3-ma’ruza mavzu: O‘zgaruvchan tok elektr zanjirlari. Aktiv induktiv va sig’im elementli o’zgaruvchan tok zanjiri reja


Elementlari ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri


Download 0.93 Mb.
bet4/8
Sana23.03.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1287180
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

Elementlari ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri



R, L va C elementli zanjir. Zanjirda R L C elementlar ketma-ket ulangan bo‘lsin. Yuqorida keltirilgan vektor diagrammalardan foydalanib uchta element ketma-ket ulangan holat uchun vektor diagramma quramiz.

10-rasm. R, L va C elementlar ketma-ket ulangan elektr zanjiri.


Eng avvalo ketma-ket ulangan zanjirda tok bir xil va bitta tashkil etuvchidan iborat ekanligini hisobga olamiz. Aktiv qarshilikda tok va kuchlanish fazalari bir xil, g‘altkada kuchlanish tokdan 90° orqada qoladi, kondensatorda esa 90° ilgarilab ketadi. UR ,UL va UC kuchlanishlarni zanjirdagi I tok kuchiga nisbatan siljishlarini bitta vektor diagrammada ifodalasak 11-rasmdagi diagrammaga ega bo‘lamiz


To‘g‘ri burchakli uchburchakdan foydalanib Pifagor teoremasiga ko‘ra gipotenuza (umumiy kuchlanish) uchun quyidagini yozamiz





  1.  UR2 UL UC 2

11-rasm. R, L va C elementlar ketma-ket ulangan zanjirning vektor diagrammasi.


Agar ifodaning har bir hadini tok kuchiga bo‘lib yuborsak, zanjirning to‘la qarshiligiga Z uchun quyidagiga ega bo‘lamiz





  1.  R2 XL XC2

Zanjirdagi aktiv qarshilikni to‘la qarshilikka nisbati zanjirning quvvat koeffitsienti (power factor) deb yuritiladi23


Cos ZR

1 https://ru.wikipedia.org/wiki/Koeffitsient_moщnosti


Aktiv, reaktiv va to‘la qarshiliklarga mos holda zanjirdagi quvvatlar ham aktiv, teaktiv to‘la quvvatlarga bo‘linadi. O‘z-o‘zidan ravshanki aktiv qarshilikdan ajralib chiqqan quvvat aktiv, reaktiv qarshilikdan ajralib chiqqan quvvat reaktiv quvvat bo‘lib ularning geometrik yig‘indisi to‘la quvvatni beradi.


Aktiv quvvvat P I 2 Rt IU cos, o‘lchov birligi Vatt (Vt);


Reaktiv quvvat QI 2 RtIU sin , o‘lchov birligi (Var)


Volt Amper reaktiv so‘zlarining qisqartilgani;


To‘la quvvat S IU  P2 Q2 , o‘lchov birligi Volt Amper (VA).

Aktiv va reaktiv tashkil etuvchilarni o‘zaro to‘g‘ri burchak ostida joylashtirib qarshiliklar, kuchlanishlar va quvvatlar uchun o‘xshash uchburchalar hosil qilish mumkin. Bu uchburchaklarning gipotenuzalari mos holda to‘la


qarshilik, to‘la kuchlanish va to‘la quvvatni beradi.





Cos







R




























P2

Q2













O‘zgaruvchan elektr tokida ishlovchi qurilmalarning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ularning quvvat koeffitsientidir. Quvvat koeffitsienti qurilmaning foydali ish koeffitsientiga bevosita tasir ko‘rsatadi. Sanoatda katta quvvatli mashina va mexanizmlarni quvvat koeffitsientini oshirishning maxsus choralari ko‘riladi. So‘nggi paytlarda energiya tejamkorligini oshirish maqsadida kam quvvatli iste’molchilar (masalan xonadonlar) uchun ham maxsus reaktiv quvvat kompensatorlari ishlab chiqarilmoqda.


12-rasm. Aloxida xonadonlar uchun va taqsimlash stansiyalarining reaktiv quvvat kompensatorlari


Bu kompensatorlar sig‘im qarshilik xususiyatiga ega bo‘lib zanjirdagi induktiv qarshilikka moslanish xususiyatiga ega va natijada XL-XC ayirma minimumga keltiriladi.


O‘zgaruvchan tok elektr iste’molchilari ichida aktiv-induktiv xususiyatga ega iste’molchilar eng keng tarqalgan. Bular asosan transformator va elektr dvigatellaridir. Masalan eng keng iste’molda bo‘lgan uch fazali asinxron dvigatellardan birining pasport ma’lumotlariga e’tibor bering24:


Uch fazali elektr dvigateli Tip Sf-56-2V (Polsha) Aktiv quvvati 120 Vt;





Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling