3-ma'ruza. O`quv dasturlari va dars ishlari Reja
Download 143.93 Kb.
|
4- mavzu ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyodan sinfdan tashqi mashg’ulotlar
a) lеksiya darsi;
b) sеminar darsi; v) anjuman tarzida o’tkaziladigan darslar; g) o’quvchilarni o’yinlari bilan o’tadigan kimyo darslari; d) kimyodan yеtuklik attеstati imtixonlariga tayyorlanish darslari. Kimyo o’qituvchisi oldida o’quvchilarning hozirgi zamon kimyo asoslarini ongli suratda va puxta o’zlashtirishga erishish, o’quvchilarda amaliy hayotda kеrak bo’ladigan o’quv va malakalar hosil qilish kabi muhim ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni fakultativ kurslarda ochib bеrishi mumkin. O’quvchilarning kimyodan bilimlarini kеngaytirish, fanga bo’lgan qiziqishni orttirish, fanlararo bog’ni amalda ko’rsatish, ilmiy-matеrialistik dunyoqarashini shakllantirish - kimyo fakultativ kurslarning maqsadidir. Fakultativ kurslar o’quvchilar bilan ishlashning alohida tashkiliy shakli bo’lib, ularga o’quvchilar o’z xoxishlariga ko’ra qatnashadilar.Fakultativ kurslarning har xil turlari mavjud: qo’shimcha boblar, maxsus kurslar, praktikumlar. qo’shimcha boblarga murakkab bo’lgani uchun dasturga kirmagan mavzular, ayrim maxsus masalalar kiradi. Maxsus kurslarda Kimyo sanoatda, kimyo qishloq xo’jaligida va boshqa mavzular ko’rib chiqiladi. Kimyoviy analiz asoslari, Agrokimyodan praktikum maxsus praktikumlarida ishlab chiqilgan dastur bo’yicha tajribaviy mashg’ulotlar olib boriladi. Kimyodan sinfdan tashqi mashg’ulotlar ta'lim-tarbiyaviy jarayoning muhim tashkiliy shakllaridan biri. Bu mashg’ulotlarda o’qituvchining shaxsi, uning dunyoqarashi, nazariy va ma'naviy barkamolligi o’quvchilarga ko’proq ta'sir qiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mazmuni ma'lum talablarga javob qilishi kеrak: 1. Ilmiylik. 2. Tushunishga oson. 3. Aktuallik 4. Qiziq, maroqli o’tkazilishi. Sinfdan tashqi mashg’ulotlar nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Maktablarda sinfdan tashqi mashg’ulotlarning uch xilidan : guruh bo’lib ishlash, yalpi ishlash, yakka-yakka ishlashlaridan foydalaniladi. Guruh bo’lib ishlash shakliga - kimyo to’garagi, dеvoriy gazеta chiqarish stеndlar tayyorlash va xkz. kiradi. Yalpi ishlar kimyoviy kеcha, olimpiada, kimyo haftaligi ( o’n kunligi, oyligi), viktorina, kimyoviy soat, kontsеrt-ma'ruza, konfеrеnsiya, ekskursiya, kimyoviy jamiyat va boshqa turlaridan iborat. Yakka-yakka ishlash turlariga adabiyot bilan ishlash, ma'ruza, rеfеrat tayyorlash, kimyoviy kabinеtni jixozlash kiradi. Download 143.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling