3-Ma`ruza Nasoslarlarning asosiy parametrlari


) Nasoslarning so`rish balandligi


Download 77.68 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi77.68 Kb.
#1546420
1   2   3
Bog'liq
3-мавзу

3) Nasoslarning so`rish balandligi
Pastki idishdagi suyuqliqning erkin sirtiga (1-rasm) atmosfera bosimi ta`sir etadi. Suyuqlik so’rish trubasi orqali balandlikka ko`tarilib, nasosning ish kamerasini to`ldirish uchun bu kamerada siyraklanish (ya`ni vakuum) vujudga keltirish kerak. Bunda ish kamerasiga qoldiq absolyut bosim ta`sir etadi. Bosimlar farqi hosil bo`lganligi sababli suyuqlik ustunining metrlarda ifodalangan napori hosil bo`ladi. Bu bosimning bir qismi suyuqlikni so’rish trubasida H balandlikka ko`tarish uchun, qolgan qismi esa suyuqlikning trubada tezlik bilan harakatlanishga yoki tezlik naporini hosil qilish uchun vа so’rilayotgan suyuqlik yo`lida uchraydigan barcha qarshiliklarni yengishga sarflanadi.
U holda:
(14)

Uzatilayotgan suyuqlikning qaynab ketishini hisobga olgan holda (u doim so’rishi uchun) so’rilish trubalaridagi bosim shu temperaturadagi suyuqlikning to`yingan bug’ bosim dan yuqori bo`lishi kerak. Bunda nasosning normal ishlashi uchun tenglama quyidagi yoziladi:




(15)

Bu yerdan (16)


Temperatura ortishi bilan suyuqlikning to`yingan bug` bosimi ham ortib, qaynash temperaturasida tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi, bu vaqtda so’rish balandligi nolga teng bo`ladi. Shuning uchun qovushqoqligi yuqori va issiq suyuqliklarni uzatayotganda nasos qabul qiluvchi idishga nisbatan pastroq o’rnatilishi zarur.


Xuddi shuningdek, so’rish baladligini hisoblashda gidravlik va mahalliy qarshiliklarni yengish uchun ketgan sarflardan tashqari, markazdan qochma nasoslarda kavitatsiya hodisasi, porshenli nasoslarda esa inertsion kuch inobatga olishi lozim.
Nаzоrаt sаvоllаri.

  1. Nаsоslаr qаysi kаttаliklаr bilаn хаrаktеrlаnаdi?

  2. Nаsоsning ish unumdоrligi dеb nimаgа аytilаdi?

  3. Nаsоsning nаpоri dеb nimаgа аytilаdi?

  4. Nаsоsning fоydаli ish kоeffitsiеnti qаysi kоeffitsiеntlаrdаn tаshkil tоpgаn?

  5. Nаsоsni ishgа tushirish uchun kеrаk bo’lаdigаn elеktrоdvigаtеl quvvаti nеgа zаhirа keffitsiеnti bilаn оlinаdi?

  6. Nаsоsning umumiy nаpоri nеgа kеrаk?

  7. Nаsоsning so’rish bаlаndligi nеgа hisоblаnаdi?

Download 77.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling