5
3.3-rasm. Yig‘ishning tazyiqli Giprovostok tizimi.
Bu yig‘ish tizimi qo‘llanilganda quduqlar ustida 1-1,2 MPa atrofida bosim
saqlanib turiladi. Quduqlarning (1) mahsuloti guruhiy o‘lchov qurilmasidan (2)
o‘tganidan so’ng birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasiga (3) yetib keladi. Bu
yerda ajratib olingan gaz uz bosimi bilan 60-80 km masofagacha uzoqlikda bo‘lgan
gazni qayta ishlash zavodiga (5)
yuboriladi, neftni nasos stansiyasi (4) orqali
markaziy neft yig‘ish punktida (5) hisobdan o‘tkazilib,
neftni tayyorlash
qurilmalarida (6) tayyor mahsulot holiga keltirilib iste’molchilarga jo‘natiladi.
Giprovostok tizimi ko‘proq Rossiyaning Volga bo’yi (Saratov, Volgograd
tumanlari), Ural oldi
konlarida hamda Tatariston, Boshqirdiston konlarida keng
qo‘llaniladi.
YUqorida ko‘rib chiqilgan neft yig‘ish, tayyorlash va uzatish tizimlari ma’lum
bir shart – sharoitlarga (quduqlarni ishlatish usuli va quduq usti bosimi), shuningdek,
geografik
hududlarga, bu hududlarning geografik muhitning tabiiy sharoitlari
(o‘rmonzorlar, botqoqliklar, doimiy muzlik va x.k.) ga mo‘ljallanib yaratilgan.
Bulardan
tashqari, har qanday shart-sharoitlarga mo‘ljallangan neft yig‘ish,
tayyorlash va uzatish universal tizimining kondan olinayotgan mahsulotni (neft, gaz
kondensat) to‘liq bir-biridan ajratib olish, tayyorlashning
texnologik jarayonidagi
yo‘qotishlarni minimumga olib kelish va tayyorlash jarayonlarini to‘liq
avtomatlashtirish yoki kompyuter orqali boshqarishgacha imkoniyati mavjud.