3-ma’ruza mavzu: O‘zgaruvchan tok elektr zanjirlari. Aktiv induktiv va sig’im elementli o’zgaruvchan tok zanjiri reja
Download 0.93 Mb.
|
3-mavzu
Demak rezonansda zanjirning reaktiv elementlari yo‘qoladi, zanjir go‘yoki faqat aktiv qarshilikdan iborat bo‘lib qoladi. Zanjirda tok kuchi va kuchlanishlarning fazalari bir xil bo‘ladi. Endi konturda nima tebranadi degan savolga javob beramiz. Kontur kondensator va g‘altakdan iborat. Kondensatorda elektr toki elektrostatik maydonga aylanadi, bu maydonning energiyasi W q2 CU 2 2C 2 magnit maydonning energiyasi esa Li2 WM 2 Tebranish konturidagi to‘la energi esa kondensatordagi va g‘altakdagi energiyalarning yig‘indisiga teng Li2 q2 2 2C Bu to‘liq mexanik energiyaga o‘xshash. Sistemaning to‘liq mexanik energiyasi ham uning kinetik va potensial energiyalari yig‘indisiga teng. 14-rasm. Mexanik va elektr energiyalari. Demak tebranish konturida elektr toki elektrostatik maydon va magnit maydon ko‘rinishlarida bir-biriga aylanib turadi. Xuddi shu aylanish jarayoni konturdagi tebranish deb aytiladi. Masalan, quyida keltirilgan elektr zanjirida kondensator R qarshilik orqali razryadlanib elektrostatik maydoni energiyasi g‘altakda magnit maydonga aylanadi, bu maydonning o‘zgarishi yana R qarshilikda tok hosil qiladi, bu tokdan kondensator yana zaryadlanadi, lekin zaryad miqdori endi kamroq bo‘ladi, chunki R qarshilikda energiya isrofi mavjud. Ushbu zanjirdagi Tomson formulasiga ko‘ra davri T =0,8 ms bo‘lgan so‘nuvchi tebranishlar yuzaga keladi. Kodensatordagi zaryadning tebranishi rasmda keltirilgan. Elektr zanjirlaridagi rezonans hodisasi radiotexnikada juda keng qo‘llaniladi. Aynan rezonans hodisasi tufayli aloqa, radio, televidenie kanallarida kerakli signal boshqa millionlab shunday signallar ichidan tanlab ajratib olinadi. Agar rezonans hodisasi bo‘lmaganda edm Yer yuzida faqat bittagina aloqa, radio yoki telekanal mavjud bo‘lar edi xolos. Rezonans yordamida radiokanallarni ajratib olish quyidagi rasmda keltirilgan. 15-rasm. Rezonansning radiotexnikada qo‘llanilishiga doir. antenna barcha diapazondagi elektromagnitik to‘lqinlarni qabul qiladi va unda shu chastotalarga mos kuchsiz elektr toki (tebranishlar) yuzaga keladi. Bu tebranishlarning ichidan chastotasi Tomson formulasi bilan aniqlanuvchi LC1 2c chastotali tebranishlargina rezonans kuchaytirilib detektorga (filtr) uzatiladi. Shu tariqa konturda g‘altakning induktivligi va kondensatorning sig‘imini tanlab kerakli chastotani tanlab kuchaytirish mumkin. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling