tuzilishini to‘g‘rilash imkonini beradi. Agar ob’ekt jadval bo‘lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o‘zgartirish mumkin. «Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi ob’ektlarni: jadvallar, so‘rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
MS Access dasturi ishga tushirganimizda quyidagi ko‘rinishdagi (9.1-rasm) MS Access dasturining ishchi oynasi paydo bo‘ladi.

9.1-rasm
Ko‘rib turganimizdek ushbu oynaning chap qismining ОТКРЫТЬ bo‘limida MS Access dasturida yaratilgan (qilingan) ma’lumotlar bazasining ro‘yxati chiqib turadi. Agar biz oldingi qilingan biron bir faylni ochmokchi bo‘lsak o‘sha fayl nomi ustida sichqonchani chap tugmachasini chertishimiz kifoya. Agar biz yangi baza tashkil qilmoqchi (yaratmoqchi) bo‘lsak Создать bo‘limi ustida sichqonchani chap tugmachasini chertishimiz kerak. Bundan tashqari tayyor shablonlardan ham foydalanishimiz mumkin. Quyida MS Access dasturi uskunalar paneli elementlari bilan tanishib chiqamiz.



- Создать – yangi fayl (ma’lumotlar bazasini) hosil qilish;



- Открыть – mavjud faylni ochish;



- Сохранить – faylni saqlash;



- Поиск файлов – faylni qidirish;



- Отображать толко веб панел Faqat veb-oynalarda aks ettirish




Download 364.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling