3 Ma’ruza. Neft konlarida quduq mahsulotini yig‘ish tizimlari. Maruza rejasi


Yig‘ishning tazyiqli Giprovostok tizimi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.09.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1686156
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 Ma’ruza. Neft konlarida quduq mahsulotini yig‘ish tizimlari. M

Yig‘ishning tazyiqli Giprovostok tizimi neft yig‘ish va tayyorlash 
jarayonlarini yanada yiriklashtirish, bir yerda mujassamlashtirish va mahsulotlarni 
(neft, gaz, kondensat) bosim yetarli bo‘lmagan holda alohida jo‘natish uchun 
yaratilgan (3.3-rasm). 



3.3-rasm. Yig‘ishning tazyiqli Giprovostok tizimi. 
Bu yig‘ish tizimi qo‘llanilganda quduqlar ustida 1-1,2 MPa atrofida bosim 
saqlanib turiladi. Quduqlarning (1) mahsuloti guruhiy o‘lchov qurilmasidan (2) 
o‘tganidan so’ng birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasiga (3) yetib keladi. Bu 
yerda ajratib olingan gaz uz bosimi bilan 60-80 km masofagacha uzoqlikda bo‘lgan 
gazni qayta ishlash zavodiga (5) yuboriladi, neftni nasos stansiyasi (4) orqali 
markaziy neft yig‘ish punktida (5) hisobdan o‘tkazilib, neftni tayyorlash 
qurilmalarida (6) tayyor mahsulot holiga keltirilib iste’molchilarga jo‘natiladi. 
Giprovostok tizimi ko‘proq Rossiyaning Volga bo’yi (Saratov, Volgograd 
tumanlari), Ural oldi konlarida hamda Tatariston, Boshqirdiston konlarida keng 
qo‘llaniladi. 
YUqorida ko‘rib chiqilgan neft yig‘ish, tayyorlash va uzatish tizimlari ma’lum 
bir shart – sharoitlarga (quduqlarni ishlatish usuli va quduq usti bosimi), shuningdek, 
geografik hududlarga, bu hududlarning geografik muhitning tabiiy sharoitlari 
(o‘rmonzorlar, botqoqliklar, doimiy muzlik va x.k.) ga mo‘ljallanib yaratilgan. 
Bulardan tashqari, har qanday shart-sharoitlarga mo‘ljallangan neft yig‘ish, 
tayyorlash va uzatish universal tizimining kondan olinayotgan mahsulotni (neft, gaz 
kondensat) to‘liq bir-biridan ajratib olish, tayyorlashning texnologik jarayonidagi 
yo‘qotishlarni minimumga olib kelish va tayyorlash jarayonlarini to‘liq 
avtomatlashtirish yoki kompyuter orqali boshqarishgacha imkoniyati mavjud.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling