3-Ma`ruza Nasoslarlarning asosiy parametrlari


Download 77.68 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi77.68 Kb.
#1546420
  1   2   3
Bog'liq
3-мавзу




3-Ma`ruza
Nasoslarlarning asosiy parametrlari.
Reja:
1. Nasoslarning asosiy parametrlari haqida ma`lumot
2. Nasosning umumiy napori
3. Nasoslarning so`rish balandligi

Foydalanilgan adabiyotlar


Аsоsiy аdаbiyotlаr:
1.V.M.Chеrkаsskiy, R.M.Rоmаnоvа. “Nаsоsi, kоmprеssоri i vеntilyatоri”. M.: Kоlоs. 1984-321s.
2. V.M.Chеrkаsskiy “Nаsоsi, vеntilyatоri i kоmprеssоri” Mоskvа: Mаshinо-strоyеniyе, 1980g,424 st
3. V.V. Pоlyakоv, L.S. Skvоrtsоv ”Nаsоsi i vеntilyatоri”,Mоskvа: Strоyizdаt, 1990g, 336st
Qo’shimchа аdаbiyotlаr
1. G.D.Kаvеtskiy,B.V.Vаsilеv.”Prоtsеssi i аppаrаti pishеvоy tехnоlоgii” M.:Kоlоs.1999-681s.
2. Z. Sаlimоv, I. Tuychiеv “Хimiyaviy tехnоlоgiya prоtsеsslаri vа аppаrаtlаri” Tоshkеnt: O’qituvchi, 1987y, 408 bеt


Tayanch iboralar
Nаsоs, nаpоr, ish unumdоrligi, quvvаt, sоlishtirmа enеrgiya, fоydаli quvvаti, fоydаli ish kоeffitsiеnti, tеnglаmа, hаjmiy, gidrаvlik, mехаnik, nоminаl quvvаt, mаnоmеtr, suyuqlik tеzligi, gidrаvlik qаrshilik, аtmоsfеrа bоsimi, kаvitаtsiya.


1) Nasoslarning asosiy parametrlari haqida ma`lumot
Nasoslardan foydalanish ish unumdorligi, napor va quvvat kabi kattaliklar bilan belgilanadi.
Nasosning vaqt birligi ichida uzatib beradigan suyuqlik miqdori ish unumdorligi (yoki sarfi) deyiladi.
Nasosning massa birligiga esa bo`lgan suyuqlikka bergan solishtirma energiyasi napor deb yuritiladi. (H,m). Nasosning napori oqimning nasosga kirish va chiqishidagi solishtirma energiyalari ayirmasiga teng.
Suyuqlikka energiya berish uchun sarflangan nasosning foydali quvvati suyuqlik sarfi miqdori ning solishtirma energiyaga ko`paytirilganiga teng:
(1)
Nasosning o`qidagi quvvati foydali quvvatidan kattaroq bo`ladi, chunki nasosda energiyaning bir qismi yo`qoladi. Energiyaning yo`qolishi nasosining foydali ish koeffitsienti bilan belgilanadi. Demak, nasosning o`qdagi quvvat quyidagi tenglama bilan topiladi:


(2)

Foydali ish koeffitsenti nasosdagi quvvatning nisbiy yo`qolishini, nasosning mukammalligini va uni ishlatishning arzonligini ifodalaydi hamda quyidagi ko`paytma orqali topiladi.




(3)

Bu yerda: : hajmiy FIK;


gidravlik FIK;
mexanik FIK.
Hajmiy foydali ish koeffitsienti nasosning haqiqiy ish unumdorligining nazariy ish unumdorligiga nisbatiga teng bo`lib, nasos konstruktsiyasining zich bo`lmagan joylaridan sizib chiqqan suyuqlikning miqdorini belgilaydi.
Gidravlik foydali ish koeffitsienti suyuqlikning nasoslan o`tishida gidravlik va mahalliy qarshiliklarini yengish uchun sarf bo`lgan naporning yo`qolishini ifodalaydi.
Mexanik foydali ish koeffitsienti nasos mexanizmlaridagi ishqalanishni yengishga sarflangan quvvatning yo`qotishini belgilaydi.
Dvigatel' iste`mol qiladigan quvvat (yoki dvigatelning nominal quvvati nasos o`qidagi quvvatdan ortiqroq bo`ladi, chunki quvvatning bir qismi elektr dvigatelning o`qida va elektr dvigateldan mexanik energiya nasosga berilayotganda sarf bo`ladi, ya`ni:


(4)

Ko`paytma nasos qurilmasining to`la foydali ish koeffitsienti deb yuritiladi va - bilan belgilanadi.


Nasos qurilmalarini o`rnatish uchun zarur bo`lgan quvvat quyidagiga teng:
(5)

Bu yerda : quvvatning zahira koeffitsienti, bu koeffitsientning qiymati dvigatelning nominal quvvati topiladi. (1-jadval)


Jadval 1.

Ndv kvt

1 dan kam

1:5

5:50

50 dan ko`p



2:1,5

1,5:1,2

1,2:1,15

1,1




Download 77.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling